K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Oksidlanishga qarshi turg‘unligi.
 Transmissiya agregatlari-
dagi ish jarayonida moyning katalitik aktiv metallar ishtirokidagi 
yuqori haroratlarda havo kislorodi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi nati-
jasida  moyning  fizikaviy­kimyoviy  va  ekspluatatsion  xossalari 
o‘zgaradi. Natijada moyning qovushoqligi va kislotaliligi ortadi
moyda oksidlanish mahsulotlari ko‘payib ketadi. 


146
Moy qovushoqligining ortishi, o‘z navbatida, moyning qovusho-
qlik-harorat xususiyatlarini yomonlashtiradi. Kislotaliligining orti-
shi esa podshipnik va boshqa detallarning yemirilishiga olib keladi. 
Moyning oksidlanishga qarshi xususiyati issiqlik ta’sirida oksid-
lanish  turg‘unligi  deb  baholanadi.  Bu  ko‘rsatkich  ДК–2–НАМИ 
asbobida yoki moyning yuqori haroratlarda ishlaydigan ish sharoit-
iga yaqin sharoit yaratiladigan boshqa asboblar yordamida aniqla-
nadi. Tajriba o‘tkaziladigan harorat va tajriba davomiyligi moy tur-
lari bo‘yicha Davlat standarti va texnik shartlarga asosan tanlanadi. 
Transmission moylarning oksidlanishga qarshi xususiyatini 
yaxshilash uchun ularga detallar yuzasida aktiv bo‘lmagan parda 
hosil qiluvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalar sifa-
tida oltingugurt, fosfor yoki oltingugurt va fosforli birikmalardan 
foydalaniladi. 
Transmission moylarning konstruksion materiallarga ta’siri 
Davlat  standartlari  asosida  baholanadi. 
5. 2. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə