K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

  AVTOMOBIL  MOYLARI
5. 1.
 Motor moylari
5. 1. 1.
 Moylarning olinishi va tarkibi
Har qanday mashinada o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash 
uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. Ular texnika-
ning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biri hi-
soblanadi. 
Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan moylash 
materiallarining asosiy qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari aso-
sida tayyorlanadi. Jumladan, avtomobillarda ishlatiladigan moylar 
va bir qator maxsus suyuqliklarning asosiy komponenti mazutdan 
ajratib olinadigan suyuq mineral moylardir. 
XIX asrning 70- yillarigacha moylash materiali sifatida hayvon 
yog‘lari va o‘simlik moylaridan foydalanilgan. Moylash materiali 
sifatida neft mahsulotlaridan foydalanish D. I. Mendeleyev tomoni
-
dan taklif etilgan. Uning g‘oyasi asosida V. I. Ragozin tomonidan 
1876­ yilda Novgorod shahri atrofida mazutni haydash hamda sul
-
fat kislota va ishqorlar yordamida tozalash usuli bilan moy ishlab 
chiqariladigan dastlabki zavod qurildi. 
Mazut neftdan benzin, ligroin, kerosin va dizel yonilg‘isi frak-
siyasi ajratib olingan neft qoldig‘idir, ya’ni yengil fraksiyalardan 
xoli bo‘lgan neftdir. Shuning uchun mazutdan olinadigan moylar 
tarkibi, asosan, dvigatel yonilg‘ilari kabi uglevodorodlardan ibo-
103
rat. Biroq moy tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasi 
benzin va dizel yonilg‘isi tarkibidagi uglevodorodlarning moleku-
lar massasiga nisbatan katta (moy molekulasidagi uglerod atomlari 
soni 20 tadan 50 tagacha). 
Mazut to‘q jigarrang suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,89–1,00 g/sm
3

yonish issiqligi 38000 kJ/kg. 
Mazutdan olinadigan surkov moylari tarkibida uglevodorodlar-
dan tashqari, naften kislotalar, uglerodli birikmalar va smola-asfalt-
li moddalar bo‘ladi. 
Moylar ishlab chiqarish uslubiga ko‘ra distillat va qoldiq moy-
larga  bo‘linadi.  Distillat  moylar  mazutni  bosim  ostida  haydash 
yo‘li bilan olinadi. Vakuumli kolonnada mazut qovushoqligi har xil 
bo‘lgan (qaynash harorati 350–500°C oralig‘ida) moy distillatlari-
ga ajratiladi (5. 1- rasm). Vakuumda haydash mazutni parchalani-
shidan saqlab, qizdirish haroratini pasaytirib moy fraksiyalarini 
ajratishni osonlashtiradi. 
Yo‘l va bino qurilishi, 
elektrotexnik va lok-
bo‘yoq materiallari ishlab 
chiqarish uchun bitumlar
5. 1- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə