K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Moylash xususiyati.
 Transmission moylarning moylash xususi-
yati deganda moyni metall sirtlarda yig‘ilib adsorbsiyalanib chega-
raviy qatlam deb ataluvchi moy pardalarini hosil qilishi tushuniladi. 
Moy qatlamiga tushadigan bosimning ortishi yoki suyuqlik yor-
damida moylash (5. 3- 

rasm)ni ta’minlanishiga qarshilik ko‘rsa-
tuvchi boshqa ta’sirlar natijasida detallar orasidagi tirqish kamaya di 
va bu jarayon sirpanuvchi detallar sirtida hosil qilingan chegaraviy 
qatlamlar bir-biriga tekkunga qadar davom etadi (5. 3- 
b
 rasm)

Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan chegaraviy qatlamlar yukla-
nish yo‘nalishiga chek qo‘yadi. 
Moyning moylash xususiyati tufayli shu ko‘rinishda sodir bo‘li-
shi mumkin bo‘lgan quruq ishqalanish chegaraviy ishqalanishga 
aylantiriladi. Suyuqlik va chegaraviy ishqalanish birgalikda trans-
missiya agregatlarining yeyilish jadalligini kamaytirishni va foyda-
li ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Chegaraviy ish
-
qalanish rejimi juda beqaror bo‘ladi. Agar sirtdagi ta’sir qilayotgan 
yuklanish ilashish kuchidan (moy pardasining mustahkamligidan) 
ortib ketsa, chegaraviy qatlam yemiriladi, sirpanuvchi sirtlarning 
tegish joylarida esa
 
quruq ishqalanish yuzaga keladi (5. 3- 

rasm),
 
buning natijasida ishqalanish koeffitsiyenti ortadi va detallarning 
yemirilishi jadallashadi. Bunday og‘ir ish rejimida ishlaydigan 
agregatlarning sirpanuvchi detallar sirtida mustahkam va issiqlik 
ta’siriga chidamli bo‘lgan parda hosil qilishi uchun moy tarkibiga 
oltingugurtli va fosforli yemirilishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shila-
di. Buning natijasida detal sirtida ikkita qatlam, ya’ni avval yemi-
rilishga qarshi qatlam, uning ustida esa chegaraviy qatlam hosil 


144
bo‘lishiga erishiladi (5. 3- 

rasm). Harorat ko‘tarilib, molekulalar 
orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi kamayganida moyning moylash xusu-
siyati ancha pasayadi. 
5. 3- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə