K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/283
tarix14.06.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#117240
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Darsning borishi
1. Uy vazifasi tekshiriladi.
2. „Gap" mavzusi esga tushiriladi.
O'quvchilar diqqatiga quyidagi gapiar havola qilinadi:
1. O'qituvchi bolalarni o'qitadi.
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.
3. Tikuvchi kiyimlami tikadi.
4. O'quvchilar kitoblami sevib o'qiydilar.
— Gap nimalardan tashkil topadi?
— Og'zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?
— Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi?
O 'qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so'ng, o'quvchilar javo­
bini umumlashtiradi:
— Demak, gap tugallangan m azm un bildiradi. Gap oxiriga 
uning mazmuniga qarab nuqta, so 'ro q va undov belgisi qo'yila­
di. Gap so'zlardan tuzilib, uning birinchi so'zi bosh harf bilan 
yoziladi.


3. 0 ‘qituvchi o'quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har 
bir gap 
quyidagicha tahlil qilinadi:
— Birinchi gapda kim haqida aytilgan?
— 0 ‘qituvchi so‘ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq 
chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi).
— 0 ‘qituvchi haqida nima deyilgan?
— 0 ‘qitadi so'ziga savol bering (nima qiladi?). Uning tagiga ikki 
chiziq chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi).
— Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‘z bildiryapti? 
(Mevalar) Bu so'zga savol bering (nimalar?). Tagiga chizamiz.
— Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi.
Shu tariqa keyingi gapiar ham tahlil qilinadi. Shundan so'ng
o'qituvchi tagiga chizilgan so'zlar gapning asosiy mazmunini bildi­
rishini, yana shunday so'zlar ishtirokisiz gap hosil bo'lmasligini, agar 
gapning asosini bildiruvchi so'zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok 
etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq 
bo'lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko'rsatiladi. 
Masalan, 
O'quvchilar maktabga boradilar
gapida gapning asoslaridan 
biri — 
o'quvchilar
so'zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo'lib qoladi, 
o'quvchilar haqida nima deyilgan so'z 
(boradilar)
tushib qolsa, gap 
mazmun ifodalamaydi. So‘ng darslikdagi qoida o'qitiladi.
4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O'quvchi­
lar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini 
o'qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262- 
mashq yuqoridagi mashq asosida o'quvchilar tomonidan mustaqil 
bajariladi (Bunda o'quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish 
daftarlariga yozib o'qituvchiga topshiradilar).
5. Jadval asosida og'zaki mashq.
Kim ?
bemorlarni davolaydi.
Nima ?
sichqonlarni tutadi.
Nima ?
yukni tashiydi.
O'qituvchi gapdagi so'roqlar o'rniga qo'yish uchun kerakli bo'lgan 
so'zlaming rasmlarini ko'rsatadi 
(sh if о kor, miishuk, tuya).
O'quvchilar 
tayanch so'zlar yordamida gaplarni o'qiydilar va gapiar og'zaki tahlil 
qilinadi.
6. 
Taxminiy tayyorgarlik ko'rib, bog'lanishli gap tuzish va uni 
yozish.


Texnik vosita orqali ,,Bog‘bonlarga yordam“ lavhalari ko'rsatiladi 
va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‘zni takroriy 
ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so'zlardan foydalanish 
tushuntiriladi 
(masalan: bolalar, qizlar, o'quvchilar, о ‘rtoqlar).
Bu 
so'zlar xattaxtaga yozib qo'yiladi.
7. 
Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O'qituvchi uyga vazifani 
qanday bajarishni tushuntiradi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə