K arim a q osim ova


Boshlang'ich sinflarda qanday so ’z turkumlari o'rganiladi? Ularni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/283
tarix14.06.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#117240
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

1. Boshlang'ich sinflarda qanday so ’z turkumlari o'rganiladi? Ularni
o'rganishdagi izchillikni tushuntiring.
2. O'quvchilarga otni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz?
Otga oid bironta dars ishlanmasini yozing.
3. Boshlang'ich sinfda sifat so'z turkumi yuzasidan o'quvchilarga qanday
bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi?
4. Sifatni o'rganish jarayonida o'quvchilar nutqini o'stirish yuzasidan
qanday mashqlar o'tkazasiz?
5. Son ishtirok etgan maqol, ertak, dostonlardan bolalarga mosini to'plang.
Ular asosida tarqatma material tayyorlang. Sonni o'tish bo'yicha bir soatlik
namunali dars ishlanmasini tuzing.
6. Boshlang'ich sinflarda „FeT'ni o'rganish maqsadini ayting. Uni
o'rganishdagi izchillik nimalardan iborat?
7. Kishilik olmoshlarini o'rgatishning eng qulay usuli haqida gapiring.
8. Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda o'rgatiladi?


BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS ELEMENTLARI 
USTIDA ISHLASH METODIKASI
Gap ustida ishlash. Boshlang'ich sinflarda sintaksis yuzasidan 
beriladigan bilimlar amaliy o'rganiladigan va nazariy o'rganiladigan 
bilimlarga bo'linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o'rganish savod 
o'rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. 
Boshlang'ich sinfda „G ap", „Darak gap", „So'roq gap", „Buyruq 
gap", „His-hayajon gap", „Sodda gap", „Gap bo'laklari", „Gapning 
uyushiq bo'laklari", „Undalmali gapiar" mavzulari nazariy o'rganiladi. 
Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan 
biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakl­
lantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida 
o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy 
o'rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf 
o'quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategori- 
yalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona 
tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So'zning leksik ma’nosi 
va uning qo'llanish xususiyatlari so'z birikmasi yoki gapda ma’lum 
bo'ladi. So'z gapda bir ma’noli bo'ladi (gapdan tashqarida bir necha 
ma’no ifodalashi mumkin).
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich sinflarda gap ustida 
ishlashni shartli ravishda besh yo'nalishga bo'ladi:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi 
bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish).
2. Gap qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlaming bog'lanishi 
ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali 
bo'laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig'iq gapiar ustida ishlash).
3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra 
turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan 
boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish20.
Ishning bu besh yo'nalishi bir-biriga o'zaro ta’sir etadi va gapning 
ayrim tomonlarini o'rganish maqsadidagina ulaming har biri mustaqil

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə