Moylash xususiyati. Transmission moylarning moylash xususi-
yati deganda moyni metall sirtlarda yig‘ilib adsorbsiyalanib chega-
raviy qatlam deb ataluvchi moy pardalarini hosil qilishi tushuniladi.
Moy qatlamiga tushadigan bosimning ortishi yoki suyuqlik yor-
damida moylash (5. 3-
a rasm)ni ta’minlanishiga qarshilik ko‘rsa-
tuvchi boshqa ta’sirlar natijasida detallar orasidagi tirqish kamaya di
va bu jarayon sirpanuvchi detallar sirtida hosil qilingan chegaraviy
qatlamlar bir-biriga tekkunga qadar davom etadi (5. 3-
b rasm)
. Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan chegaraviy qatlamlar yukla-
nish yo‘nalishiga chek qo‘yadi.
Moyning moylash xususiyati tufayli shu ko‘rinishda sodir bo‘li-
shi mumkin bo‘lgan quruq ishqalanish chegaraviy ishqalanishga
aylantiriladi. Suyuqlik va chegaraviy ishqalanish birgalikda trans-
missiya agregatlarining yeyilish jadalligini kamaytirishni va foyda-
li ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Chegaraviy ish
-
qalanish rejimi juda beqaror bo‘ladi. Agar sirtdagi ta’sir qilayotgan
yuklanish ilashish kuchidan (moy pardasining mustahkamligidan)
ortib ketsa, chegaraviy qatlam yemiriladi, sirpanuvchi sirtlarning
tegish joylarida esa
quruq ishqalanish yuzaga keladi (5. 3-
d rasm),
buning natijasida ishqalanish koeffitsiyenti ortadi va detallarning
yemirilishi jadallashadi. Bunday og‘ir ish rejimida ishlaydigan
agregatlarning sirpanuvchi detallar sirtida mustahkam va issiqlik
ta’siriga chidamli bo‘lgan parda hosil qilishi uchun moy tarkibiga
oltingugurtli va fosforli yemirilishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shila-
di. Buning natijasida detal sirtida ikkita qatlam, ya’ni avval yemi-
rilishga qarshi qatlam, uning ustida esa chegaraviy qatlam hosil
144
bo‘lishiga erishiladi (5. 3-
e rasm). Harorat ko‘tarilib, molekulalar
orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi kamayganida moyning moylash xusu-
siyati ancha pasayadi.
5. 3- rasm.