Journal of marketing, business and management (jmbm)



Yüklə 92,83 Kb.
səhifə5/6
tarix03.06.2023
ölçüsü92,83 Kb.
#115310
1   2   3   4   5   6
Investitsiya maqola (2)

Natijalar va muhokama. Ushbu tadqiqotda mintaqaviy rivojlanishning investitsion omili bevosita ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalanadi: aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar va aholi jon boshiga xorijiy investitsiyalar. 2017 yilga kelib "aholi jon boshiga xorijiy investitsiyalar" ko‘rsatkichi tadqiqotdan chiqarib tashlandi, garchi uning hududlarning iqtisodiy rivojlanishi holatini birinchi o‘rganishdagi roli "xorijiy investitsiyalar hajmi mamlakatning investitsion jozibadorlik darajasini tavsiflaydi" deb asoslanadi.
Yuqoridagi tadqiqotni (natijalari bo‘yicha emas, balki uslubiy metod nuqtai nazaridan) baholar ekan, mualliflar na jon boshiga xorijiy investitsiyalar, na aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga investitsiyalar o‘z-o‘zidan mustaqil ravishda investitsiya jozibadorligini oshkor etmasligini ta’kidlaydilar.
Bunday ko‘rsatkichlar ushbu tadqiqotda kuzatilgan hududning ijtimoiy- iqtisodiy holatini har tomonlama baholashni to‘ldirishi mumkin. SHunga qaramay, ushbu tadqiqotda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi omillarning biroz cheklangan tushunchasidan foydalaniladi.
Ekspertlar hamjamiyati tomonidan mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda investitsion jozibadorlikning ahamiyatini tushunish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun muhim bo‘lgan boshqa usullar va tadqiqotlarning paydo bo‘lishini oldindan belgilab berdi.
Ekspertlar hamjamiyati tomonidan mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda investitsion jozibadorlikning ahamiyatini tushunish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun muhim bo‘lgan boshqa usullar va tadqiqotlarning paydo bo‘lishini oldindan belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” gi qonunni samarali implimentatsiya qilish hokimiyat organlari va investorlar o‘rtasida hamkorlik mexanizmi muvoffaqiyatli faoliyati uchun va investitsion jozibadorlik rivojlanishiga katta asos bo‘lmoqda. Bu mexanizm investorlarning barcha so‘rovlariga tezkorlik bilan javob qaytarishi va yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan chora- tadbirlarning amalga oshirilishi investitsiyalar samaradorligini munosib tarzda nazorat qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari va huquqini himoya qilishning mavjud huquqiy vositalari bilan bir qatorda, davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish davom ettirilmoqda. So‘nggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin.


Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro samarali hamkorligi tufayli O‘zbekiston IHTTning «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi»ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT o‘rtacha ko‘rsatkichlari darajasidagi ko‘rsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi.
Xulosa. Shunday qilib, tadqiqot natijalariga ko‘ra, mintaqaning investitsion jozibadorligining uslbiy asoslariga quyidagilar kiradi:

  1. Hududning investitsion jozibadorligini baholash.

  2. Hududning investitsion jozibadorligini shakllantirish va rivojlantirish. Muallifning bu boradagi izlanishlari davom ettiriladi.




Yüklə 92,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə