K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


AVTOMOBIL  PLASTIK  SURKOV  MOYLARI



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

AVTOMOBIL  PLASTIK  SURKOV  MOYLARI
6. 1.
 Plastik surkov moylarining umumiy xususiyatlari
Plastik surkov moylari avtomobillarning, asosan, germetik ber-
ki tilmagan (karterlar ichiga joylashtirilmagan) ishqalanib ishlay-
digan tarmoqlarini moylash uchun ishlatiladi. Bunday moylar 
anti
­
friksion surkov moylari
 deb ataladi. 
Plastik surkov moylarida suyuq va qattiq moylash materiallari-
ning xususiyatlari mujassam etilgan. Plastik moylar panjara (kar-
kas) ko‘rinishdagi tuzilishga ega bo‘lib, u quyultiruvchining qattiq 
zarrachalari (dispers faza) va shu panjara ichiga kiritilgan suyuq 
moylar (dispersli muhit)dan tashkil topgan. Yuklanishlar ta’sirida 
karkas buziladi va moy suyuqlik holatida ishlaydi, yuklanish olin-
gach panjara yana tiklanib, moy yana qattiq jism shakliga o‘tadi. 
Bu plastik moylarning asosiy xususiyatidir. 
Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos) (80–90%), quyul-
tirgich (sovun) (10–20%), qattiq uglevodorodlar, bir jinsliligini 
saqlash maqsadida qo‘shilgan stabilizator, ba’zan to‘ldirgich (ma-
salan, grafit) kiruvchi murakkab birikmalardir. Plastik surkov mo­
yining asosiy xususiyatlarini unga qo‘shiladigan sovunli va sovun-
mas quyultirgichlar belgilaydi. 
Sovunli quyultirgichlar moyli kislotalarning tabiiy yoki sun’iy 
tuzlaridan iborat bo‘lib, ulardan ko‘proq kalsiyli, litiyli, natriyli, 
bariyli, aluminiyli, ruxli, qo‘rg‘oshinli va boshqalar ishlatiladi. Bu 
quyultirgichlar bilan tayyorlangan surkov moylari o‘rta va yuqori 
haroratlarda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. 
Sovunmas  quyultirgichlar  (qattiq  uglevodorodlar  –  parafinlar, 
serezinlar va boshqalar) asosida tayyorlangan surkov moylari nam-
likka chidamli bo‘lishi bilan birga, faqat past haroratlarda ishlatish-
ga yaroqlidir. 
153
Plastik surkov moylari ishqalanayotgan sirtlarga agressiv suyuq-
liklar, bug‘lar, abraziv materiallar (chang, ifloslik va boshqalar)ni 
kirishiga to‘sqinlik qilib u sirtlarning yeyilishini kamaytiradi. An-
tifriksion xususiyatlarga ega bo‘lishi tufayli, moylar ishqalanishga 
sarflanadagan  energiyani  kamaytiradi,  mexanizm  va  mashinalar­
dagi ishqalanishga sarflanayotgan quvvatni tejashga imkon beradi. 
6. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə