Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

 

 

©  Jizzax davlat pedagogika instituti   


 



KIRISH 

Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - 

iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta´lim tizimida ham keskin o´zgarishlar yuz 

bermoqda.   

O´zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 - yil 28 - maydagi 

“Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o´rta maxsus, kasb-hunar ta´limi 

muassasalarini shunday kadrlar bilan ta´minlash tizimini yanada takomillashtirishga 

oid chora-tadbirlar to´g´risida”gi qaroriga ko´ra, bugungi kunda o´rta maxsus, kasb-

hunar ta´limi tizimida o´quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinishi, mashg´ulotlar 

zamonaviy ta´lim texnologiyalariga tayangan holda o´tkazilishi lozimligi, zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta´minlanishi zarurligidan kelib chiqib

tarix fanlarini maqsadli, samarali va kafolatlangan natijali o´qitish davr talabidir. 

Xususan, bugungi kunda xorijiy davlatlarda samarali qo´llanilayotgan “Keys-study”, 

“Loyiha”, hamkorlikda o´qitish texnologiyalari, “T-sxema”, “Blits-so´rov” va boshqa 

interfaol usullar haqida ma'lumot, hamda ularni dars jarayoniga tatbiq etish 

mexanizmini  yoritib berishga harakat qilinmoqda.  

Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o`quvchi) larni faqat tayyor 

bilimlarni egalashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda 

mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi  o`quv 

jarayonini  yangilangan  dastur  va  standart  talablariga  javob  beradigan  zamonaviy 

darslar asosida tashkil etish davri keldi. 

 

Boshqacha  qilib  aytganda  zerikarli  darslar  o`rniga  zamonaviy  darslarni 



tashkil  etishga  ma’suliyat  bilan  yondashadigan,  kasbiy  bilimdon,  metodik  mahoratga 

ega,  ma’suliyatli,  interfaol  pedagogik  texnologiyani  mukammal  o`zlashtirib  olgan, 

innovatsiyalar  asosida  ta’limni  tashkil  eta  oladigan  o`qituvchilarga  talab  oshib 

bormoqda.   

Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o`quv  tarbiyaviy jarayonida 

zamonaviy  o`qitish  uslublari-interfaol uslublar, innovatsion  texnologiyalarning  o`rni 

va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid 

bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. 

Pedagogik  texnologiya  masalalarini va muammolarini o`rganayotgan ba’zi 

o`qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya- 

faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq hamda o`qitish  jarayonida qo`llanishi zarur 

bo`lgan  o`qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik 

vositalar  bilan  bog`liq. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy 

negizi  o`qituvchi yoki talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga 

hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga  bog`liq.  O`qitish 

jarayonida, maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo`llaniladigan har bir 

ta’lim  texnologiyasi o`qituvchi yoki talaba o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil  eta 

olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishsa, o`quv  jarayonida talabalar mustaqil fikrlab, 

ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o`zlari xulosa qila olsalar, o`zlariga, guruhga, guruh 

esa ularga baho bera olsa, o`qituvchi esa bularning bunday faoliyatlari uchun 

imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o`qitish jarayonining 

asosi hisoblanadi.  O`quv  jarayonidagi pedagogik  texnologiya  –  bu aniq ketma–




 

ketlikdagi yaxlitlik bo`lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga 



yo`naltirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. 

 Tarixni  o`qitishda innovatsion texnologiyalar fanining maqsadi  bo`lajak tarix 

o`qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini 

kengaytirish, ularda fanni o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash 

uchun zarur bo`lgan metodik bilim, ko`nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. 

O`quv fanining vazifalariga esa: 

-  “Ta'lim  to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida aks etgan 

vazifalarni amalga oshirish; 

- Didaktika nazariyasi bilan ta'lim amaliyoti aloqasini ta'minlash; 

-  talabalarni ta'lim -  tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llashga 

o`rgatish orqali ularni zamonaviy ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqa olish va 

prezentatsiya darslarini yuqori saviyada o`tkaza olishni o`rganish; 

-  talabalarda tarix fanini o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish 

uchun zarur bo`lgan nazariy va uslubiy bilimlarni shakllantirish, ko`nikmalarni tarkib 

toptirish; 

-  talabalarning pedagogik faoliyatga o`z  tayyorgarligini tahlil qilishga o`rgatish, 

tahliliy – tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish; 

-  tarix fanini o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 

bo`yicha dars ishlanmalarini loyihalash ko`nikmalarini tarkib toptirish;  

-  tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyatini loyihalash ko`nikmalarini 

tarkib toptirish; 

-  tarix fanini o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologoyalarni samaradorlik va 

kafolatlangan natijaga erishishtirish kiradi. 

  

Pedagogik maqsadning amalga oshishi ham  kafolatlangan natijaga erishishi 



o`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo`ygan maqsad, tanlagan 

mazmun, uslub, vosita, shaklga ya’ni texnologiyaga bog`liqdir. 

            O`qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani 

tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga 

erishishga qaratilgan  bo`lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, 

sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun 

balki, kompyuter bilan ishlash  lozimdir, balki film(yoki tarqatma material, chizma va 

plakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar)  kerak  bo`lar.  Bularning hammasi 

o`qituvchi va talabalarga bog`liq. 

          Shu bilan birga o`quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayon da 

o`quv  predmetining  o`ziga xos tomoni, joy va sharoitni, eng asosiysi,  talabaning 

imkoniyati  va ehtiyojini hamkorlikdagi faoliyatni tashkil  eta olishini hisobga olishi 

kerak. Shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha 

aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.  Zamonaviy pedagogik 

texnologiyalar qo`llash jarayonida talabalar,  “Kognitiv” o`quv  maqsadlari sohasida – 

nazariy  bilimlarni  oladi, “Psixomotor”  o`quv  maqsadlari  sohasida  –  olgan  nazariy 

bilimlarini  turli  mashqlarni  bajarish  orqali  mustahkamlaydi, “Affektiv”  o`quv 

maqsadlari sohasida – ularda kelajakka umidvorlik hissi uyg`onadi. 




 

 



Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu o`quv-uslubiy qo`llanma tayyorlandi. 

Albatta, mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma muallif tomonidan bu sohadagi dastlabki ish 

bo`lganligi sababli kamchiliklar bo`lishi tabiiy. 

 

Respublikamizning yangi pedagogik texnologiyalar  sohasidagi yetakchi uslubchi 



olimlari, professor-o`qituvchilari 

B.Xodiyev, 

L.Golish, R.Ishmuhamedov, 

A.Abduqodirov, S.Usmonov, G.Fuzailova, J.Yo`ldoshev, R.Hamraqulov, 

E.Jumayevlarning  pedagogik texnologiyalarga oid kitoblari, o`quv qo`llanmalari 

ushbu o`quv-uslubiy qo`llanmani tayyorlashda muhim nazariy manba bo`lib xizmat 

qildi. 

 

O`quv-uslubiy qo`llanma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni keyingi 



ishlarimizda albatta inobatga olamiz. 

 


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə