Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
korxona xodimlari mehnatini rag\'batlantirish

Iqtisodchi olimlardan E.Meyo birinchilar qatori ilmiy asoslangan ish operatsiyalari hamda ish haqi miqdori yuqoriligining o’zigina hamisha ham mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmasligini aniqladi. Uning tadqiqotlari mehnat motivatsiyasi psixologik jihatlariga e’tiborni kuchaytirish zarurligini ko’rsatdi. Natijada “insonni boshqarish” nazariyasi yuzaga chiqdi.

Mehnat motivatsiyasida xodimlar yoshini ham hisobga olish kerak. Albatta, ishlab chiqarishni tashkil etish, texnologiya darajasi O’zbekistondagidan farq qiladigan taraqqiy etgan davlatlardagi kompaniya va firmalarda qo’llanilayotgan mehnat motivatsiyasi tajribasini mamlakat ishlab chiqarishlariga aynan ko’chirish bilan ko’zlangan natijaga erishib bo’lmaydi.

Lekin, jahon korxonalari eng ilg’or tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, tahlil etish asosida ishlab chiqilgan shunday hammabop qoidalar mavjudki, ulardan ijodiy foydalanmasdan korxonani oyoqqa turgizish, bozordagi keskin raqobat sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat yurgizishini ta’minlash juda mushkul.

Mehnat motivatsiyasi korxona muvaffaqiyatini ta’minlaydigan ana shunday omillarning eng asosiylaridan biridir.




III.Korxonaning srategiyasini tanlash.

3.1 “Jizzax neft baza” MCHJ korxonasining istiqbolli rejalashtirish.



«Jizzax neft baza” MCHJ o‘z faoliyatini yagona neft-gaz korxonasi sifatida boshlagan. Uning oldida uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmini jiddiy oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish, ular bilan ichki bozorni ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish uchun neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha texnologik jarayonlarni chuqurlashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish va eksport bozorlariga chiqish, neft-gaz sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kabi vazifalar turgan.
Mamlakatda «Yer osti boyliklari to‘g‘risida», “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib, Davlatimiz rahbarining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni va sohani rag‘batlantiruvchi qator boshqa hujjatlar e’lon qilinishi bilan tarmoq uchun barqaror qonuniy asoslar yaratildi. “Jizzax neft baza” MCHJ faoliyatining dastlabki yillarida Ko‘kdumaloq, Alan, Urg‘in, Janubiy Tandircha va boshqa konlar tez sur’atlarda o‘zlashtirishga tayyorlanib, foydalanishga topshirildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirish — uzoq yillarga yetadigan ishonchli xom ashyo bazasini yaratishning bosh omilidir. Asosiy maqsad — uglevodorodlarning sanoat zahiralari ko‘payib borishi ularni qazib olish hajmlaridan ortib ketishidan iborat. Buning uchun korxona neft va gaz konlarini izlash bo‘yicha yangi uslub va ilg‘or texnologiyalardan keng foydalana boshladi. O‘sha yillarda olib borilgan ishlar mamlakatning Buxoro-Xiva va Surxondaryo mintaqalari bu borada yuksak istiqbollarga ega ekanligini tasdiqladi. Jumladan, Ustyurtda boy zahiralar aniqlanib, uning hududida Surg‘il, Sharqiy Berdax, Uchsoy kabi yirik tabiiy gaz konlari ochildi.
Soha rivojlanishining yana bir muqobil yo‘nalishi — yuqori tezlikdagi piroliz texnologiyasi asosida yonuvchi slanesdan sintetik neftni ishlab chiqarishdir. “Jizzax neft baza” MCHJ tomonidan 2015-2019 yillar davomida jami 54 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bois respublikada xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Eng ahamiyatli investitsion loyihalar qatorida "Gazprom" va "Lukoyl" (Rossiya), "CNODC" (Xitoy), "Petrovetnam" (Vetnam), "KNOC" (Janubiy Koreya Respublikasi), "SASOL" (Janubiy Afrika Respublikasi), Orol loyihasi bo‘yicha korxonalar Konsorsiumi va boshqa korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni aytib o‘tish mumkin.
— Neft va gazni qazib chiqarish korxonalari faoliyatida qator ochiq neft-gaz konlarini ishga tushirish hamda noan’anaviy va qiyin chiqarib olinadigan zahiralarni qazib olish ishlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘z navbatida konlar xususiyatlarini o‘rganib chiqish, mahsuldor qatlamlarni ochish va uglevodorodlar oqimini jadallashtirish uchun eng samarali va maqbul texnologik vositalarni tanlab olishni talab qiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə