Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti


“Jizzax neft baza” MCHJ korxona boshqaruv tashkiliy tuzilmasi va xodimlarni boshqarishda rag’batlantirish holati



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
korxona xodimlari mehnatini rag\'batlantirish

2.1. “Jizzax neft baza” MCHJ korxona boshqaruv tashkiliy tuzilmasi va xodimlarni boshqarishda rag’batlantirish holati.
Ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli natijaga erishishi rahbarlarning yetukligi, bilim darajasi, ish malakasi, alohidada tashkilotchilik qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi.
Bosh hisobchi tashkilot va korxonalar bosh hisobchilari haqidagi qoidalarda ko’rsatilgan huquq va javobgarlikka ega. Bosh hisobchi bevosita bosh rahbarga bo’sunadi. Bosh hisobchi pul mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishni nazorat qiladi, hisobga olish va hisobot tuzishni uyushtiradi, buxgalteriya balanslarini tuzadi, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitob qiladi, moliyaviy faoliyatni tashkil qiladi, byudjet, bank, etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan hisob-kitob olib boradi va h.k.
Yetakchi hisobchi va g’aznachilar bosh hisobchining buyrug’iga asosan ish olib borishadi.
Bosh menejer joriy rejalar loyihasini tayyorlaydi, biznes - rejani tuzadi, korxonaga keltiriladigan xom-ashyo va materiallar va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qiladi, kontrol o‘lchov asboblari holatini tekshiradi, mahsulotni attestatsiyadan o‘tkazishga taqdim etadi, uni muvofiqlashtirishni nazorat qiladi, bo’linmalar bo’yicha menejerlar faoliyatini nazorat qiladi va ularga vazifalar taqsimlaydi, moddiy va mehnat xarajatlari normativlarni ishlab chiqadi, ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot tayyorlaydi va h.k. Bosh menejerga bo’linmalar menejerlari va bir nechta bo’limlar bo’ysunadi. Masalan, ishlab chiqarish bo’limi, ta’minot va sotuv (taqsimot) bo’limi.
Bosh muxandis yangi konstruktsiyadagi buyumlarni yaratish, texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, eski buyumlarni modernizatsiya qilish, maxsulotning texnika estetikasiga, ishlab chiqishning iqtisodiy texnolgiyasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga mos kelishini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarning bajarilishi, qonunlar, yo‘riqnomalar va normalarga rioya qilinishini nazorat qilish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish va h.k. avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini loyihalash va uyushtirish kabi bir qator funktsional vazifalarni hal etadi.
Ishlab chiqarish bo‘limi - korxona, tsex, uchastkalar uchun ishlab chiqarish bo‘yicha kalendar grafiklar tuzish, ishlab chiqarishining borishini operativ ravishda tartibga solish, korxonaning bir maromda ishlashini ta’minlash, korxona va tsexlarga xizmat qiluvchi bo‘limlar ishini muvofiqlashtirish va h.k.
kabilarni amalga oshiradi. O’z navbatida ishlab chiqarish bo’limi mudiriga smena ustalari va ishchilar bo’ysunadilar, bo’lim mudiri tomonidan yuklatilgan barcha vazifalarni bajaradilar.
Ta’minot bo’limi-moddiy resurslarga bo‘lgan talabni rejalashtiradi, korxonani materiallar, texnika yoqilg‘i va hokazolar bilan ta’minlashni uyushtiradi. Ta’minot va taqsimot bo’limi boshlig’iga omborhonalar, dispecherlar va yuk tashuvchilar bo’sunadi, bo’lim boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan ish uyritadilar. Marketolog va sotuv bo’limi shartnomalarni tuzish, mahsulot sotish hajmini ko‘paytirish hatti-harakatlarini amalga oshirish, horij tajribalarini o’rganib tadbiq qilish, iste’molchilar talablarini o’rganish, bozorni o’rganish, ombor xo‘jaligini uyushtirish va h.k. fuktsional vazifalarni amalga oshiradi.
Bosh mexanik va bosh energetik-korxonani barcha energiya turlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish binolarini isitish, ventelyatsiya ishini yo‘lga qo‘yish, binolar va inshoatlarni ta’mirlashni, saqlanishlarni ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Xo’jalik ishlar bo’yicha direktor muovini - jihozlarning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish, korxonaga qarashli binolar va hududning yaxshi holatini saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, korxona bo‘limlarining mebel, in-ventar, kanselyariya tovarlari bilan ta’minlash va x.k.
Korxona direktori korxona nomidan xodimlarni bir yildan ko’p bo’lmagan muddatga keyin kontrakt (mehnat bitimi) tuzish ehtimoli bila yollaydi. Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo’lgan xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimlari hisoblanadi. Ular o’z funksiyalariga ko’ra quyidagicha bo’linadi:
Ishchilar – bu bevosita moddiy ne’mat yaratuvchilardir. Ular korxona kadrlarining asosiy qismini tashkil etadi.Ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da bevosita qatnashadilar, jihozlarni ta’mirlash, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir erdan ikkinchi joyga tashiydilar va nihoyat ta’mirlash – qurish ishlarini bajaradilar. Muxandis –texniklar tarkibiga rahbarlar, mutaxasislar va xizmatchilar kiradi.
Xizmatchilar kategoriyasiga – hujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo’jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi.
Kadrlar bo’limi – korxonadagi kadrlar bilan bog’liq barcha masalalarni, kadrlarning yig’ish, tanlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, o’qitish, mehnatini baholash, rag’batlash, ijtimoiy-psixologik muhit yaratish, rahbariyat va bo’ysunuvchilar bilan munosabatlarning rivojlanish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Yo’qorida ko’rsatib o’tilgan mutaxassislar korxona maqsadlarini amalga oshirishga yordam berishi uchun, ular faqat o‘z sohalarini emas, balki quyi bo‘g‘in rahbarlarining ehtiyojlarini ham bilishlari zarur. Shu bilan birga bu rahbarlar mehnat resurslarini boshqarish xususiyatlarini, uning mexanizmi, imkoniyatlari va kamchiliklarini tushunmasa, kadrlar mutaxassislari xizmatlaridan umumli foydalana olmaydilar. Shuning uchun barcha rahbarlar xodimlarni boshqarish usullari va metodlarini bilishi va tushunishi va o’z vaqtida rag’batlantirib turishi muhim. Ularni samarali boshqarishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1. Resurslarni rejalashtirib, kelgusi ehtiyojlarni qondirish rejasini ishlab chiqiladi.
2. Personalni to‘planadi va tanlanadi: barcha lavozimlar bo‘yicha potentsial nomzodlar rezervini tashkil etiladi, ish joylariga nomzodlarni baholab, rezervdan eng yaxshilarini tanlanadi.
3. Ish haqi va imtiyozlarni aniqlanadi xizmatchilarni jalb qilish, yollash va saqlab qolish maqsadida ish haqi va imtiyozlar tarkibi ishlab chiqiladi va mukofot pullari bilan ishchi –xodimlr rag’batlantiriladi:
5. Kasbga yo‘naltirish va moslashuvishlari olib boriladi, yollangan ishchilarni tashkilot va uning bo‘linmalari bilan tanishtiriladi va ishchidan nima kutilayotganligi haqida tushuncha hosil qilib, qanday mehnat yaxshi baholanishi tushuntiriladi. O‘stirish, pasaytirish, o‘tkazish, bo‘shatish: xodimlarni lavozimlarga yoki boshqa ish uchastkalariga o‘tkazish usullari qo’llaniladi. O‘qitish
6. Xodim mehnat faoliyati baholanadi va unga yetkaziladi.
7. Mehnat samaradorligini ko‘tarish uchun rahbarlar, xodimlarni qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirishga e’tibor beriladi va mablag’ajratiladi.
8. Korxona barcha xodimlari, ishchi va ximatchilar uchun mehnat hamda dam olish, sog’lomlashtirish shart-sharoitlari yaratilgan.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə