Jizzax davlat pedagogika universiteti amaliy topshiriq


Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar



Yüklə 50 Kb.
səhifə4/11
tarix11.02.2023
ölçüsü50 Kb.
#100687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlarL Qo'llanmaning avvalgi sahifalarida «Avesto» haqida to'xtaganmiz. Qadimgi asarda bug'doyni
ekishga berilgan ahamiyat inson taqdiri bilan uyg'unlashgan. Bu esa o'zbek xalqi ajdodlarining dehqonchilik bilan shug‘ullanishi yuzlab emas, minglab yillarga tengligini isbotlaydi. Binobarin, dehqonchilik bilan bog‘liq qo'shiqlarda ekin-tikin jarayoni boshidan oxirigacha bosqichma-bosqich aks etishi tabiiydir. O‘zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov bevosita hayot aks etgan qo‘shiq namunalariga alohida e’tibor bilan yondashar ekan, dehqonchilik haqidagi asarlami yozib olishni qadrlagan edi. Shuning uchun o‘zbek olimlari bisotidagi dehqonlar aytadigan qo‘shiqlar nisbatan to‘liq yozilganligi bilan ajralib turadi. Ulami Bahodir Sarimsoqov qo‘sh, o‘rim, yanchiq, yorg‘ichoq qo‘shiqlari tarzida ichki turlarga bo‘lib tahlil qilgan52.
Dehqonning mehnati yer qa’ridan taft kelishi bilan bog‘liq. Tajribali bobolarimiz fikricha, bahor yerdan bug1 ko‘tarilishidan boshlanadi. Qishning oxirida yerdan bug1 ko‘tarildimi, dehqon qo'shni dalaga olib chiqadi. Abdulla Qahhoming «O‘g‘ri» hikoyasida Aminning Qobil boboga bergan masxaraomuz:

  • Yaxshi ho‘kizmidi, yo yomon ho‘kizniidi? - savoliga chol:

  • Qo‘sh mahali, - deb javob qaytaradi. Ya’ni yer haydash boshlangan paytda ho‘kizning yaxshi-yomoniga e’tibor berilmaydi, demoqchi. Shu ikki og'iz so‘z bilan yer haydashning og'irligi, hosil uchun bu ishning muhimligi o‘z ifodasini topgan. Dehqon yemi haydashdan kelajakka umid bildiradi. Mehnatning mashaqqati bu umid oldida orqaga chekinadi. Shu bois ho‘kizning shoxiga yog‘ surib hosil mo‘lligini ruhan ta’minlamoqchi bo‘lgan dehqon qo'shiq bilan o‘zini ovutgan bo'lishi mumkin. To‘g‘ri, bu qo'shiqlar, ko'pincha, ho‘kiz tilidan aytilgan. Og‘ir qismatdan dehqon hayvon nutqi vositasida noligan:

Shoxlarim bor gaz-gaz quloch, Ustida o‘ynar qaldirg‘och,
Hayday desam, qomim och, Men qo'shga qanday yarayin.
Aslida, oxirgi ikki misra ho‘kizning emas, dehqonning ahvolidan xabar bermoqda. Natijada, dehqon ho‘kizdan hasrat qilish vositasi sifa- tida foydalanmoqda. Bu o‘rinda qo'shiqdagi og‘ir turmush sharoitining
aks etishi qo‘sh haydash paytida dehqonning mehnatmi qanday qilib yengillashtirishi mumkin degan mantiqiy savol paydo bo'ladi. Savolga ikki xil javob berish mumkin. Birinchidan, inson tabiatida bir xil zerikarli ish qilayotgan paytda nimanidir aytib turish unga hamisha madad bag‘ishlaydi. Dehqonning qanday qo'shiqni aytishi ahamiyatsiz. Muhimi, u qo‘shiq aytsa, bu qo‘shiq haqiqatdan xabar bersa, bas! Ikkinchidan, mabedo dehqon mazkur to‘rtlikni aytdi, undagi mazmunga ham diqqat qildi, deylik. U taqdirda taxmin qilish mumkinki, aytuvchining harakatini endi alam boshqara boshlaydi. Oqibatda, u omoch tishlarini yerga chu- qurroq botirishga, bemajol qo‘l mushaklarini yaxshiroq harakat qildi- rishga urinadi. Ishning yakuniy bosqichida esa rahm, shafqat mazmuni o‘z-o‘zidan quyilib keladi:
Ho'kizginam, bo‘yniginang ezildi. Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi. Bo‘yinturuq bilan omoch tortmasang, Seni bilan menga go‘rlar qazildi.
Bu mazmundagi to‘rtlik ijrosida ham aytuvchining chuqur ruhiy ichki kechinmalari ifodalangan. His, tuyg‘u o‘rin olgan qo‘shiq esa har qanday og‘ir vaziyatda ham kishi kayfiyatiga dalda beradi, mehnat jarayonini nisbatan yengillashtiradi.
Yer haydalib, don sochilganidan so‘ng yetilgan hosilni o‘rish bosh- lanadi. Awalo, o‘rishni yer haydash bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Agar yer haydash bitta odam tomonidan bajarilsa, jismoniy quwatni qo‘llash og‘ir bo‘lsa, bahorda "ilik uzildi" (odam tanasidan quvvatning qochishi) paytiga to‘g‘ri kelsa, hosilga ko‘proq umid bildirilsa, o‘rim o‘rishda dehqon har holda quwatga kirgan, o‘rgan har bir bug‘doy poyasi uning kuchiga kuch qo‘shadi, xirmondan aniq darak beradi. Ikkinchidan, o‘rim jarayonida jamoa bo‘lib ishlash imkoni bor. Bu omillar, shubhasiz, o‘rim o‘rishda dehqon kayfiyatini yaxshilaydi. Ustiga ustak qo‘shiq aytilsa, nur ustiga nur bo‘lib qo‘shiladi. Shuning uchun o‘rim qo‘shiqlari qo‘sh qo‘shish paytida aytiladigan to‘rtliklardan o‘ynoqiligi, nisbatan sho‘xligi bilan farq qiladi:
O‘rog‘im olmos, O‘rishdan qolmas,
Sira ham tolmas, 0‘rmasam bo‘Imas.
Yuqori sahifalarda qayd qilganimizdek, dehqon ish qurcilini maqtay- di, undan qoniqayotganini izhor qiladi. 0‘roqning olmos kabi o'tkir eka- nida o'zining charxlash mahoratini maqtash ohangi ham yo‘q emas. O‘mi
kelganda, dehqon bug‘doyga ham murojaat qiladi. Bug‘doydan to‘p bo‘lib turishni so‘raydi. Shunda
uni o'rish oson kechishini ta’kidlaydi. Ayni paytda dehqonchilik qo‘shiqlari qatorida «Qora daryo» turkumi ham mavjud bo'lib, unda ekinlar intoq11 san’ati vositasida tilga kiradi va muayyan tajriba natijasini izhor qiladi. Mazkur to'rtliklarda arpa, bug‘doy, sholg‘om, mosh kabi ekinlar so‘zlaydilar. Aksari hollarda ulaming xasratlari bilan tanishamiz:
Sholg‘om aytar shod bo'lmadim, Bu g‘amdan ozod bo'lmadim.
Suv ichib obod bo‘lmadim, Toshmadingmi, qora daryo?
Bahodir Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, o‘rim hashar qilib o‘t- kazilayotganda: «...o‘rimchilami zeriktirib qo'ymaslik, ishtiyoq bilan mehnatga chorlash maqsadida so‘zga chechan kishilar turli lirik qo‘shiq- lardan yoki qiziqarli dostonlardan parchalar kuylab, o‘roqchilarga dalda berganlar. Qashqadaryo, Surxondaryo va janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbeklar o’rim paytida «Yozi bilan Zebo» dostonidan parchalar kuylaganlar»12.
Dehqonchilik qo‘shiqlarining у ana bir turi yanchiq paytida aytilgan. Ko‘pincha, ulami xalqning o‘zi «Mayda», «Mayda gul», «Maydalar», «Xo‘p mayda» deb ataydi. Hosil yig‘ish ko‘ngildagidek natija berga- nida dehqon endi o‘zini ruhan tetik his qiladi. Aksincha bo‘lgan taqdirda ham o‘zbeklarda «nasiba» degan shukronalikni ifodalovchi so‘z bor. Shu- ning uchun mayda qo‘shiqlarida biz qo‘sh qo'shiqlarida, «Qora daryo»da bo‘lganidek, qismatdan nolish, dard-hasrat ohanglari nisbatan kam o'rin olganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday qo‘shiqlarda tabiat bergan in’omdan mamnunlik kayfiyati ustuvordir. Dehqon yana hayvonga murojaat qiladi:
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hay da, maydayo-mayda, Qalqon qulog‘im hayda, maydayo-mayda. Temir tuyog'im hayda, maydayo-mayda, Xinnonni qilgin mayda, maydayo-mayda.
Ba’zan esa dehqon o‘zining hazilini ham qo‘shiqlarda ifolashi mumkin. U ish hayvoni ustidan kulishga va shu usul bilan ko'nglini yozishga uringan:
Mayda-mayda may bosar, maydayo-mayda, Mayda senga yarashar, maydayo-mayda. Sening qalin terilaring maydayo-mayda, Etik qilsa
yarashar, maydayo-mayda.
Odatda, mayda qo‘shiqlari dehqonning bevosita ko‘ngil izhoridan iborat bo‘lishi mumkin. Chunki yanchiq jarayonida o‘rimdagidek keng jamoa ishtiroki talab qilinmaydi. Ijrochi qo‘shiqlarini ho‘kiz yoki boshqa hayvondan tashqari yanchiqda deyarli hech kim eshitmaydi. Ayni paytda baribir bosh maqsad yil davomida qilingan mehnat mahsuliga tezroq ega bo‘lishni taqozo etadi. Qo‘shiq dehqondagi zerikish holatini yumshatish va har bir harakatning samarasini oshirish vositasi vazifasini bajargan. Ammo agar bu qo‘shiqlarda dehqon bajarayotgan mehnatgina aks etgan desak, xato bo‘ladi. Chunki har bir qo‘shiqda dehqon, albatta, o‘zining ichki kechinmalarini, hayot tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini ham bayon qiladi. Qo‘shiq aytuvchi sahnadagi san’atkor xonanda emas, balki daladagi oddiy ijrochi va ayni shu paytning o‘zida uning o‘zi tinglovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Aslini olganda, uning qo‘shiqlarini yer haydayotgan yoki bug‘doy yanchayotgan ho‘kiz eshitadi, xolos. Dehqonga ho‘kizidan boshqa tinglovchining keragi ham yo‘q. Chunki u dilidagi his-tuyg‘uni o‘ziga o‘zi aytadi va shu yo‘l bilan qilayotgan ishini yengillashtiradi, hasratini yozadi. Aytish mumkinki, buuday vaziyatda dehqon yonidagi hayvon uning vafodor sirdoshiga aylanadi.
Dehqonchilik qo‘shiqlarining so‘nggi turi «Yorg'ichoq» qo'shiqlari deb ataladi. Yorg‘ichoq bug'doyni un qiladigan xonaki asbobning nomi.
Ikki ustma-ust qo'yilgan ichki qismi yo‘nilgan toshning o'rtasi o'yilgan bo‘ladi. Tepa qismdagi tosh chekkasiga yog'och dasta suqiladi. Shu dastani ushlab toshni aylantirishadi. O‘rta teshikka solingan bug‘doy doni markazdan qochish kuchi hisobiga ikki tosh o'rtasida maydalanib unga aylanadi. Bu ishni faqat ayollar bajaradi. Binobarin, og‘ir mehnat davomida aytiladigan qo‘shiqlami ham ayollar ijro etadilar. Ularda ayol yorg'ichoqqa murojaat qiladi. U bilan gaplashadi, xasratlashadi, dardini to‘kadi. Natijada, yorg'ichoq oiladagi onaning his-tuyg‘usini samimiy ravishda bayon qilish vositasiga aylanadi:
Yorg'ichoq yalpoqqina, Un qilar oppoqqina, Yorg'ichoq xir-xir etar, Mushtdakkina xamir etar.
Yorg‘ichog‘im guldur-guldur, Bo‘g‘zim to‘la oppoq undir, Boy bobomning xonadoni, Ikkimizni yeydir-yeydir.
Shunday qilib, yil fasllari o‘zgaradi, dehqonning ish quroli (ho‘kiz, omoch, o‘roq, yorg'ichoq) o'zgaradi, ammo qo'shiqni yaratishdan nazar- da tutilgan bosh maqsad (og'ir mehnatni yengillatish, turmush hasratini aytib yurakdagi g'amni
yozish) o'zgarmaydi. Har qanday vaziyatda ijro etiladigan qo'shiq hayotning lirik ifodasi sifatida baholanadi.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə