K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Slaneslar,  bitumlar  va  boshqa  xomashyolardan  olinadigan



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Slaneslar,  bitumlar  va  boshqa  xomashyolardan  olinadigan 
yonilg‘ilar.
 Yonuvchi slaneslar quruq haydalganida hosil bo‘ladi-
gan smola (slanes moyi) kimyoviy mahsulotlar, yonuvchi gazlar 
va boshqalar manbayidir. Yonuvchi slaneslardan 5–50 foiz smo-
la olinadi. Maksimal yonish issiqligi 14600–16700 kJ/kg. Dunyo 
101
bo‘yicha umumiy zaxirasi 450 mlrd. tonnadan ortiq. Slanes smo-
lasidan olingan sintetik benzinning oktan soni tadqiqot usulida 82, 
motor usulida esa 91 ni tashkil etadi. Slanes smolasi asosidagi dizel 
yonilg‘ilarining setan soni 48–56 oralig‘ida bo‘ladi. 
Ularning xossalari ko‘p jihatdan olingan joyning xususiyatlariga 
va mazkur yonilg‘ilarni hosil qilishda qo‘llaniladigan texnologiya-
ga bog‘liq. 
Yonuvchi slanes zaxirasini yonilg‘i-energetik resurslarning 
umumiy miqdoridagi ulushining juda ham kamligi (atigi 1 foiz 
atrofida) ulardan istiqbolli ommaviy yonilg‘i sifatida foydalanishni 
chegaralab qo‘yadi. 
Keyingi yillarda chet elda neft yonilg‘isi o‘rniga o‘simlik moyi 
(kungaboqar, loviya, paxta va boshqa o‘simliklar)ni ishlatish tadqiq 
qilinyapti. O‘simlik moyining yonish issiqligi ancha yuqori, lekin 
ularning qovushoqligining yuqoriligi dvigatel ishini qiyinlashtiradi 
(yonilg‘i uzatish qarshiligi oshadi, yonilg‘i nasosining ish unum-
dorligi pasayadi, purkash va aralashma hosil qilish jarayonlari 
yomonlashadi). Bularning hammasi yonilg‘i to‘la yonmasdan de-
tallarning sirtlarida hosil bo‘lishi va yonilg‘ining solishtirma sarfi 
ortishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə