Rejalashtirishning asosiy bosqichlari va turlarini yoritish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#129448
  1   2   3   4
MAKTABAGACHA TA\'LIMNI REJALASHTIRISHNING ASOSIY BOSQICHLARI VA TURLARINI YORITISH



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FAN VA INNOVATSIYA TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
 
Mavzu:

MAKTABAGACHA TA'LIMNI 
REJALASHTIRISHNING ASOSIY BOSQICHLARI VA 
TURLARINI YORITISH 
 
 
Guruh: 22.19 
 
Bajardi:

MELNIKOVA ZAYNURA 
 
 
 
 
 


 
MAKTABAGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISHNING 
ASOSIY BOSQICHLARI VA TURLARINI YORITISH 
Reja: 
 
1. 
MTMda bolalar hayotini tashkil etish 
2. 
Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish 
va rahbarlik qilish 
3. 
Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish 


MTMda bolalar hayotini tashkil etish 
Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan 
ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil 
etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi: 
Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir 
bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-
sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir 
guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan 
shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun 
zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va 
maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli 
asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga 
rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash.Bolalar shaxsini 
shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va 
bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish. 
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida 
almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini 
tug’ri tashkil etish 
2. 
Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va 
rahbarlik qilish 
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan 
pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. 


Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar 
faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy 
va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z 
mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat 
kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi 
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga 
bog’liq. 
MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va 
u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga 
oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar 
tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va 
savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, 
musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va 
ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak 
bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan 
bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga 
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish 
didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos 
xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni 
sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va 
tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida 
xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot 
qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga 
asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu 
ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya 


ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon 
yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya 
qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni 
haftaga teng taqsimlash.Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq 
mashg’ulotlar qo’yiladi.Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba 
kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu 
kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.Kun davomida birinchi 
bo’lib bolalardan aqliy zo’r berishni ko’proq talab etadigan, kam 
harakatli mashg’ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat 
bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga 
engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg’uloti va 
shunga o’xshashlar rejalashtiriladi.Kun davomida mashg’ulotlar 
quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy 
tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Mashg’ulotlarni bunday 
taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq o’zlashtirib olishiga 
imkon yaratadi. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U 
bolalarning 
jismoniy 
va 
ruhiy 
rivojlanishida, 
shaxs 
sifatida 
shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va 
keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin 
mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, 
shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda 
tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish 
xohishini uyg’otishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun 
dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-
o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy 


sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga 
yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos 
ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun 
bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi 
taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon 
yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam 
berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi. 
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar 
kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, 
ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan 
birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy 
e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, 
ahloqiy munosabatlariga qaratiladi. 
Bolalarning ovkatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat 
burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa 
nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va 
munosabatlarni shakllantiradi. 
166 
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan 
boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh 
bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy 
mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali 
ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh 
ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda 
qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning 


mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi 
rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi 
kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi. 
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini 
o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma 
kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-
o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri 
hisoblanadi. 
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga 
o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi 
ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular 
o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in 
joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar. 
Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki 
nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma 
turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. 
Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-
sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan 
ta'minlaydi, 
maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi. 


O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga 
javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan 
pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak. 
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish 
imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat 
qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit 
mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil 
faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi. 
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir 
yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, 
ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, 
bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida 
to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. 
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik 
malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab 
boradi.Bolaning sog’lom bulib, to’g’ri rivojlanishi uchun tinch va 
chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida 
bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan 
bo’lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg’onganlarini sekin- 
astalik bilan turg’azish kerak. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə