Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

Qo`shimcha adabiyotlar 

1. Akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy filiologiya 

yo`nalishidagi tarmoq ta'lim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o`quv 

dasturlari. – T.: 2005. 

2. www.pedagog.o`z 

3. www.Ziyonet.o`z 



1. Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar. 

Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik

  demakdir. 

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba 

faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan 

interfaol uslublardan foydalaniladi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirishda  yosh  avlodga  chuqur 

bilim  beradigan,  fikrlash  doirasi  keng,  kasbiy  ko`nikmalarga  ega  bo`lgan, 

huquqiy  demokratik  jamiyat  a’zolarini  ozod  va  erkin  yashashga,  mustaqil  fikr 

yuritishga  o`rgata  oladigan  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  asosiy 

vazifa  qilib  belgilangan. «Ilgari  biror  bir  mamlakatning  taraqqiyoti  va  kuch-

qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va 

iqtisodiy  salohiyati  haqida  so`z  yuritilar  edi.  Bugun  dunyo  taraqqiyotning 

shunday  bosqichiga  qadam  qo`ydiki,  har  qanday  millat  va  davlat 

imkoniyatlarining  hal  qiluvchi  belgisi  bu-  ma’rifat,  insonlarning  intellektual, 

kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan 

biri  -  bu  ta’lim  tizimini  tuzilishi  va  mazmun  jihatidan  isloh  qilish  uchun 

o`qituvchi  va  murabbiylarni  qayta  tayyorlash,  yuqori  malakali,  raqobatga  qodir 

mutaxassislar 

tayyorlash 

bo`yicha 

ta’lim 


muassasalarining 

faoliyatini 

uyg`unlashtirish,  ilg`or  pedagogik  texnologiyalarni,  pedagogik  innovatsiyalarni 

ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi. 

Ammo ilg`or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta’lim 

tizimiga kirib kelmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog`lik 

jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib uning mas’uliyati va faolligini 

oshirmasdan  ta’limda  bir  qadam  oldinga  siljib  bo`lmaydi.  Akademik  A.N. 




 

22 


Leontev  «Dunyoni  idrok  qilishning  birinchi  sharti  -faoliyat,  ikkinchi  sharti  - 

tarbiyadir.  Faoliyat  jarayonida;  kishilarning  qobiliyati,  bilim  va  malakalari 

shakllanadi,  demak,  faoliyat  ijtimoiy  hodisa  bo`lib,  hayotiy  kurashning  asosiy 

shartidir. 

 Pedagogik  faoliyat,  uning  tuzilishi  va  tarkibiy  qismlari  haqida  juda  ko`p 

olimlar  ilmiy  izlanishlar  olib  borganlar.  Jumladan,  S.L.Ko`zmina  o`z 

tadqiqotlarida  pedagogik  faoliyatning  geneseologik  (bilish),  loyihalash, 

tashkilotchilik,  kommunikativ  tarkibiy  qismlari  mavjud  ekanligini  bayon  etib 

o`tgan. 

Bugungi  kunda  pedagogika  sohasida  yangi  ilmiy  yo`nalish  -  pedagogik 

innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida 

o`qituvchining  pedagogik  faoliyatida  ham  yangi  yo`nalish  «o`qituvchining 

innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi. 

Pedagogikada 




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə