Jizzax viloyati g’allaorol tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 17-sonli o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi do’stmurodov faxriddinning



Yüklə 403,5 Kb.
tarix27.02.2022
ölçüsü403,5 Kb.
#84185
4-sinf sinf soati



JIZZAX VILOYATI G’ALLAOROL TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

17-SONLI O’RTA TA’LIM MAKTABI

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

DO’STMURODOV FAXRIDDINNING

Sinf soatidan
Tanishish odobi

mavzusida 1 soatlik



Dars ishlanmasi

Jizzax-2022



Sana: 7-mavzu: Tanishish odobi

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarganotanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.

Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi,TK -3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.

Kun shiori:

Do’sting qancha ko’p bo’lsa ham oz

.Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD



Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:



O`quvchilarni darsga hozirlash

II.Asosiy qism:

O’qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi:

  • uydan chiqqanda har bir bola qayerga borishi va u zarur bo`lganda kim bilan bog`lanish mumkinligi to`g`risida doimo ma`lumot berishlari lozim;

  • tasodifiy tanishuvlar, notanish shaxslar takliflariga rozi bo`lmaslik;

  • mehmondorchilik, kino, teatrdan uyga ketish oldidan qo`ng`iroq qilish va bu haqda ogohlantirish;

  • notanish kishilar bilan pod`ezd, yo`lak va liftlarga kirmaslik:

  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, har bir bola, murakkab holatlarda eng to`g`ri qarorni qabul qilishi va jinoyatchi bilan yuzlashishdan saqlanishi mumkin.

Bolalarga oddiy qoidalar:

  • begonalar bilan gaplashmang va ularni uyga kiritmang;

  • begonalar bilan lift va yo`lakka kirmang;

  • begonalar mashinasiga o`tirmang;

  • maktabdan so`ng, ayniqsa tungi vaqtda ko`chada yurmang.

  • eshikni ochishdan oldin eshik ortida begonalar bor yo`qligini tekshirish;

  • eshikni ochib, xonadondan chiqishda kalit bilan eshikni berkitish;

«YO`Q» deyishni o`rganing:

  • Sizga nomunosib harakatlarni sodir qilish taklif qilinsa;

  • Sizga qandaydir ta`qiqlangan narsani ta`tib ko`rishni taklif qilishsa;

  • Sizga hech kimga aytmasdan qayergadir borishni taklif qilishsa;

  • Sizni notanish insonlar mehmonga, kino, sirk va boshqa joyga borishni taklif qilishsa;

  • Sizga notanish kishilar mashinaga o`tirib yo`lni ko`rsatishni so`rashsa..

Bolalar ko`chaga yakka chiqarishdan oldin quyidagi qoidalarni bilib oling.

  • uzoq va kimsasiz joylarda yurmang;

  • yo`ldan o`tishda albatta piyodalar yo`laklaridan foydalaning va yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qiling;

  • agar kechqurun yolg`iz yurishga to`g`ri kelsa, ishonch bilan qo`rqmasdan yuring, ishonchli bo`lgan ayol yoki keksa odam yonida yuring;

  • biror yerga qanday borishni ko`rsatish yoki olib borib qo`yish haqidagi takliflarga rozi bo`lmang;

  • doimo yaqinlaringni qayerga borishing to`g`risida ogohlantiring va kechki vaqtda ulardan kutib olishni so`rang.

III.Yakuniy qism:

Notanish kishilar bilan qanday suhbatlashish mumkinligini klaster usulida ko’ramiz



Dars yakunida o’quvchilar fikri umumlashtirilib, rag’batlantirish.
Yüklə 403,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə