K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/283
tarix14.06.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#117240
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Ta'limiy diktantlar
— bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar.
2. 
Tekshiruv diktantlari
— o'quvchilaming bilim, ko'nikma va ma­
lakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.
Ta’limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini, o'rnini, turini o'qituvchining 
o'zi belgilaydi. T a’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi 
(5—10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o'quvchilar 
bilimini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. Ta’limiy diktantda 
o'qituvchi o'quvchilarga o'rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha 
tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o'quvchilar so'zlarni to'g'ri 
yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga aixsat beradi. Har 
qanday yo'l bilan xatoning oldini olish chorasi ko'riladi. Masalan,
1-sinfda 
a
va 
о
unlilari o'rganilayotgan darsda bo'g'in-tovush, tovush- 
harf tahlili o'tkaziladi. Baho, bahor so'zlarining birinchi bo'g'inida 
a
harfi yozilishini o'quvchilar bilib olgach, o'quvchilardan biri shu 
so'zlarni xattaxtaga yozadi. So'ng so'z o'chirib tashlanadi, shundan 
keyin aytib turib yozdiriladi.
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi 
turlarga bo'linadi:
1. Ta’kidiy diktant.
2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
3. Izohli diktant.
4. Saylanma diktant.
5. Erkin diktant.
6. Rasm diktant.
7. Lug'at diktant.
8. Ijodiy diktant.
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum 
o'zgarishlar bilan yoziladi.
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar 
bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlash- 
tirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan 
so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili 
davomida 5—6 marta o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan


xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. 
Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy 
mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.
Ta’kidiy diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi 
bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish 
jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va 
nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar.
O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida 
yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar 
(ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar 
(idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar.
Izohli diktant o'quvchilaming qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. 
O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma’lum so'zning 
yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning 
yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga 
qoidani tatbiq etadi. Masalan, „Kitob — bilim manbai" — Kitob: Ki­
tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o, 
b tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. 
Unda b yoki p tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniq- 
Iaymiz. Buning uchun so'z oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz: 
kitobi.
В tovushi yozilar ekan'1 kabi izohlanadi.
Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlaming tagiga 
chizadilar.
Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gapiar yoki 
matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga 
mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, 
so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan 
so'zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan 
ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe’l bilan birga 
yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda imloviy ziyrak- 
likni o'stiradi.
Erkin diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini 
o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma’noli so'z bilan almashtirish 
erkinligi beriladi. Diktant uchun 3—5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi 
awal matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni 
yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matn­
ning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini 
yozadilar.


Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan 
birga, o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Rasm diktant predmet rasmini yoki o ‘zini ko'rsatib o'tkaziladi: 
predmet rasmi ko'rsatiladi, o ‘quvchilaruningnom ini aytadilar va yozib 
vergul qo'yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf 
bilan, qolganlari qoidaga ko'ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda 
o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili davomida o'rganiladigan 
imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash, shuningdek, ularni 
o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko'zda 
tutiladi.
O'qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy malakani 
shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktant­
ning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi.
Bayon o'quvchilaming lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini 
o'stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. 
Bayon orfografik mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida, 
o'quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan 
so'ng o'tkaziladi. Bayon yozganda o'rganilgan imlo qoidalarini to'g'ri 
tatbiq etish ularning ongli o'zlashtirilganligini ko'rsatadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə