K. E. Xidiraliyev., L. K. Karshibayeva



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix17.12.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#150311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma (1)

qishloq-xo„jaligi
-
ham moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri bo„lib, aholini oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan va sanoatni (oziq-ovqat va engil sanoatlarni) xom ashyo bilan 
ta‟minlaydi.
Fanning predmeti
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi, uning ichki tarmoqlar 
tarkibi, ishlab chiqarish mexanizmi, joylashuv xususiyatlari va rivojlanish masalalari va 
soha oldidagi muammolarni ilmiy-nazariy jihatdan o„rganish, tahlil qilish va yoritish. 
Agar kengroq e‟tibor bersak, transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi-iqtisodiy 
va ijtimoiy geografiyaning muhim tarmoqlaridan hisoblanib-transport, sanoat va qishloq 
xo‟jaligi va ularning ichki tarmoqlarini shakllanish, rivojlanish va hududiy joylashish 
xususiyatlari, qonuniyatlari, muammolari kabi masalalarni o‟rganadi.
Fanning maqsadi
-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari hisoblangan 
transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi tizimining o‟ziga xos xususiyatlari, hududiy 
joylashuv shakllari, rivojlanish darajasi, ularni tarmoqlarining asosiy jihatlari, sanoat 
hududiy joylashuvi natijasida hosil bo‟ladigan turli shakllar va ishlab chiqarishning 
rivojlanishida muhim rol o‟ynovchi omillar haqida to‟laroq bilim berishdir. 
Fanning vazifalari: 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi tizimining asosiy tarmoqlarining xususiyatlarini 
aniqlash; 


-tarmoqlarning joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo‟lgan omillar va qonuniyatlarni 
o‟rganish va tahlil qilish;
-transport, uning turlari, sanoat va qishloq xo‟jaligi, ularning tarmoqlarini o‟rganish; 
-tarmoqlarni o‟rganilish tarixini yoritish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasida qo‟llaniluvchi tadqiqot usullarini 
o‟rganish va tahlil qilish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasidagi atamalarni o‟rganish; 
-transport turlari, sanoat va qishloq xo‟jaligi tarmoqlarining kelib chiqish va shakllanish 
xususiyatlarini o‟rganish; 
-sanoatni hududlar bo‟ylab tarqalishini tahlil qilish; 
-qishloq xo‟jaligini rayonlashtirish tamoyillarini o‟rganish; 
-transport turlari, ularni hududiy tarqalish xususiyatlarini tahlil qilish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi tarmoqlarini o‟rganishning ilmiy va amaliy 
ahamiyatini yoritish; 
-tarmoqlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati va ulushini o‟rganish; 
-ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o‟rganish; 
-ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarini o‟rganish va tahlil etish; 
-ishlab chiqarishni joylashtirishga ta‟sir etuvchi omillarni yoritish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi tarmoqlarida fan-texnika taraqqqiyoti natijasida 
vujudga kelayotgan o„zgarishlarni ilmiy jihatdan o„rganish va yoritish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishi va ekologik muammolar 
masalasini o‟rganish; 
-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi tarmoqlarini bozor ta‟moyillari asosida 
shakllantirish, joylashtirish va rivojlantirish mexanizmini o‟rganish va asoslash.
Transport (lotincha so‟zdan olingan bo‟lib-transporto-tashiyman ma‟nosini 
anglatadi)-xalq xo‟jaligining (iqtisodiyotning) yuk va yo‟lovchi tashish tarmog‟idir. 
Transportning boshqa ishlab chiqaruvchi sohalardan farqi shundaki, u yangi mahsulot 
yaratmaydi, balki ishlab chiqarilgan boylikni iste‟molga etkazadi. Transport yordamida 
sohalar, soha ichidagi tarmoqlar, tarmoq ichidagi korxonalar, hududlararo ishlab 
chiqarish, bir-biri bilan bog„lanib, ishlab chiqarish jarayoni maromida borishi uchun 
barcha sharoitlar yaratiladi. Transport ishlab chiqarish bilan iste‟mol o„rtasidagi aloqani 
ta‟minlaydi. Ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini bir joydan ikkinchi 
joyga ko„chirib, jami iste‟mol mahsuloti ko„lamiga ta‟sir ko„rsatadi. Agar kengroq e‟tibor 
bersak, transport quyidagi aloqalarni oqilona yo‟lga qo‟ya oladi: 
-sanoat va qishloq xo‟jaligi o‟rtasida; 
-ishlab chiqarish va xom-ashyo o‟rtasida; 
-ishlab chiqaruvchi va iste‟molchi o‟rtasida. 
Haqiqatdan ham, transport vositalari yordamida boyliklar bir joydan ikkinchi 
joyga ko„chirilishi natijasida iste‟molga yaqinlashadi, iste‟mol qiymatining tashkil 
topishi tezlashadi. Transport vositalarining o„ziga xos xususiyatlari ulardan moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarishning hamma sohalarida keng ko„lamda foydalanish zaruratini 
keltirib chiqaradi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni 
realizatsiya qilish (sotish) uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini 
oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi. 
Transport vositalaridan unumli foydalanish-yo„llar qurish, transport turlarining yuk 
tashish qobiliyatini oshirish, transport turlarining tezligini oshirish, ta‟mir ishlarini 


muntazam ravishda olib borish, yo„l xo„jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va 
ulardan unumli foydalanish demakdir. Kuzatishlar avtomobilning yuk ko„tarish qobiliyati 
qattiq qoplamali yo„llarda, qattiq qoplamasiz yo„llardagiga nisbatan 25-80 %, tezligi 2-3 
marta oshishini, yonilg„i sarfini esa 2 marta kamayishini ko„rsatadi. Shuning uchun 
xo„jaliklararo va xo„jalik ichidagi yo„llarni rekonstruksiyalash (qayta ta‟mirlash) va o„z 
muddatida ta‟mirlash, yo„l qurilishini kengaytirish va qishloq xo„jaligini yanada intensiv 
rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi. 
Transportning asosiy turlari temir yo„l, dengiz, daryo, avtomobil, havo, 
truboprovod, elektron va ot-ulov hisoblanib, ular birgalikda yagona transport tizimini 
shakllantirgan. Bu tizim o„ziga xos geografiyaga ega bo„lib, ob‟ektiv va sub‟ektiv omillar 
asosida vujudga kelgan. Jumladan, jahon temir yo„liga dastlab 1825 yili Angliyada asos 
solingan. Rossiyada 1837 yil, O„zbekistonda esa 1890 (ba‟zi manbalarda 1888 yil 
berilgan) yil asos solingan. Temir yo„l qurish 1970 yillargacha jahonda juda tez o„sdi. 
Hozirda temir yo„lni yuk va yo„lovchi tashishdagi salmog„i kamaygan bo„lsada, u 
quruqlik transportining muhim tarmog„idir. Jahon temir yo„l turi XX asrning boshida 
asosan shakllangan bo„lib, hozirda uning umumiy uzunligi taxminan 1,2 mln. km 
atrofida

Jahonda tashiladigan jami yukning taxminan 16 %, yo„lovchining 11 % temir 
yo„l transportida tashiladi.
Avtomobil transporti-XX asr transporti hisoblanadi. Bu transport istalgan tomonga 
bora oladigan eng qulay transportdir. U yuklarni yo„lda tushirib ortmay bevosita 
iste‟molchiga to„g„ri etkazib bera oladi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo„jalik 
korxonalarini magistral transport bilan bog„laydi. SHahar atrofida va qisqa masofaga yuk 
tashishda eng afzal transport hisoblanadi. SHuningdek tog„ oldi va tog„li rayonlar uchun 
katta ahamiyatga ega. Avtomobil yo„llarining uzunligi tobora ortib bormoqda va hozirda 
28 mln. km ga yaqinlashdi. 
Quvur transportida asosan tabiiy gaz, neft, suv va sut (Avstriya, SHvetsiya tog„ 
yaylovlarida), issiqlik (paravoy) tashiladi. Quvur transportining ish unumi quvurning 
yo„g„onligi, materialning sifatiga, gaz va neftning qanday bosim bilan harakatlanishiga 
bog„liq. FTI (fan texnika inqilobi) yutuqlari hozirda 120 va hatto undan ortiq atmosfera 
bosimi yaratish va shunga chidamli quvurlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Lekin atmosfera bosimiga eng chidamli quvurlarda tabiiy gaz va neft tashish faqat 
ayrim rivojlangan mamlakatlarga xos bo„lib, ko„plab rivojlanayotgan mamlakatlarda bu 
ko„rsatkich juda past. Masalan, O„zbekistonda quvur transportida hozircha bosim 
taxminan 40 atmosferadan oshmayapti (xonadonlarimizdagi gaz quvurlarida bosim 0,5-2 
atmosfera). Jahonda quvur transportining (neft va gaz quvurlari) umumiy uzunligi 
taxminan 2 mln. km dan ortiq. Jahonda tashiladigan barcha yukning 11 % quvur 
transportiga to„g„ri keladi. 
Elektron transport yangi, eng yosh va ahamiyati tez o„sib borayotgan transport 
tarmog„idir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yaxshi taraqqiy etgan. Lekin ayrim 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, 
ayniqsa, 
qoloq 
Afrika 
mamlakatlarida 
endi 
shakllanayotgan yoki butunlay shakllanmagan transport turidir. Elektron transportda 
elektr energiyasi, tovush (telefon), tasvir (internet) va turli xil belgilar tashiladi. Radio 
hamda teleto„lqin faks ham tashiladi. Mazkur transport turining rivojlanganlik darajasi 
jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog„liq. Elektr stansiyalarining 
(GES, IES, AES) bir-biriga ulanishi natijasida energetika tizimi hosil bo„ladi, ya‟ni 
elektron transport vujudga keladi. Biroq mamlakat yoki regiondagi (mamlakatlararo) ES 


larning o„zaro tutashishidan, ya‟ni birlashtirilishidan YAES (yagona energetika 
sistemasi) hosil bo„ladi. 
Suv transporti, quruqlik transportidan farq qilib, jihozlanishi uchun ko„p xarajat 
talab qilmaydi, tabiiy suv yo„llaridan foydalanadi. U yoqilg„ini ko„p ishlatmaydi. Yuk 
tashish tannarxi temir va avto transportga nisbatan ancha arzon, lekin harakat tezligi past, 
yuk tashish mavsumiy, suv yo„lining yo„nalishi hamma vaqt ham zaruriy yo„nalishlarga 
to„g„ri kelavermaydi. FTI sababli suv transportining bu salbiy tomonlari kamayib 
bormoqda. Masalan, zamonaviy kemalarning tezligi ortib bormoqda. 
Suv transporti dengiz va daryo transportiga bo„linadi. Dengiz transporti jahon 
transport sistemasining (tizimining) juda muhim tarkibiy qismi bo„lib, shu transportning 
rivojlanishi tufayli Dunyo okeani qit‟alarini bir-biridan ajratib turuvchi emas, balki 
bog„lab turuvchi vositaga aylandi. Jahonda xalqaro tashiladigan butun yuklarning 62 %, 
yo„lovchining 0,5 % dengiz transportida tashiladi. Dengizda yuk tashish 2 xil bo„ladi: 
-chet mamlakatlarga yuk tashish; 
-kabotaj (o„z mamlakati portlari orasida) yuk tashish.
Kabotaj 2 xil bo„ladi: 
1) katta kabotaj-turli dengizlar orqali yuk tashish;
2) kichik kabotaj-bir dengizda yoki yonma-yon dengizda yuk tashish. 
Suv transportida tashiladigan yuk evaziga olinadigan kira haqi 
fraxt
deyiladi. 
Kemalar har xil yuklarni tashiydigan universal (keng qamrovli) kemalardan va maxsus 
kemalardan-(yog„och-taxta tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijerator (xolodilnik 
qurilmalari o„rnatilgan kemalar), neft va suyultirilgan gaz tashuvchi (tanker), ko„mir va 
ruda tashuvchi kemalardan iborat
. Dengiz transporti xalqaro savdoning deyarli 80 % ini 
amalga oshiradi. 
Aviatsiya-transportning eng tez, eng qimmat va joy relefiga bog„liq bo„lmagan 
turidir. Dastlabki “samolyotni” 1885 yil rus dengiz ofitseri A.F.Mojayskiy ixtiro qildi. U 
bug„ dvigatelli birinchi samolyot bo„lib, podsho tomonidan qo„llab-quvvatlanmadi. 
Ikkinchi samolyotni 1903 yil amerikalik aka-uka Raytlar yaratdi (kerosin bilan 
ishlaydigan). Mazkur samolyot 32 m ga uchgan. ”Avis” so„zi lotincha “qush” demakdir. 
Havo transportining ahamiyati yil sayin ortib bormoqda. Masalan, 1948 yil havo 
transportida 20 mln yo„lovchi tashilgan bo„lsa, hozirda taxminan 1,5 mlrddan ortiq 
yo„lovchi tashiladi. Umumiy holda jahon yo‟lovchi tashish miqdorining 20 % ushbu 
transport hissasiga to‟g‟ri keladi. Dastlabki samolyot bug„ dvigatelli bo„lsa, hozirda 
turbovintli va reaktiv samolyotlar qatnamoqda. Havo yo„llarining umumiy uzunligi 8 mln 
km ga cho„zilgan.
Bizga ma‟lumki, sanoat-bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Sanoat ob‟ektiv reallik 
(borliq) ning in‟ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya‟ni ijtimoiy ishlab 
chiqarishning alohida sohasi bo„lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat 
taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog„liqdir. Sanoat ob‟ektiv borliqning muhim 
hodisalari qatorida, ma‟lum davr (vaqt va fazo) da dunyoga kelgan, muayyan qonun va 
qoidalar asosida rivojlangan, ma‟lum miqdor va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega 
bo„lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo„lgan. 
Sanoat 
oddiy 
texnik 
va 
texnologik 
ishlab 
chiqarishdan, 
murakkab 
mashinasozlikgacha bo‟lgan yo‟lni bosib o‟tdi. XVII-XIX-asrlardagi sanoat inqilobi 
sanoat taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. XVIII asr oxirida J.Uatt 
tomonidan bug‟ mashinasining ixtiro qilinishi turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik 


korxonalarning ishga tushirilishiga yordam berdi. Sanoatda 450 mln. dan ko‟proq aholi 
band. Bu ko‟rsatkich dunyo qishloq xo‟jaligida ishlayotganlarga nisbatan 3 marta kam.
Sanoat asosan ishlab beruvchi va undiruvchi (tog‟-kon) tarmoqlardan iborat. 
Tarmoqlar paydo bo‟lish davriga ko‟ra, 3 guruhga bo‟linadi:
-eski tarmoqlar (ko‟mir, metallurgiya, to‟qimachilik, oziq-ovqat, kemasozlik, kimyo 
sanoatining ayrim tarmoqlari);
-yangi tarmoqlar (avtomobil, aviatsiya, neft, o‟rmon, kimyo, alyuminiy ishlab chiqarish, 
plastmassa, sintetik kauchuk, sun‟iy tolalar ishlab chiqarish va boshqalar);
-eng yangi tarmoqlar (robotsozlik, aerokosmika, organik sintez, mikrobiologiya sanoati 
va boshqalar).
O„zbekiston sanoati ham o„z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o„tgan. 
Eng avvalo, uy sanoati (“ona qornidagi sanoat“), so„ngra, hunarmandchilik, ya‟ni xonaki 
sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika, zavod kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda 
hunarmandchilikning juda ko„p turlari, ya‟ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtarashlik, 
binokorlik, o„ymakorlik, kashtado„zlik, ko„nchilik, to„quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, 
misgarlik va zargarlik, degrezlik (cho„yanni eritib undan turli buyumlar ishlab chiqarish), 
rixtagarlik (quymoq-rangli metallardan turli buyumlar quyish-masalan mis, bronza va 
hokazolar), zardo„zlik, bo„yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. 
Bu erda hunarmandchilik (“xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib 
chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O„zbekiston hududida anchagina 
hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo„yicha Xiva va 
SHosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo„yicha Farg„ona, shoyi matolar, shisha 
mahsulotlar tayyorlash bo„yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish 
pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. 
Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish 
munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib
O„zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivoj topgan. XX asr boshlarida esa 
hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy 
buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XVIII asrning 1760-1770-yillarida Angliyada ro„y bergan sanoat to„ntarilishidan keyin, 
O„zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o„tish boshlandi. 
Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, 
konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. XX asrda O„zbekiston sanoatida juda katta 
o„zgarishlar ro„y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 
xili (paxta tolasi, xom ipak, o„simlik moyi, uzum vinosi, g„isht, ganch va boshqalar) ishlab 
chiqarilgan bo„lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda
1

Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-
texnikaviy, ma‟naviy-ma‟rifiy darajasining o„sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining 
tinmay oshib borishidir. Sanoat mamlakat mudofa qobiliyatining moddiy bazasi, tinchlik va 
barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo„shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va 
birdamligini ta‟minlovchi muhim sohadir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning 
siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo„jalik jihatdan birlashishi, ya‟ni iqtisodiy 
integratsiya tavsifida o„z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va 
moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalinish imkoniyatlari 
1
A.Ortiqov. «Sanoat iqtisodiyoti“ (darslik). –Т.: ТDIU. 2004.


yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa og„ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish 
muammolarini hal etish kalitidir. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi–
konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
uyg„unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkillashtirishning ilg„or usullari-
ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik 
qiladi va yaxshi samaralar beradi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishni 
ta‟minlovchi 
buyuk 
harakatlantiruvchi kuch–bu raqobat (erkin raqobat), ya‟ni bellashuv, raqiblar kurashi ham 
sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg„or texnika va texnologiyalardan foydalanish, 
materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 
chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko„tarish, ishlab 
chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlarini yaxshilash asosida uning 
samaradorligini ko„tarish uchun harakat va boshqa mehnat an‟analari ham avvalo, sanoat 
sohasida vujudga keldi va kelmoqda. 
O„zbekistonda mustaqillikning afzalliklari va Davlatning iqtisodiy siyosati 
sanoatning etakchi o„rnini yanada oshirmoqda. Islohotlarning asosiy yo„nalishlari va 
ularning echimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi 
samara bermoqda. Respublikamizda 2018 yil YaIM tarkibida sanoat-31,3% tashkil etgan. 
Ushbu doirada ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar negizida, qisqa qilib aytganda ishlab chiqarish 
doirasida quyidagi jarayonlar amalga oshirilib 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə