146
Moy qovushoqligining ortishi, o‘z navbatida, moyning qovusho-
qlik-harorat xususiyatlarini yomonlashtiradi. Kislotaliligining orti-
shi esa podshipnik va boshqa detallarning yemirilishiga olib keladi.
Moyning oksidlanishga qarshi xususiyati issiqlik ta’sirida oksid-
lanish turg‘unligi deb baholanadi. Bu ko‘rsatkich ДК–2–НАМИ
asbobida yoki moyning yuqori haroratlarda ishlaydigan ish sharoit-
iga yaqin sharoit yaratiladigan boshqa asboblar yordamida aniqla-
nadi. Tajriba o‘tkaziladigan harorat va tajriba davomiyligi moy tur-
lari bo‘yicha Davlat standarti va texnik shartlarga asosan tanlanadi.
Transmission moylarning oksidlanishga qarshi xususiyatini
yaxshilash uchun ularga detallar yuzasida aktiv bo‘lmagan parda
hosil qiluvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalar sifa-
tida oltingugurt, fosfor yoki oltingugurt va fosforli birikmalardan
foydalaniladi.
Transmission moylarning konstruksion materiallarga ta’siri
Davlat standartlari asosida baholanadi.
5. 2. 2.
Dostları ilə paylaş: