Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti


Mustaqillik yillarida sohaning rivojlanishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#139105
1   2   3   4   5   6   7   8   9
korxonasida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish

Mustaqillik yillarida sohaning rivojlanishi



O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi kunlaridan sohaning yangi haёti, neft va gaz sanoati rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Mamlakat rahbariyati ushbu sohaning keng ko‘lamli rivojlanishiga katta ahamiyat berdi. O‘zbekiston mustaqillikka эrishishi va 1992 yildan respublikada iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan neft-gaz kompleksiga alohida э’tibor qaratildi.

Ma’muriy buyruqbozlik usullaridan bozor mexanizmi bo‘yicha faoliyatga эvolyaцiyali o‘tishni ta’minlovchi strukturaviy o‘zgarishlar bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda belgilab berilgan quyidagi strategik vazifalarni bajarish bilan olib borildi:
- respublikaning neft mustaqilligiga эrishish maqsadida neft va gaz kondensati qazib chiqarishni jiddiy ravishda oshirish;
- ishlab chiqarilaёtgan mahsulot sifatini jahon andozalari darajasiga etkazish maqsadida neft va gazni texnologik qayta ishlash jaraёnlarini chuqurlashtirish;
- O‘zbekiston neft-gaz sohasi xom ashё bazasini ishonchli ta’minlash maqsadida yangi konlarni ochish hisobiga birinchi navbatda suyuq uglevodorodlar zahirasini ko‘paytirish.
3 may 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekneftgaz» neft va gaz sanoati O‘zbekiston davlat konцernini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi.
23 dekabr 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konцernini «O‘zbekneftgaz» neft va gaz sanoati Milliy korporaцiyasiga aylantirish to‘g‘rida» Farmoni э’lon qilindi.
11 dekabr 1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekneftgaz neft va gaz sanoati Milliy korporaцiyasini «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to‘g‘rida» gi Farmoni imzolandi.
«O‘zbekneftgaz» MXK – bir butun birlashgan uch pog‘onali xolding kompaniya. Kompaniyani amaldagi boshqaruv tizimi «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil эtishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi PQ-446 son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 iyuldagi PQ-906 son «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi ijro эtuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan.
Respublika sanoati barqaror, jadal va mos ravishda rivojlanishini, qayta o‘zgartirishlar strukturasini chuqurlashtirish, soha komplekslari va sanoat korxonalarini modernizaцiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida uning asosiy sohalarini diversifikaцiyalashga, hamda эksport salohiyati, samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalar 2011-2015 yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarida belgilab berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 dekabr 2010 yildagi «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘rida»gi PQ-1442 son Qarori qabul qilingan.
Bugungi kunda “Jizzax neft baza” MCHJ neft-gaz sohasining barcha faoliyat yo‘nalishlarini ta’minlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pog‘onali xolding kompaniyadir.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə