Jizzax filiali



Yüklə 355,45 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü355,45 Kb.
#138932
  1   2
Aziz statistika 1





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI



MUSTAQIL ISHI
STATISTIKA” FANIDAN
MAVZU: STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

Topshirdi: 925-21-guruh talabasi UMARQOSIMOV. A
Qabul qildi:
Jizzax 2022

Mavzu: STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI



STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi. Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari” (eramizdan oldingi X asr), qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga xitoyliklar ham katta hissa qo’shishgan: Kunfutsiya (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Ayrim ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi. Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiyiqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan. U.Petti o’z asarlarida (“Soliqlar va yig’imlar”, 1662y.; “Donolarga so’z”, 1664yil; “Siyosiy arifmetika”,1676 yil) o’z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holda javob berishga harakat qiladi. J.Graunt birinchi bo’lib o’lish to’g’risidagi ma’lumotlar jadvalini tuzdi, Angliya aholisini sonini aniqladi (6,5 mln.kishi), Bulardan tashqari u ommaviy miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlarni aniqladi. U.Petti va J.Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikani paydo bo’lishiga poydevor bo’lib xizmat qildi.Ular boshlagan ish bir qancha olimlar tomonidan davom qildirildi. Ular orasida G.King (1648-1712) va E.Galley (1656-1742) 3 bajargan ishlar diqqatga sazovordir. G.King 1696 yilda Angliya aholisini barcha sotsial guruhlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar balansini tuzdi, astronom E.Galley esa 1693 yilda o’lish jadvalini tuzdi. Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va G.Axenvaldir. 1660 yilda G.Konring yangi soha (fan) bo’yicha ma’ruza kursini tashkil qiladi – “Davlatshunoslik” “Staatskunde”. Bu fan – G.Konring fikricha - har bir davlatda diqqatga sazovor bo’lgan faktlar (ro’y bergan hodisa va voqealar) haqida so’zlab beruvchi fandir. 1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval (“Davlatshunoslik” fanini nazariyachilari orasida eng ko’zga ko’ringan olimlardan biri) “davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib, hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha “Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi so’zlari yotadi) deb atagan. Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy maktab (fan) ham paydo bo’ladi. Bu maktab asoschilari G.Konring (1606-1681) va G.Axenvaldir. 1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval “davlatshunoslik” fanini “Statistika” (lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib, hodisalarning holatini, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizida italyancha “Stato”-davlat, amaliy siyosat va “Statista”- davlat arbobi, davlatni biluvchi so’zlari yotadi) deb atagan. Statistikani rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan belgiyalik olim Lamber Adolf Jak Ketle (1796-1874) va uning maktabidir. A.Ketle statistika bo’yicha 65 ta asar yozgan. Birinchi davlat statistika organi 1756 yilda Shvetsiyada tashkil qilingan. Frantsiyada 1772 yildan butun mamlakat bo’yicha aholining harakatlari to’g’risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Frantsiya ichki ishlar vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro’yxati o’tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi. 1887 yil Rimda Xalqaro statistika instituti tuzildi. Bu birlashmaning (bugungi kunda ham faoliyat ko’rsatmoqda) asosiy maqsadi – davlatlarning statistik ma’lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishini ta’minlash va xalqaro statistik to’plamlarni nashr etishdir. Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir. Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, 4 V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlarni bugun eslash joizdir. Ularga S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zbek tilida “Statistika” bo’yicha o’quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O’zbek tilida o’quv qo’llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti statistika kafedrasi professor-o’qituvchilari namuna bo’lmoqdalar. Professor Yo.Abdullaev ilk bor statistika umumiy nazariyasidan darslik (1993 y) chop etdilar, 1996 yilda shu fandan o’quv qo’llanma nashr etildi, 1998 yilda esa o’quvchilarga “Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu sohada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A.Shadiev “Statistika nimani o’rgatadi.” (Darslik)T.: O’zbekiston, 1985; X.A.Shodiev, M.Ya.Xamroev “Moliya statistikasi”.T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002; X.A.Shadiev “Moliya statistikasi bo’yicha amaliyotnoma”.T.: TMI, 2002; Statistika (darslik).T.: Ibn Sino, 2004 (prof. X.A.Shadiev taxriri ostida); X.A.Shadiev Moliya statistikasi (darslik).T.: Iqtisod-moliya, 2010y.

2. Statistika nimani o’rgatadi? Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki o’rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko’p o’chratamiz. Javoblar bundan ham ko’p. Ularni ayrimlari: Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen bilmagan narsa to’g’risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to’liq induktsiyani emas, hamda to’liqsiz induktsiyani xudosidir”; Napolen-“Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog’i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo’lgan narsalar kiritilishi, yo’qoladiganlari va yo’qolganlari o’chirilishi kerak” Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va x.k. tushuniladi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan tariflar soni 1700 dan oshiq emish. Son-sanoqsiz tariflar bilan qatorda hozirgi zamonda 5 statistika so’zi qo’llanilmaydigan tarmoq yoki soha yo’q. Bundan tashqari iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so’zni vrachlar, jurnalistlar, teleradio boshlovchilar va boshqalar o’z faoliyatida juda ko’p ishlatishadi. Bir tomondan, biz statistiklar uchun statistika so’zini hamma erda ishlatilishi yoqimli va biz undan xursand bo’lamiz, ikkinchi tomondan bu so’zni noo’rin va ishlatilishi biz mutaxassislarni ranjitadi. Shu o’rinda ko’pchilikni statistika bilan informotsiyani farqiga bormasligiga to’xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar tushunib tushunmasdan qaerda ikkita raqamni ko’rsa uni statistika deb tushunishadi. Futbol o’yinini olaylik, masalan, Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” futbol komandalari o’yini 4-5 hisobida tugadi. Jurnalistlar bu ikki komandani yoki Ispaniyaning boshqa futbol komandalarini (masalan, 14 turdagi 26 dekabr) o’zaro o’yinlari natijalarini statistika deb atashadi. O’yinni futbol maydonining qaerida o’tishi va darvozaga berilgan zarbalarni o’rganish juda muhim. Futbol o’yinidagi yana bir holat – o’yin qoidasini buzish va o’yindan tashqari holat (ofsayd). Futbolda o’yin qoidasi buzilganda turli choralar ko’riladi: A-jarima to’pi belgilanadi; B-jarima to’pi (oldin o’yinchiga sariq kartochka ko’rsatiladi); V-jarima to’pi (oldin o’yinchiga qizil kartochka ko’rsatiladi); Real-Barselona o’yinida jarima to’plari soni 48 ta belgilangan, shunda 28-20 ta tegishli ravishda oddiy jarima to’plari 32 (shundan 10 va 12 tegishli ravishda), sariq kartochkalar -14 (8 va 6); qizil kartochka 2 (1 va 1) ta. Odatda sariq va qizil kartochka berilgan vaqt va ularni olgan futbolchini ismi sharifi yoziladi. Futbolda o’yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o’rganiladi. Tahlil qilinayotgan o’yinda ular soni 12 ta Shundan: Barselona – 5(42%), Real-7(58%). Bu ko’rsatkich taymlar bo’yicha ham alohida hisoblanadi. Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o’yin, tur, mahsum va yil uchun minglab ko’rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi. Bizni maqsadimiz esa barcha ko’rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o’yin bo’yicha futbol statistikasini ayrim ko’rsatkichlari yordamida statistika bilan informatsiyani farqini ko’rsatish edi xolos. Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir. Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uni mohiyatini to’liq tushinib etish talab etiladi. Vaqt o’tish bilan statistikani mohiyati va zaruriyati o’zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat extiyojlari qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan, 6 eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni etkazib bera olish mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir. Yuqoridagi qisqa tahlildan ko’rinib turibdiki statistikaga berilgan ta’riflar turli-tuman, bir biriga o’xshamaydi. Ulani bizni fikrimizcha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi; statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif); statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi; statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k. Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan: Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola.Bu erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p. Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik. 7 Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi. To’rtinchi xususiyat. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko’pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o’rganilayotgan hodisalardagi takrorlanish, aniq tartib va to’g’rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar birbiridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to’plamdagi ayrim xodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga tegishlidir. Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
3. Statistika fanining asosiy kategoriyalari, tushunchalari, usullari. Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi: 1. Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin. O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma birliklari uchun umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi. To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu to’plam bir xil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a olmaydi. 8 2. Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi. Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan, ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k. Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k. Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi. Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan (tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi. Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa (oy, yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi. 3. Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.
Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi. Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi. Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har 9 tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak, o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi. Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari. Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas bog’liq ravishda olib borilishini taqozo etadi.

Yüklə 355,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə