K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/283
tarix14.06.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#117240
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Olma, olcha, nok - meva.
Kitob — bilim bulog‘i.
Ona tili darslarida so'zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda
o'qituvchi I sinf o'quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo'yilishi bilan 
amaliy tanishtiradi. O'qituvchi aniq misollar bilan sanab ko'rsatilgan 
so'zlardan oldin ikki nuqta qo'yilishini, har bir so'zning vergul bilan 
ajratilishini ko'rsatadi. Bunda o'quvchilar tinish belgining nomini 
aytadilar, o'qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana 
boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham 
oldi olinadi. Shunday qilib, o'qituvchi o'quvchilarda punktuatsion 
ziyraklikni o'stirib boradi.
O'quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to'la singdi- 
rish, ularni tinish belgilarini o'z o'rnida ongli ishlatishga o'rgatish 
maqsadida sintaktik-punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib 
berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo'yish, ta’kidiy eslatish 
diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash 
kabi mashqlardan foydalaniladi.


Ona tili darslarini o ‘qish darslari bilan bog'lash sintaksis va 
punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan 
biri hisoblanadi. 0 ‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilim- 
lariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so'zni aniq ishlatish, o ‘z fikr- 
larini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o'rganadilar. Shunday qilib, 
boshlang'ich sinf o'quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari 
og'zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi.
ORFOGRAFIYA 0 ‘QITISH METODIKASI
O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, 
kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida 
ishlash metodikasini belgilaydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri yozuv - maxsus 
nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq 
yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni 
sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z 
ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan 
mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish, 
uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi. 
Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida 
asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatla- 
shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog'liq. 
Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka 
asosiga qo'yilgan ko'nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshi- 
lanadi (harakat tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va 
tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta 
quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo'shilgan birliklar 
bilan ishlashga o'tadi (masalan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab 
ko'chirish bilan, keyin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni 
ko'chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, im­
loga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni to'g'ri yozish 
malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat 
sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o'quvchidan fikr- 
lash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri yozuv hodisasini o'zlashtirish 
uchun o'quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez 
• 
tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o'xs! .


va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish 
hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik gu­
ruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash 
mashqlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o'rgatishda, grammatikani o'rgatish 
kabi, 
0
‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira 
borish talab etiladi.
Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi. O'quvchilarda to ‘g‘ri 
yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoi- 
dasini o'zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas, 
balki umumiylik mavjud bo'lgan butun so'zlar guruhining yozilishini 
tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir 
so'zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, 
belgilangan m e’yorga muvofiq butun so'zlar guruhini yozish imkonini 
yaratadi.
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so'zlaming 
yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi 
va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi.
Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid material- 
larni m a’lum darajada biimasdan turib o'zlashtirish mumkin emas. 
Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi. 
Shuning uchun boshlang'ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos 
bo'ladigan grammatik nazariyaga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan, 
shakl yasovchi qo'shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar ,,Ot“ , 
„Sifat", ,,Son“ , „Kishilik olmoshlari", ,,FeT ‘ mavzulari ichiga kiritil­
gan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografi­
yani bir-biriga bog'liq holda o‘rganishni ta’minlaydi.
Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so'ng 
o'rganiladi. Masalan, otlaming kelishiklar bilan turlanishi o'rganilgach, 
kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqidagi ko'nikma shakllantiri­
ladi. „Sifat" mavzusini o'rganish 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə