K. E. Xidiraliyev., L. K. Karshibayeva


Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix17.12.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#150311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma (1)

Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet, 
«Ekologiya va geografiya» kafedrasi. 
1-MODUL. “TRANSPORT, SANOAT VA QISHLOQ XO‟JALIGI 
GEOGRAFIYASI” KURSI MAZMUNI. IShLAB ChIQARISh 
TARMOQLARINING ShAKLLANIShI VA ULARNI IJTIMOIY TAShKIL ETISh 
ShAKLLARI 
 
1.1. “Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi” fani maqsadi va vazifasi. 
Ob‟ekti va predmeti, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, asosiy tushuncha va 
qonuniyatlari 


Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi fani, transport, sanoat va 
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining ma‟lum makon va zamonda hududiy 
muammolarini, joylashish, iqtisoslashish va rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi. 
Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi xalq xo„jaligining (iqtisodiyotning) muhim tarkibiy 
qismlaridir. Ular jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan turli xil mahsulotlarni ishlab 
chiqaradi va iste‟molchiga yetkazib beradi. Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik masalalarni o„rganishda yetakchi o„rinni egallaydi.
Umuman, transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi-bugungi kunning dolzarb mavzusi 
hisoblanib, o‟ziga xos rivojlanish mexanizmiga, istiqbollariga, muammolariga ega. 
Xususan bu yirik masala butun dunyo, ayrim davlatlar va hududlarning-transport, sanoat 
va qishloq xo„jaligini va ular bilan uzviy bog„liq bo„lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar 
sohalarini ham qamrab oladi. Bu masalani o„rganish bilan biz har bir xo„jalik 
tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o„rni, rivojlanish va joylashish xususiyatlarini, 
ularning atrof-muhitga ta‟siri haqida etarlicha tushuncha olamiz.
Fanning ob‟ekti
-har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‟lgan 
moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi va 
bu tarmoqlarining joylashuv xususiyatlari, ishlab chiqarish mexanizmi, rivojlanish 
masalalari va soha oldidagi muammolar. Ushbu doirada qaraydigan bo„lsak, transport, 
sanoat va qishloq xo‟jaligi-moddiy
 
ishlab chiqarish faoliyatining barcha turlari 
majmuasidir. Buning asosida mahsulotlar, energiya shaklidagi moddiy ne‟matlar 
yaratiladi va bir joydan ikkinchi joyga tashiladi, saqlanadi, navlarga ajratiladi, 
qadoqlanadi, o„rab bog„lanadi, joylanadi va muomala sohasidagi vazifalar amalga 
oshiriladi. Bizga ma‟lumki 
transport
-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan 
biri sifatida, xalq-xo„jaligining “qon tomiri” hisoblanib, xalq xo„jaligi va aholining 
yuklarga bo„lgan ehtiyojlarini, yo‟lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga harakatlanishini 
o„z vaqtida muttasil ta‟minlab turadi. 
Sanoat
–ham moddiy ishlab chiqarishning eng yirik 
etakchi tarmoqlaridan bo„lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va 
xalq iste‟mol tovarlarining ko„pchilik qismi yaratiladi. Shuningdek, 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə