K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Pul mablag‘lari
 –
kassadagi, yo‗ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari. 


17 
Pul ekvivalentlari

pulli cheklar, yo‗llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va 
boshqalar. 
Olinadigan schyotlar
-
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi 
debitorlik qarzlari. 
Barcha xo‗jalik aktivlar korxonada yuritiladigan buxgalteriya hisobining muhim 
ob‘ektlari hisoblanadi, ularni har birining holati, ko‗payishi va kamayishi buxgalteriya
hisobida hujjatli asosda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida korxona 
aktivlari boshqariladi, tahlil etiladi va nazorat qilinadi.
Xo„jalik aktivlarining manbalari. 
Korxona ixtiyoridagi barcha aktivlar ikki 
manbadan tashkil topadi: 
Xususiy kapital
Majburiyatlar 
Mulkga egalik qilish huquqiga muvofiq aktivlar va ularning manbalari quyidagi 
tenglik ko‗ rinishida ifodalanadi: 
AKTIV = XUSUSI Y KAPI TAL + M AJBURIYATLAR 
A = XK + M
 
Xususiy kapital – 
bu korxonaning majburiyatlarini chegirib tashlagandan so‗ng 
qoladigan aktivlaridir. Yuqoridagi tenglikga muvofiq: 
XUSUSI Y KAPITAL = AKTIV - MAJBURIYATLAR 
XK = A - M
Korxonalarning xususiy kapitalini shakllanishining asosiy manbalari bo‗lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
Ustav kapitali (UK) – 
bu korxonaga uning ta‘sischilari tomonidan kiritilgan
mablag‗lar majmuasi.
 
Qo‘shilgan kapital (QK) – 
bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‗rtasidagi 
ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‗ lari 
bo‗ yicha vujudga kelgan valyutalar o‗rtasidagi ijobiy farqlar summasi. 


Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə