K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Avtomobillarda ishlatiladigan siqilgan gazlar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Avtomobillarda ishlatiladigan siqilgan gazlar
Ko‘rsatkichlar
Gazlar uchun ko‘rsatkichlarning
qiymati
Tabiiy gaz
Metan-
lashtirilgan Boyitilgan
Yonish issiqligi, kj/m
3
 (kamida)
2900
27000
Komponent miqdori: yonuvchi kompo-
nentlar, % hisobida
– metan
80–97
65 dan
kam emas
50
–vodorod


12 dan 
kam emas
foydasiz aralashmalar (ko‘pi bilan)
– uglevodorod, g/m
3
– sian, g/m
3
0,02
0,05
0,02
0,05
0,02
0,05
Kislorod, hajmiga nisbatan % hisobida
1,0
1,0
1,0
Smola va changlar, g/m
3
0,001
0,001
0,001
Ballonda bosim ostida saqlanayotgan 
gazdagi suv bug‘lari, g/m
3
– yozda
– qishda
7,0
0,5
7,0
0,5
7,0
0,5
Oktan soni
94–105
Benzin ekvivalenti (1 m
3
 gazning yo-
nish issiqligiga teng bo‘lgan benzin 
miqdori, kg hisobida)
0,71–0,83
0,62–0,70 0,89–0,91
95
4. 4.
 Ichki yonuv dvigatellari uchun muqobil yonilg‘ilar
Neft yonilg‘ilariga bo‘lgan ehtiyojning yil sayin keskin ortib 
borishi neft zaxiralarining kamayib borishiga hamda qimmatlashu-
viga sabab bo‘lmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, ular-
ning zaxirasi 80–100 yilga yetishi mumkin. 
Neft resurslarining cheklanganligi ichki yonuv dvigatellarida 
neft bo‘lmagan xomashyolardan olinadigan yonilg‘ilardan foyda-
lanishni taqozo etmoqda. So‘nggi yillarda dvigatellarning kon-
struksiyalarini yana-da takomillashtirish hisobiga yonilg‘i sifatida 
yangi turdagi noan’anaviy yonilg‘ilar (spirtlar, ammiak, biogaz, 
vodorod va boshqalar)dan foydalanish tajribadan o‘tkazilmoqda. 
Spirtlar. 
Keyingi yillarda neft yonilg‘ilari o‘rnida metanol (metil 
spirti) va etanol (etil spirti)ni ishlatish ommaviylashmoqda. Chunki 
bir xil harorat va bosimda metanol bilan hosil qilingan ishchi ara-
lashma benzinli ishchi aralashma bilan teng yonish haroratiga ega, 
undan tashqari, metanol-havo aralashmasi zichroq va foydali ish 
koeffitsiyenti ancha yuqori. Sof metanolning oktan soni 112 ga teng 
(tadqiqot usuli bilan), bu esa dvigatelning siqish darajasini 14 ga-
cha ko‘tarib, dvigatelning samarali quvvatini 20 foizgacha oshirish 
mumrtinligini ko‘rsatadi. 
Metil va etil spirtlarining oktan sonlari yuqoriligiga qaramasdan 
setan sonlari past, shuning uchun ularning uchqun bilan yondiri-
ladigan dvigatellarda ishlatilishi foydalidir. Ammo ma’lum sharoit-
larda ularni dizel yonilg‘isi qo‘shib aralashtirib, dizel dvigatellari-
da ham ishlatish mumkin. 
Spirtlarni yonilg‘i sifatida keng ko‘lamda ishlatishni cheklayot-
gan omillardan biri ularning korrozion aktivligi bo‘lib, yonilg‘i 
ta’minlash tizimi detallariga ta’sir ko‘rsatadi; spirtlar qo‘rg‘oshinga 
aktiv  ta’sir  etib,  amorf  birikmalar  hosil  qiladi,  ular  yonilg‘i  filtr
-
lari va karburator jiklorlarini berkitib qo‘yadi; ko‘pchilik qistirma 
materiallari spirt ta’sirida shishib ketadi; yonish issiqligi pastligi 
tufayli ular uchun yonilg‘i baklari hajmi ikki marta kattalashishi 
kerak. 


96
Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish 
davom etayotgan bir paytda neft yonilg‘isini tejashning dastlab-
ki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini qo‘llash maqsad-
ga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va etanoldan 
10 foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech qanday o‘zgarti-
rishlar kiritishga zarurat bo‘lmaydi hamda bunda ish ko‘rsatkichlari 
sezilarli o‘zgarmaydi. Suvli spirtlardan foydalanilganida yonilg‘i 
aralashmalarini turg‘unlashtirish maqsadida ularga 2 foizgacha 
miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. Bularning hammasi benzinni 
3–5 foiz tejashga imkon beradi. 
Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, eta-
nolni 20 foizgacha) qo‘shish aralashma hosil qilish va kiritish tizim-
larini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi, dvigatel ning ish 
ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik yaramay-
di, chunki ularning setan soni kichik (metanolniki 3–4 ga, etanolni-
ki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori bo‘ladi. Bu hol katta va 
o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning taqillab ishlashiga olib keladi. 
Dizel  yonilg‘isi  o‘rniga  spirt  ishlatilganida,  detallarda  lok, 
qurum va koks hosil bo‘lishi kamayadi, natijada moy toza ishlaydi 
hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar oksidlanganida, 
oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular detallarning yeyilishi 
hamda korroziyalanishini jadallashtiradi. Bu kamchiliklarni bar-
taraf etish maqsadida AQSH, Braziliya, Germaniya, Shvetsiya kabi 
mamlakatlarda faol ishlar olib borilmoqda. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə