Jizzax politexnika instituti


I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Yüklə 34 Kb.
səhifə2/7
tarix04.03.2023
ölçüsü34 Kb.
#101936
1   2   3   4   5   6   7
Sanoat eketronikasi Namunaviy dastur

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu fan dasturi elektr texnikasi, nazariy elektrotexnika va nanotexnologiyani rivojlanishi, yarimo‘tkazgich materiallar hajmida nanoo‘lchamli nanostrukturalarni hosil qilish texnologiyalarini yaratish va ular yordamida respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning elektronika sohasida zarur bo‘lgan nafaqat o‘lchami kichik, ishlash tezligi mavjudlariga nisbatan yuqori hamda ko‘p elektr energiya talab qilmaydigan nanoelektron asboblarni yaratish va ulardan foydalanish usullarini qamrab oladi. Zamonaviy nanoelektron qurilmalarni yaratishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.


“Sanoat elektronikasi” fani tanlov fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3- bosqich bakalavrlarga o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan radioelektron qurilmalari va tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligiklardagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad.


"Sanoat elektronikasi" fani "Elektro energetika" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. "Sanoat elektronikasi" fani elektron asboblar va ular asosida yaratilgan elektron qurilmalar tuzilishlarini, ishlash imkoniyatlarini, integral mikrosxemalarini ishlash tamoyillari va ulanish zanjirlarini o‘rgangan holda ularni amalda qo‘llay oladigan yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga , o‘quviga va ko’nikmasiga qo‘yiladigan talablar.
"Sanoat elektronikasi" fanini o‘zlashtirish natijasida talabalar elektron asboblar nazariyasini hamda ular asosidagi to‘g‘rilagichlar, kuchaytirgichlar, generatorlar va boshqa elektron qurilmalarning tuzilishi, ulanish zanjirlari, ishlash tamoyillari va asosiy ish rejimlariga doir nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak .


Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
"Sanoat elektronikasi" fani "Fizika", "Umumiy elektrotexnikasi", "Elektr va elektron apparatlar", "Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish" fanlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.
"Elektronika", "Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish" va bevosita avtomatlashtirish.

Fanni o’qitishdagi yangi texnologiyalar


Ushbu fan ma‘ruzalari turli, vedioproyektorlarda, elektron doskalarda, kichik o‘lchamdagi chizmalarni kattalashtiruvchi epidiaskop, slaydlar bilan ishlovchi kodoskop kabi yordamchi texnikaviy vositalar bilan olib borilishi; tajriba natijalarini Worck Bench, Matt Cad dasturlarida tajriba ishlarini bajarish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa talabalarning fanni o‘zlashtirish masshtabini keng va chuqur bo‘lishini ta‘minlaydi.

Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko’rsatmalar


Ushbu fanlardagi olinadigan bilimlarning "Sanoat elektronikasi" fanini egallashdagi samaradorligini oshirish maqsadida bakalavr tiziminning 3 bosqich 6 semestrida o‘tilishi maqsadga muvofiqdir.
Fanni o‘qitishda mashg‘ulot turlarining bajarilish tartiblari mavzular ketma- ketligini va mutanosibligini saqlagan holda amalga oshirilishiga alohida e‘tibor berilishi lozim.



Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə