Jizzax politexnika instituti


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə31/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
xamidxonga

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

1. Elеktr toki magnit maydoni kuchlanganligining yo’nalishi qanday aniqlanadi?


2. Magnityumshoq va magnitqattiq matеriallarning magnit xossalarida qanday farq bor?
3. Gistеrеzis sikli dеganda nima tushunilada?
4. Magnit maydonidagi tokli o’tkazgichga ta'sir qiladigan kuchning yo’nalishi qanday aniqlanadi?
5. Magnit maydon kuchlanganligi nimadan iborat?
6. To’g’ri chiziqli tokli o’tkazgach maydonida magnit chiziqlari qanday joylashadi?
7. Fеrromagnitmas jismlarda magnit induktsiyasi kuchlanganlikka qanday bog’liq?
8. Fеrromagnеtiklarda magnit induktsiyasining magnit maydon kuchlanganligiga bog’liqligi qanday ifodalanadi?
9. To’la tok qonuni qanday bog’liqlikni ifodalaydi.
10. Magnit oqimining magnit yurituvchi kuch ga bonliqligi qanday qonun bilan aniqlanadi?
11. Magnit doimiysi dеganda nimani tushuniladi?
12. Elеktr mashina va apparatlarda fеrromagnit o’zaklar qanday maqsad uchun xizmat qiladi?

III- O`ZGARUVCHAN TOK ELEKTR ZANJIRI

O‘zgaruvchan tok.
Yo‘nalishi va qiymati davriy ravishda o‘zgarib turadigan har qanday tok o‘zgaruvchan tok dеyiladi. O‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha ma’lum qonun asosida o‘zgaradi, ya’ni tokning qiymati vaqtning funksiyasidir. Vaqt bo'yicha sinusoidal qonun bo’yicha o'zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal EYuK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi(2.1-rasm):
(2.1)
bu yerda i(t) – o‘zgaruvchan tokning oniy qiymati, Imo‘zgaruvchan tokning maksimal (amplituda) qiymati, ω – burchak chastota, φ – boshlang‘ich faza, t –vaqt.

2.1-rasm.
Agar tok qiymatlari bir xil vaqt oraliqlarida takrorlansa unda bu davriy tok deyiladi.
(2.2.)
O‘zgaruvchan tok qiymatlari eng kam vaqt oraliqlarida takrorlansa bu vaqt davr deyiladi. Davr T sekundlarda o‘lchanadi.
Sinusoidal tokning davriy qiymati quyidagi formula orqali topiladi.
(2.3)
Bu yerda tokning maksimal yoki amplituda qiymati.
sinusoidal funksiya argument faza deyiladi; t = 0 vaqt oralig‘idagi fazaga teng bo‘lgan φ kattaligi boshlang‘ich faza deyiladi. Faza radian yoki graduslarda o‘lchanadi. Davrga teskari bo‘lgan kattalik chastota deyiladi. Chastota ν gerslarda o‘lchanadi
[Hz] (2.4)
G‘arbiy yarim shardava Yaponiyada 60 Gs li o‘zgaruvchan tok, sharqiy yarimsharda esa 50 Hz chastotali tok foydalaniladi.
ω kattaligi aylanma yoki burchakli chastota deyiladi. Burchakli chastota rad/s da o‘lchanadi.
(2.5)
Agar bir xil chastotali sinusoidal toklarning boshlang‘ich fazalari bir xil bo‘lsa unda bu toklar faza bo‘yicha to‘g‘ri keladi. Ikkita sinusoidal toklarning faza siljishi boshlang‘ich fazalarning ayirmasi bilan o‘lchanadi.
(2.6)
Ossellograf yordamida sinusoidal tok yoki kuchlanishning amplituda qiymatini o‘lchash mumkin.
Elektr magnit tizimning ampermetr va voltmetrlari o‘zgaruvchan tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlarini o‘lchaydi. Davr davomidagi tokning o‘rtakvadrat qiymatiga o‘zgaruvchan tokning amaldagi qiymati deyiladi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə