K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Mazutni vakuumda haydash usulida
moy distillatlari olish tartibi. 


104
Mazut to‘la haydalgach, ya’ni nisbatan qovushoq moy fraksi-
yalari haydab olinganidan keyin, 
gudron
 
deb ataladigan qora smo-
lasimon massa qoladi. Gudron neft bitumlari olishda, yo‘l qurilishi 
materiali hamda qozonxona yonilg‘isi sifatida va yuqori qovushoq-
likka ega bo‘lgan moy sifatida ishlatiladi. 
Moy distillatlari tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ular 
tarkibida, uglevodorodlardan tashqari, smolali asfalt, oltingugurtli 
birikmalar, organik kislotalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Zararli 
aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan, 
polisiklik) ham moylash materallari sifatini yomonlashtiradi. Oltin-
gugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini os-
hiradi, smolali asfalt moddalar issiq detallarda qurum va lok paydo 
bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar moyning kimyoviy 
barqarorligini  yomonlashtiradi.  Erigan  qattiq  parafinlar  qotish 
haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushoqlik xossa-
larini yomonlashtiradi. 
Yuqori sifatli moylar olish uchun tozalash jarayonida bu aralash-
malarni chiqarib yuborish kerak. 
Moylarni tozalashning ko‘p usullari mavjud. Neft mahsulot-
larini tozalashda dastlab sulfat kislota yordamida tozalash usuli-
dan foydalanilgan. Bu usulda tozalash iqtisodiy jihatdan foydali 
bo‘lmaganligi, shuningdek, sulfat kislota turli aralashma va ke-
rakmas uglevodorodlar bilan jadal reaksiyaga kirishishi tufayli bu 
usuldan hozirgi paytda foydalanilmayapti. 
Neft mahsulotlarini tozalashda oqartiruvchi tuproq (adsorbent-
lar) bilan tozalash usuli keng tarqalgan. Bu usul adsorbentlarning 
g‘ovak sirtlarida qutbli aktiv birikmalarni tutib qolish xususiyatiga 
asoslangan. Oqartiruvchi tuproq, odatda, juda katta solishtirma sirt-
ga ega bo‘ladi va moydagi smolali asfalt, oltingugurtli birikmalar, 
organik kislotalar va boshqa moddalarning yutilishini ta’minlay-
di. Buning uchun kukun holatidagi tuproq distillat bilan yaxshilab 
aralashtiriladi  va  ma’lum  muddat  tindirilganidan  so‘ng  filtrdan 
o‘tkaziladi.  Filtrlash  natijasida  moy  tarkibidagi  smolali  –  asfalt 
105
miqdori kamayadi va buning natijasida rangi tiniqlashadi. Oqar-
tiruvchi tuproqning asosiy xususiyati moy tarkibidagi keraksiz 
qo‘shilmalarni o‘zida yutilishini ta’minlaganligi tufayli bu usulda 
tozalangan moyga ishqorlar eritmasi yordamida qo‘shimcha ishlov 
berish zarurati yo‘qligidir. 
Sulfat kislota yordamida, kontaktli va kislotali tozalash usul-
larida moylarni tozalashda moy smolali asfalt moddalardan, oltin-
gugurtli birikmalardan va kislotalardan qisman tozalanadi. Lekin 
moy tarkibidagi uglevodorodlar asl holida qoladi. Moy distillatla-
rini uglevodorodlardan tozalash moy sifatini oshiradi, jumladan, 
moy distillatlarini polisiklik uglevodorodlardan tozalash yuqori 
kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar olishga imkon yarata-
di. Bu vazifa selektiv tozalash usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Moylarni selektiv tozalash usuli erituvchilarning kerakmas aralash-
malar va uglevodorodlar bilan turlicha reaksiyaga kirishishi xusu-
siyatiga asoslangan. Tozalashning ikki xili mavjud: 1) aralashma 
eriydi, moyning uglevodorodli tarkibi esa o‘zgarmasdan qoladi; 
2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi, uning sifatini yomon-
lashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Olingan qatlamlar ajratilgach, 
erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituv-
chi aralashmalardan haydaladi, ikkinchi usulda esa uglevodorodlar-
dan moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, 
fenol, nitrobenzol, furfural kabi organik birikmalardan foydala-
niladi. Selektiv erituvchilar distillatlar bilan aralashtirilganida dis-
tillat tarkibidagi smolali asfalt moddalar erishi bilan birga, yuqori 
molekular siklik uglevodorodlar ham eriydi. Natijada 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə