Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
33 
ortadi).[1]Uglevodorodlarning galogenli hosilalari ko‘pchilik organik moddalarni 
olishda juda muhim oraliq mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. Huddi ana shulardan 
foydalanish XIX-asrda organik kimyoning taraqqiy etishiga katta turtki bergan edi. 
Xlorlash usuli mineral va rudalardan turli metallarni ajratib olishda keng qo‘llaniladi. 
Yodidlarni termik parchalash yo‘li bilan tozalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan 
metallar olinadi. Hozirgi vaqtda ftor kimyosi mustaqil ilmiy fan sifatida ajralib 
chiqqan.[2] 
Elementlar kimyosini gruppachalar bo'yicha qarab chiqishda davriy qonun va D.L 
Mendeleyev elementlar davriy sistemasining oldindan aytish imkoniyatidan foydalana 
bilish nihoyatda muhimdir.[3] Shunda darslikdan foydalanmay turib ham 
elementlarning va ular birikmalarining ko'pchilik xossalarini bayon qilib berish 
mumkin bo’ladi. Masalan, elementning davriy sistemada joylashgan o'rniga qarab 
atomning tuzilishini — yadrosining zaryadi va tarkibini hamda elektron 
konfiguratsiyasini aytib berish mumkin; elektron konfiguratsiyasiga qarab esa 
elementning birikmalardagi oksidlanish darajasini aniqlash, odatdagi sharoitda 
molekula hosil bo iish mumkinligini, qattiq holdagi oddiy modda kristall panjarasining 
turini aniqlash mumkin. Nihoyat, shu elementlar yuqori oksidlari va gidroksidlarining 
formulalarini, ularning kislota-asos xossalari davriy sistemaning gorizontali va 
vertikali bo'ylab qanday o'zgarishini, shuningdek, turli xil binar birikmalarining 
formulalarini aniqlab,kimyoviy bogianishlar xarakteriga baho berish mumkin. 
Bularning hammasi elementlarning, oddiy moddalar va ular birikmalarining 
xossalarini o'rganishni ancha osonlashtiradi. Bu ishni har qaysi gruppachaning umumiy 
tavsifmi ko'rib chiqishdan boshlash lozim.Galogenlar gruppasiga ftor, xlor, brom, yod 
va astat kiradi (astat — radioaktiv element, kam o'rganilgan). Bular D .I.M endeleyev 
davriy sistemasining VII gruppasidagi p- elementlardir. Ular atomlarining tashqi 
energetik pog'onasida 7 tadan elektron bo’ladi. Ularning xossalarida umumiylik 
borligiga sabab ana shudir.Ular bittadan elektronni oson biriktirib olib, — 1 
oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Galogenlar vodorod va metallar bilan hosil 
qilgan birikmalarida ana shunday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi.Xlor atomining 
3/>pog‘onachasida bitta juftlashmagan elektroni bor va odatdagi (qo‘zg‘almagan) 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə