Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

     Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik

 

demakdir. 



               Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va 

talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalgam oshirishda 

asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. 

                Interfaol

  (“Inter”-  bu  o`zaro, ”ast”-  harakat qilmoq) -  o`zaro  harakat 

qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo`lishni  anglatadi. 

Boshqacha so`z  bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyatlari -  bilish va 

kommunikativ faoliyatni  tashkil  etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta’lim 

oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan 

narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda 

o`qituvchining  o`rni  qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga 

erishishga yo`naltirishga olib keladi. 

       Bu uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning 

birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. 

         Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, 

ularga: 

 -talabaning dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va 

izlanishga majbur etilishi; 

-  talabalarning  o`quv  jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini 

ta’minlanishi; 

 -  talabalarning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga 

ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi

 -  pedagog va  talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil 

etishlari mumkin.                 

       Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion  pedagogik  

va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini 

ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy 

texnologiyalar  qo`llanilgan  mashg`ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarlarni 

o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni 

ham  o`zlari keltirib chiqishlariga qaratilgan.  O`qituvchi bu jarayonda shaxs va 

jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit 

yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini 

bajaradi. Bunday o`quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. 

         Pedagog  olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida  

          Nega o`qitamiz? 

               Nimani o`qitamiz? 

                     Qanday o`qitamiz? 

savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o`qitish 

mumkin?  - degan savoliga ham javob qidirdilar. 

             Bu esa, olim va amaliyotchilarni o`quv 

jarayonini 

texnologiyalashtirishga, ya’ni o`qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan 



 

natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan 



fikrga olib keladi. 

             Bunday fikrning tug`ilishi  fanda yangi pedagogik texnologiya 

yo`nalishini yuzaga keltirdi. 

             Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida 

pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining 

asosiy sababi quyidagilardir: 

             


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə