Journal of integrated education and research



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#146104
1   2   3   4   5   6
32 ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA HISOBLASH TIZIMINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

NOVEMBER 
2022
ISSN: 2181-3558
 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli 
texnologiyalarni qoʼllash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet 
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham 
ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish 
maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflaridir. Firma oʻz 
faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va 
aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish 
kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va 
energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga 
ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga 
qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. 
Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar 
quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, 
soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, 
boshqaruv xodimlari maoshi; oʻzgaruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, 
yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar. 
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. 
Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va 
bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot 
tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt 
orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-
ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. 
Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab 
chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish 
bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar. 
Xarajat - bu mahsulot yoki xizmatni sotib olish, ishlab chiqarish va sotish 
bilan bog'liq xarajatlar haqidagi barcha ma'lumotlarni yig'ishdan boshlanadigan 
jarayon. Xarajatlar to'g'risida kerakli ma'lumotlarni to'plab, xarajatlarning umumiy 
miqdorini tahlil qilish va har bir turdagi mahsulot tannarxini to'g'ri hisoblash 
imkonini beradigan usullarni aniqlash kerak. 
Muayyan xarajatlarni hisobga olish usulini tashkil etuvchi aniq texnika va 
usullardan foydalanish har bir tashkilotning hisob siyosati bilan belgilanadi, uning 
shakllanishi xo'jalik faoliyatining xususiyatlariga bevosita bog'liq. 
An'anaviy buxgalteriya amaliyotida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga 
olish umumiy hisob tizimining bir qismidir. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi va 
ishlab chiqarish buxgalteriya hisobi bir -biri bilan bog'liq, chunki ular xo`jalik 
operatsiyalarini hujjatlashtirish va ularni baholashning yagona tartibiga ega. 
Bunday holda, buxgalteriya hisobi boshqaruv yo'nalishini oladi. 
Ishlab chiqarish buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini boshqaruv ma'lumot 
bazasiga aylantirish, moddiy javobgar shaxslarning tezkor ma'lumotlari va ichki 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə