Journal of new



Yüklə 24,99 Kb.
səhifə2/3
tarix12.03.2023
ölçüsü24,99 Kb.
#102341
1   2   3
170-177

Ключевые слова: педагогическая инновация, инновационный уровень педагогов и воспитателей, инновационная активность, STEAM, креативность, настойчивость, любознательность.


Yuldosheva Feruza Mamasaxatovna


Termez State University

THE NEED FOR THE USE OF STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION




Annotation
The need for the use of STEAM educational technology in preschool education is mentioned in this article that it is an expression from the implementation of updating the existing order of the organization of the educational process in preschool institutions for the development of preschool children intellektual, moral, aesthetic aspects, as well as the introduction of modern methods of providing preschool education services, STEAM technology.
Keywords: pedagogical innovation, the level of innovation of pedagogues and educators, innovative activity, STEAM, creativity, diligence, curiosity.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga tenglashtirish borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.




Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik tomonlama rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini yangilash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni amalga oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim, bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni bolalarning yoshiga mos qilib tanlab olish bilan birga ulardan foydalanish, bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, shaxsiy gigienaga e’tiborini qaratish, o‘z vaqtida kerakli vositalardan: sovun, salfetka, spirtli suyuqliklardan muntazam foydalanishga, faol o‘yinlar o‘tkazish, musobaqalar uyushtirish, gimnastikalar bajarish bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarni axloqiy, estetik, jismonan sog‘lom o‘sishiga zamin yaratish. STEAM an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar
Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida STEAM O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizi mini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident

Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga teng lashtirish borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.


Hozirgi kunda STEAM ta’lim tizimi dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016- yil natijasiga ko‘ra STEAM ta’lim tizimi bo‘yicha maktabni tamomlaganlar taqsimotiga ko‘ra yuqori texnologiyalar bo‘yicha jadal tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va Rossiya munosib ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi.
STEAM ta’limi nima degani? STEAM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S-Science - Fan, T- Technology - Texnologiya, E-Engineering - Injinerlik, M – Mathematics – Matematika, yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga A-Art -San’at bo‘limi ham qo‘shilgan.
STEAM tizimida ta’lim ushbu 4 y o‘nalishga urg‘u bergan holda, undan tashqari ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi. Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEAM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEAM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchanlik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem- solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEAM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda.
Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa, umumiy ta’lim tizimiga STEAM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanghai International STEAM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEAM ta’lim tizimini umumiy xalq

ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtimizda tashkil etilgan prezident maktablarida STEAM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEAM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda.


Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEAM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEAM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketma- ketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi lozim.
STEAM ta'lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. STEAM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEAM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog‘chadagi akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm- fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEAM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEAM ta’lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin:
S-Science kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami, dengiz hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi. T-Technology atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan

texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani miyasida savollar paydo bo‘lishiga, tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin.


E-Engineering injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning bir-biri bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita bo‘ladi.
A - Art bolani san’at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo miqyosida buyuk san’at arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, bolalar ko‘ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar STEAM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi. Malevichning “Qora kvadrat” rasmi orqali shaklni ko‘rsatish, Moonkning “Qo‘rquv” asari orqali hissiyotlarni namoyon qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi.
M – Matematik kichik yoshdagi o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki interaktiv innovatsion yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni, barmoqlar soni, yuzagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita) sonlarining namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarini shakllanishida va sonlarga qiziqishi uyg‘onishiga yordam beradi.
Eng muhimi, bolaga STEAM tizimiga oid kitob tanlayotganda u zerikarli bo‘lmasligi va bolaning yosh psixologiyasiga munosib bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu kitoblar bolaning e’tiborini jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar psixologiyasiga mos keladigan, ularning yoshiga yarasha ma’lumotni taqdim eta oladigan va shu bilan bir qatorda STEAM ta’limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat bolishi zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik va musiqiy tarbiya berish hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM - o‘qitish asoslarini joriy etish, bolaning kelgusida o‘z muvaffaqiyatini namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularning qiziqishini uyg‘otishdan iborat. Shu bilan birga,

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ma’naviy yetukligi uchun yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM - faqat o‘qitish usullari emas balki bolalarni aqlini charxlash hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ham katta yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar STEAM - o‘qitish orqali bilim olish bilan birgalikda undan qanday foydalanish haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar. STEAM - o‘qitish orqali ta’limga yondashuv, fan va texnologiyalarni, qurish- yasash va matematikani chuqur o‘rganib boradilar. STEAM - o‘yinlari orqaliy bolalarning bilimlari mustahkamlablanib borishiga erishiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.



Yüklə 24,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə