Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


O‘quvchilarda panja va gavda kuchi ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə51/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

O‘quvchilarda panja va gavda kuchi ko‘rsatkichlari



YOshi

Panja kuchi (kg)

Gavda kuchi (kg)

bolalar

Qizlar

erkaklar

ayollar

7

11

-

28

23

8

12

12

29

25

9

16

13

32

30

10

16

14

43

40

11

18

15

52

50

12

20

18

58

59

13

23

20

63

59

14

26

23

72

60

15

32

25

85

67

16

32

27

92

75

17

43

27

118

81

Biroq bu ikki ko‘rsatkich ayrim mushak guruhlarining kuchi to‘g‘risida zaruriy axborot bermaydi.


Maktab o‘quvchilarining ayrim mushak guruhlari kuchini aniqlash uchun gavda dinamometridan uni ayrim unsur va moslamalar, jumladan, taglik va uzun sirtmoqlar bilan to‘ldirib foydalaniladi. Masalan: gavdaning bukuvchi mushaklari kuchini aniqlash vaqtida o‘quvchilar gimnastika devoriga orqa o‘girib, undan 1 m masofada erga o‘tiradilar. Oyoqlar va bel mustahkamlanadi. Ko‘krakka sirtmoqli kamar kiyiladi, unga dinamometr biriktiriladi. Ayni vaqtda taranglashishlar sezilmasligi, osilib turmasligi uchun butun tizim gimnastika devoriga bog‘lab qo‘yiladi.
2-jadval
Sport bilan shug‘ullanmaydigan bolalarda mushak guruhlari mutlaq kuchining ko‘rsatkichlari

YOshi


Mushak kuchi (kg da)

Elka

gavda

Son

boldirlar

tovonlar

Bukil;
yozil.

Bukil.;
YOzil.

Bukil.;
YOzil.

Bukil.;
YOzil.

bukilish

8

7,0-9,7

18,6-42,6

7,2-32,7

5,1-12,9

20,1

9

8,5-12,4

21,9-51,1

8,4-38,9

6,4-17,1

24,7

10

8,8-13,0

23,5-55,9

9,2-48,6

7,6-18,4

28,8

11

12,0-18,1

35,4-72,9

14,6-58,8

10,3-25,3

38,1

12

13,1-18,7

33,2-74,3

13,2-64,3

8,9-24,9

39,9

13

14,4-23,0

39,1-90,4

14,8-73,9

11,0-31,1

45,1

14

21,3-31,8

51,1-112,7

22,7-94,1

15,3-48,5

59,4

15

20,7-33,2

56,1,124,3

28,1-107,7

18,4-47,6

65,4

16

25,4-41,6

49,6-141,2

34,2-120,9

23,1-66,2

77,9

17

34,4-46,3

77,5-161,0

43,6-139,0

28,8-85,0

91,5

3-jadval
Sport bilan shug‘ullanmaydigan qizlarda har xil mushak guruhlari mutlaq kuchining ko‘rsatkichlari



YOshi


Mushakning kuchi (kg da)




Elka

gavda

Son

boldirlar

tovonlar




bu-kish

YOzish

bu-kish

yozish

Bukish

yozish

bu-
kish

yozish

bukish




8

7,2

7,8

9,3

38,5

7,0

31,0

6,0

11,9

16,9




9

8,0

9,0

10,0

40,3

7,4

34,8

5,8

15,6

22,9




10

8,0

10,9

11,9

47,3

9,5

40,8

7,3

18,8

30,6




11

10,3

14,0

14,6

57,2

10,8

49,6

7,4

24,4

42,5




12

12,5

15,6

16,1

66,2

13,7

58,4

9,3

30,0

42,6




13

13,0

18,4

20,3

74,4

12,1

66,5

10,4

30,0

45,0




14

17,7

21,2

21,8

81,1

18,0

68,7

13,8

39,2

51,1




15

16,9

22,3

19,9

84,2

19,6

72,6

14,3

40,8

56,0




16

17,3

21,7

21,3

88,1

19,9

78,9

15,9

43,2

62,3




17

18,8

22,0

24,1

96,9

32,5

87,1

16,7

44,5

68,7




Taklif qilingan uslub bilan son, boldir, tovonlar, bilak va elkaning yozuvchi va bukuvchi kuchini aniqlash mumkin. Maktab o‘quvchilarida ayrim mushak guruhlarining kuchi yuzasidan yosh va jins bo‘yicha o‘rtacha ma’lumotlar 1 va 2-jadvallarda keltirilgan.


Dinamik va portlovchi kuch, shuningdek, kuch chidamliligini o‘lchash uchun amaliyotda xilma-xil nazorat mashqlaridan foydalaniladi.
Tezkorlik -kuch sifatlarini aniqlash uchun uzoqlikka har xil og‘irlikdagi tosh, qadoqtoshlar, yadro va to‘ldirma to‘plarni uloqtirish, sakrash kabilardan foydalaniladi.

  • Har xil boshlang‘ich holatlarda (turib, yotib) qadoqtoshlar, shtanga ko‘tarish, tortilish, tayanib yotgan holda siqish yoki qo‘l bilan to‘ldirilgan qopchani ko‘tarish;

  • Kuch chidamliligini aniqlash uchun topshirilgan balandlikka turgan joyidan sakrash;

  • Maksimal kuchni aniqlash uchun og‘irlikni ko‘tarish;

Kishining jismoniy fazilati sifatidagi kuchni uzoq yillar davomida tarbiyalash jarayonidagi umumiy vazifa uni har tomonlama rivojlantirish va turli harakat (sport, mehnat va h.k.) faoliyatlarida yuksak darajada namoyon bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Quyidagilar xususiy vazifalardir:

  • kuchlanishning asosiy turlarini, ya’ni statik va dinamik kuchlanish, kuch talab kuchlanish va tezlik-kuch talab kuchlanish, qarshiliklarni enguvchi kuchlanish va yon beruvchi kuchlanish turlarini amalga oshirish qobiliyatini egallash hamda takomillashtirish;

  • harakat apparatidagi barcha mushak guruhlarini kuch jihatdan uyg‘un holda mustahkamlash;

  • xilma-xil sharoitlarda kuchdan oqilona foydalanish qobiliyatini rivojlantirish.

SHu bilan birga, biror-bir faoliyatdagi aniq sharoitga qarab, kuchni ixtisoslab tarbiyalash yuzasidan o‘ziga xos vazifalar hal qilinadi.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar kuchni tarbiyalash vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qarshilikning tabiatiga qarab kuchni o‘stiradigan mashqlar ikki guruhga bo‘linadi:
1.Tashqi qarshiliklarni engish bilan bajariladigan mashqlar. Odatda, tashqi qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
a) buyumlarning og‘irligi;
b) sherikning qarshilik ko‘rsatishi;
v) elastik buyumlarning qarshiligi;
g) tashqi muhit qarshiligi (masalan, qalin qorda yugurish).
2. O‘z vazni bilan og‘irlashtirilib bajariladigan mashqlar.
SHuningdek, o‘z vazni bilan og‘irlashtirishda tashqi buyumlarning og‘irligi bilan to‘ldiriladigan mashqlardan ham foydalaniladi.
Kuchni tarbiyalash maqsadida umuman barcha mushak tizimlarining yoki ayrim mushak guruhlarining kuchini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi maxsus mashqlar qo‘llaniladi.
Portlovchi va maksimal kuchni rivojlantirishning asosiy vositalari har xil turdagi og‘irliklar, asbob-anjomlar (gantellar, to‘ldirma to‘plar, qum bilan to‘ldirilgan qopchalar, shtangalar, amortizatorli, blokli uskunalar) bilan bajariladigan mashqlardir.
Har xil kuch imkoniyatlarining rivojlanishiga ta’sir o‘tkazishning samaradorligini bilish uchun kuch yuklamalari bo‘yicha rejalashtirish amalga oshiriladi. Masalan, katta bo‘lmagan og‘irlik bilan (o‘z tana og‘irligining 20 dan 60% igacha, maksimal og‘irlikkacha) va takrorlashlarning katta miqdori bilan cho‘nqayib o‘tirib-turish amalga oshirilsa, asosan, kuch chidamliligi rivojlanadi; agarda bu mashq tez sur’atda bajarilsa, u holda portlovchi kuchning rivojlanishi ro‘y beradi. O‘sha mashqni oxirgi va qariyib oxirgi yuklamalar bilan kam miqdorda takrorlab bajarilsa, asosan, mutlaq kuchning rivojlanishiga ko‘maklashadi. SHuning uchun bolalarning kuch tayyorgarligi vaqtida mashq bajarishning u yoki bu uslublaridan to‘g‘ri foydalanish juda muhimdir.
Jismoniy tarbiya amaliyotida mushak kuchi rivojlanishining quyidagi uslublari eng ko‘p tarqalgan:
Maksimal kuchlanish maksimal qarshilik ko‘rsatish zarurati bilan bog‘langan topshiriqlarni bajarishda yuzaga keladi (belgilangan og‘irlikdagi shtangani ko‘tarish, rostlangan qo‘llarda og‘irlikni ushlab turish, og‘irlashtirilgan yukni tortish va boshqalar).
qarshilik ko‘rsatish miqdorini o‘lchash uchun TM (takroriy maksimum) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. CHunonchi, masalan, 8 TM og‘irlashtirilgan miqdor deyilganda mashq qilishdagi og‘irlikni tushunmoq kerak, ular bilan shug‘ullanuvchilar bir yondashuvda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan takrorlashlarni bajarishlari mumkin.
Har bir yangi kuch mashqini boshlashdan oldin ishlovchi mushak bilan tortilish mashqini bajarish maqsadga muvofiqdir.
Mashq bilan chiniqqanlik darajasiga qarab sportchining kuch yuklamalariga moslashishi ro‘y beradi; shuning uchun kuch faoliyati dasturini almashtirish kerak. Aks holda natijalar o‘sishi bo‘lmaydi. Kuch yuklamalari dasturini qo‘llash vaqtida quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: ayni bir xil mushak guruhlarining kuchini rivojlantirish uchun xilma-xil mashqlarni qo‘llash; qarshilik ko‘rsatish miqdorini, mashqlar va seriyalar miqdorini o‘zgartirish; ayrim yondashuvlar o‘rtasida dam olish intervali, bajariladigan mashqlar izchilligi va b. Maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida kuch tayyorgarligi 10-12 daqiqagacha davom etishi mumkin, uydagi mashg‘ulotlar sharoitida – 20-30 daqiqa.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə