Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


 Ta’limda innovatsion va texnologik yondashuvning mazmun-mohiyati



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

 

2. Ta’limda innovatsion va texnologik yondashuvning mazmun-mohiyati 

   

Yangi  munosabatlarning  o`ziga  xos  jihati  an’anaviy  ta’limdagidan  farq  qilib, 

o`quvchi-talabalarning  mustaqilligi  va  o`quv  faoliyatini  taqiqlamasdan,  balki 

belgilangan  maqsadga  yo`naltirish,  o`quv  faoliyatini  hamkorlikda  tashkil  etish, 

ularni faoliyatga ongli ravishda yo`llash, biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga 

oshirmasdan,  balki  samarali  tashkil  etish  orqali  o`quvchi-talabalarda  fan 

asoslarini  o`rganishga  bo`lgan  qiziqishlarini  orttirish,  shaxsning  ehtiyoji, 

qiziqishi  va  imkoniyatlarini  chegaralamasdan  erkin  tanlash  huquqini  berish 

sanaladi. 

  

Pedagogik  texnologiya  texnologik  yondashuvga  asoslanadi.  Texnologik 



yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o`xshash) 

olish  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo`llaniladigan  usul  va  metodlar 

to`plami  tushunilib,  qo`yilgan  maqsadlarga  erishishda  kutilgan  natijalarni 

kafolatlaydigan  usul  metodlari  majmuasi  tushuniladi.  Agar  metod  bilish  yo`li, 

tadqiqot  yo`li  yoki  biror  faoliyatdagi  ma’lum  amaliyot  va  nazariy  bilimlar 

sohasini  egallashni  harakatlar,  usullar  majmuasi  deb  tushunsak,  pedagogik 

texnologiyaning  ta’lim  usuli,  ma’lum  ma’noda  ta’lim-tarbiya  jarayonlari, 

vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi. 

  

Pedagogik  texnologiyani  an’anaviy  o`qitish  metodikasidan  farqlovchi 



belgilari  ko`p.  Pedagogik  texnologiya  an’anaviy  metodikadan,  avvalo 

,maqsadlarning  qo`yilishi  va  unga  erishishi  bilan  farqlanadi.  Pedagogik 

texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o`qituvchi va 

talabaning  maqsadlari)ni  ishlab  chiqish,  ta’lim  maqsadlarini  nazorat  (test) 

topshiriqlarida o`tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi. 

 Loyihalashtirish 

faoliyati 

o`quvchi-talabalar 

bilan 

ishlashni 



tashkillashtirishning  eng  ommabop  shakllaridandir.  Loyihalash  metodi  – 

o`qitishning tashkillashtirilishi bo`lib, o`quvchi-talabalar rejalashtirish va amaliy 




 

11 


vazifalarni  bajarishlari  orqali  loyiha  ko`rinishida  bilim  oladi.  Loyihalashtirish 

metodini qo`llash natijasida loyiha (proyekt) ko`rinishidagi bilim o`zlashtiriladi. 

 O`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  munosabatlarni  ifodalovchi  hamkorlik 

pedagogikasiga  tayanib,  talabalarning  birgalikda  ta’lim  olishlari  amalga 

oshiriladi.  Talabalarni  hamkorlikda  ta’lim  olishlari,  ta’lim  jarayonlarini 

loyihalashtirish,  talabalar  bilan  ishlashni  loyihalashtirish  kabilar  zamonaviy 

pedagogik texnologiyalarning asosiy metodlari hisoblanadi.  

O`quv-tarbiya  jarayonida  vujudga  kelgan  yangi  pedagogik  munosabatlar 

mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashni taqozo etadi. 

Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo`llaniladi. Ular og`zaki, 

ko`rgazmali,  tadqiqiy,  izlanuvchan,  tizimli,  funksional,  kompleks,  texnologik, 

faoliyatli yondashuvlardir. 

O`quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish 

pedagogdan  ijobiy  ishlashni  talab  etadi.  Pedagog  o`zida  unga  yordam  beruvchi 

tashqi  imkoniyatlar,  ya’ni,  nazariy-amaliy,  o`quv  qurollari  va  vositalari 

mavjudligi  haqida  to`liq  ma’lumotlarga  ega  bo`lishi  kerak.  Pedagog  o`zidagi 

mavjud  ma’lumot  va  imkoniyatlar  asosida  qaralayotgan  ta’lim  yo`nalishi 

bo`yicha  ma’lumotlar  hamda  ilg`or  o`qitish  uslublarini  ko`zlagan  maqsadga 

yo`naltirish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. 

Pedagogda  shakllangan  bilim,  ko`nikma,  malaka,  o`qitish  vositalari, 

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  imkoniyatlarini  maqsadga  muvofiq 

yo`naltira  olish  qobiliyatlari  mavjud  bo`lib,  u  davlat  ta’lim  standartlari  asosida 

ta’lim  oluvchiga  aniq  maqsadini  belgilab  beradi.  Bu  esa,  o`z  navbatida, 

pedagogik  texnologiyalarni  qo`llash  rejasini  ishlab  chiqishga,  ya’ni  vazifalarini 

belgilab  olishga  olib  keladi.  Belgilangan  maqsad  va  vazifalarni  e’tiborga  olgan 

holda  ta’limning  harakatchan  modeli  yaratiladi.  Modelni  ishlab  chiqish  asosan 

tizimli  yondashuv  uslubi,  maqsadlar  tizimini  yaratish  va  unga  erishish  ketma-

ketligiga  asoslangan  holda  olib  boriladi.  Ta’lim  modelini  yaratish  zamonaviy 

ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biridir. 

 «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  pedagogga  raqobatbardosh  kadrlar 

tayyorlash  yuzasidan  zamonaviy  talablar  majmuini  belgilab  beradi.  Bir-biriga 

bog`liq  bo`lgan  talablarning  majmui,  pedagogning  umumlashtirilgan  modelini 

tashkil  etadi.  Umumlashgan  modelga  muvofiq  asosiy  talablar  quyidagilardan 

iborat, ya’ni: 

 

pedagogning ta’lim berish mahorati; 



 

pedagogning tarbiyalay olish mahorati; 



 

ta’lim-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxs fazilati; 



 

ta’lim  oluvchilarning  bilimlarini  xolisona  baholay  olish  va  nazorat 



qila olish mahorati. 

Bugungi  kunda  O`zbekistonda  jahon  ta’lim  maydoniga  kirishga 

yo`naltirilgan  yangi  ta’lim  tizimi  qaror  topmoqda.  Bu  jarayon  bilan  bir  vaqtda 

pedagogik  o`quv-tarbiya  jarayonining  nazariyasi  va  amaliyotida  sezilarli 

o`zgarishlar  sodir  bo`lmoqda.  Ta’limdagi  yondashuvlar  tarkibi  o`zgarmoqda  va 



 

12 


boshqacha  munosabatlar,  pedagogik  mentalitetlar  o`rnatilmoqda.  Ta’lim  tizimi 

yangi  axborotlar  bilan  ishlash  qobiliyati  ijodiy  yechimining  ta’lim  dasturini 

individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda. 

 Ta’lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo`lib, o`quvchi-talaba bilan 

o`qituvchi  (pedagog)  ning  shaxsga  yo`naltirilgan  o`zaro  munosabatlari 

hisoblanadi.  Ijtimoiy  bilimga  teng  bo`lgan  pedagogik  texnologiyalarning  tashkil 

topishida fanning roli ortib bormoqda. 

 Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  psixologik-pedagogik  nuqtayi 

nazardan takomillashuvining asosiy yo`nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi: 

 



o`quvchi-talabaning  yodlashdan  eslab  qolish  funksiyasiga  o`tishi, 

ya’ni  


o`zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o`tishi; 

 



o`rtacha 

o`quvchi-talabaga 

yo`naltirilganlikdan 

o`qitishning 

tabaqalashgan 

va individuallashtirilgan dasturlariga o`tish; 

 

o`quvchi-talabaning  tashqi  motivasiyasidan  ichki  ma’naviy  tartibga 



o`tish. 

 Ta’limda  zamonaviy  didaktika  va  ta’lim  tarkiblarining  samaradorligini 

oshirish,  yangi  g`oya  va  texnologiyalarning  ilmiy  ishlab  chiqilishi  va  amaliy 

asoslanishiga  o`tilmoqda.  Bunda  har  xil  pedagogik  tizim  bilan  o`qitish 

texnologiyalari  o`rtasida  bog`liqlik,  amaliyotda  davlat  ta’lim  tizimining  yangi 

shakllarining  aprobasiyasi,  hozirgi  zamon  sharoitida  o`tmishning  pedagogik 

tizimlarini qo`llash muhim hisoblanadi.  

 Pedagogik  texnologiya  paydo  bo`lgunga  qadar  boshqa  masalalar  qatorida 

murakkab  qurilma  va  jarayonlar  o`rganiladigan  ta’lim  tizimi  doirasida  aynan 

ta’lim  jarayonini  yetarlicha  samarali  loyihalash  qoidasi  ishlab  chiqilmadi.  Bu 

bo`shliqni  pedagogik  texnologiya  pedagogning  loyihalashtirilgan  o`quv 

jarayoniga  ijodiy  yondashuvi  uchun  keng  o`rin  qoldirgan  holda  to`ldiradi. 

Pedagogik  texnologiyaning  o`ziga  xos  tomoni  shundan  iboratki,  unda  o`quv 

maqsadlariga  so`zsiz  erishish  o`quv  jarayonida  loyihalashtiriladi  va  amalga 

oshiriladi.  Texnologik  yondashuv,  eng  avvalo,  yuzakilikda  emas,  balki 

rejalashtirilgan  natijani  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  konstruktiv, 

ko`rsatmali sxemada o`z ifodasini topadi.  

 Maqsadga yo`naltirilganlik, jarayon natijalarining tashxisli tekshiruvi o`quv 

jarayonining  barcha  qirralarini  qayta  ishlab  chiqish  davriga  mujassamlashtirish 

imkonini yaratadi. U asosan o`z ichiga quyidagilarni oladi: 

 

ta’limda umumiy maqsadning qo`yilishi; 



 

tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o`tish; 



 

o`quvchi-talabalarning 



bilim 

darajalarini 

dastlabki 

(tashxisli) 

baholash; 

 



bajariladigan o`quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog`lanish 

asosida zudlik bilan ta’lim jarayoniga tuzatish kiritish bo`lishi lozim); 




 

13 


 

natijani baholash. 



 O`quv  maqsadlarining  to`liq  standartlashtirilishining  me’yori  quyidagicha 

bo`lishi mumkin: 

 a) yuqori, ammo mutlaq emas; 

 b) mutlaq. 

 Birinchi  holatda  maqsadning  murakkabligi  tufayli  uni  to`liq  kuzatuvchan 

xatti-harakatlar  turiga  aylantirish  imkonini  bermaydi,  davr  to`laligicha  qayta 

ishlab  chiqilmaydi.  Ikkinchi  holatda  konveyrli  jarayon  bo`lgan  ta’limning 

reproduktiv turi bilan ish yuritiladi. 

O`quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik 

jihati  –  o`quv  jarayonining  so`nggi  natijalariga  yo`naltirilganligini  kuzatish 

mumkin. 

 Umumiy ko`rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi: 

 

identifikasiyalangan o`quv maqsadlarini ishlab chiqish; 



 

o`quv maqsadlari taksonomiyasi; 



 

o`quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish; 



 

maqsadga erishish usullari; 



 

erishilgan o`quv maqsadlarini baholash. 



 Pedagogik  texnologiyani  tushunishning  asosiy  yo`li  aniq  belgilangan 

maqsadlarga  qaratilganlik,  ta’lim  oluvchi  bilan  muntazam  o`zaro  aloqani 

o`rnatishdir.  O`zaro  aloqa  pedagogik  texnologiya  asosini  tashkil  qilib,  o`quv 

jarayonini  to`liq  qamrab  oladi.  O`qituvchi  (pedagog)  o`z  oldiga  o`quvchi-

talabalar  o`quv  materialining  mazmunini  tushunib,  o`zlashtirib,  ma’lum 

bilimlarni  egallab,  amaliyotda  qo`llashga  o`rgansin  degan  maqsadni  qo`yadi. 

Pedagogik  maqsadga  erishganlik  yoki  erishmaganlikni  bilishning  aniq  vositalari 

bo`lgandagina,  o`qituvchi  (pedagog)  o`zining  mehnati  samarali  ekanligiga  va 

tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki aksincha, samarasiz ekanligiga 

ishonch hosil qilishi mumkin. 

 M.V.Klarin  fikri  bo`yicha  o`qituvchi  (pedagog)lar  tomonidan  maqsadlarni 

belgilashning o`ziga xos usullari quyidagicha:  

 1. O`quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash. 

 2. Maqsadni o`qituvchi (pedagog) faoliyati orqali aniqlash. 

 3.  O`quvchi-talabaning  intellektual,  emotsional,  shaxsiy  rivojlanish  ichki 

jarayonlari va qonuniyatlari orqali o`quv maqsadini qo`yish. 

 O`qitishning  maqsadi  ta’lim  mazmuni,  o`qituvchi  (pedagog)ning  yoki 

o`quvchi-talabaning  faoliyati  orqali  belgilash  ta’limda  kutilayotgan  natijalar 

haqida aniq taassurotga ega bo`lishga imkon bermaydi.  

Umuman olganda, ta’lim jarayonida vazifalarni o`lchash, aniqlash, o`qitishni 

qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini 



 

14 


bilish  kerak,  ya’ni  ta’lim  maqsadi  shunday  qo`yilishi  kerakki,  unga  erishganlik 

haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin. 

Mashg`ulot  mazmuni  deganda,  talaba  o`qitish  jarayonida  egallashi  lozim 

bo`lgan  bilim,  ko`nikma  va  malakalar  hajmi  hamda  xarakteri  tushuniladi. 

Mashg`ulot  mazmunini  loyihalashga  kirishilganda  pedagogik  tizimning  birinchi 

elementi  -  maqsad  bilan  o`zaro  farqlanadigan  tomonlarini  hisobga  olish  kerak 

bo`ladi.     

         Pedagogik  tizimning  maqsadini  belgilashda,  uning  talabalar  o`rganishi 

lozim  bo`lgan  ro`yxati  keltiriladi  va  ular  mashg`ulot  maqsadini  aniqlash  uchun 

xizmat  qiladi.  Mashg`ulot  mazmunini  saralashda  ma’lumotlarning  umumiy 

hajmidan  asosiy  qismi  ularga  yetkaziladi.  Dasturda  mashg`ulot  materiallari 

tushunarli  tarzda  berilishi  muhim.  Buning  uchun  u  ma’lum  murakkablik 

darajasida  bayon  etiladi.  Shu  boisdan  didaktikada  “oddiydan  murakkablikka” 

qoidasi  mavjud.  Bu  qoidaga  mashg`ulot  mazmunini  izchil  va  ketma-ket 

yoritishda rioya qilinadi. 

Dastur  o`qitish  darajasi  ilmiy-nazariy  va  siyosiy  jihatdan  qanday  bo`lish 

kerakligini,  talabalarda  dunyoqarashning  qaysi  qirralarini  shakllantirish 

zarurligini ko`rsatsa, darslik bu muammolarni aniq tushuntirib beradi. Mashg`ulot 

mazmuni  ma’lum  qonuniyatlar  asosida  didaktik  tayyorlanmas  ekan,  uni 

belgilagan  vaqt  davomida  egallash  murakkab  kechadi,  ba’zan  bu  mazmun 

talabalarning  o`zlashtirish  qobiliyatiga  mos  kelmay  qoladi.  Shuning  uchun 

ularning  bilimlarni  egallashini  osonlashtirish  maqsadida  mashg`ulot  mazmuniga 

nimadir kiritish yoki pedagogik texnologiya to`plagan boshqa bir usullarni taklif 

etish kerak bo`ladi.




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə