K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Transmission moylarning qovushoqlik-harorat xususiyat-



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Transmission moylarning qovushoqlik-harorat xususiyat-
lari.
 Traransmission moylarning ekspluatatsion xususiyatlarini 
belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdan biri uning qovushoqligidir. Bu 
xususiyat transmissiya agregatlarining foydali ish koeffitsiyentiga 
va avtomobilning o‘rnidan qo‘zg‘alish imkoniyatiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Transmission moyning qovushoqligi yuqori yuklanishdagi sir-
panib ishlayotgan detallar ish sirtlarida moy qatlamini hosil qilishda 
muhim ahamiyatga ega . Yeyilish va tirnalishga qarshi qo‘shilma-
lar qo‘shilgan tranmission moylar qovushoqligining past bo‘lishi 
transmissiya agregatlari karterlarining zachlanishining ishonchli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Salnik va boshqa zichlagichlarning holati 
yaxshi bo‘lganida moyning qovushoqligini 5 mm
2
/s gacha pasayt-
irish mumkin.
O‘rtacha ish haroratlarida moy qovushoqligi, agregatdagi ich-
ki  ishqalanishlarni  yengishga  sarflanadigan  energiya  yo‘qotilishi 
agregatning foydali ish koeffitsiyentini kamaytirishga olib keladi
-
gan miqdordan ortib ketmasligi lozim.
Eng past ish haroratlarida esa moy qovushoqligi avtomobillar-
ning o‘rnidan bemalol qo‘zg‘alishiga, ya’ni agregatlarini qizdirmay 
ishga tushirishga imkon berishi lozim. Bu ko‘rsatkich har bir avto-
143
mobildagi agregatlar soni va ularning konstruksion xususiyatlariga 
va avtomobilning tortish­dinamik tavsifiga bog‘liq.
100°C da barcha mavsumda ishlatiladigan transmission moy-
lar uchun kinematik qovushoqlik 1–20 ga, shimolda ishlatiladi-
gan moylar uchun 9–10 ga, gidromexanik moylar uchun 7 ga, rul 
boshqarmasining gidravlik kuchaytirgichida ishlatiladigan maxsus 
moylar uchun 4 mm
2
/s ga teng. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə