3
I. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ta’limning integrallashuvi bo’limi
talaba-
yoshlarning ongini dunyoviy bilimlar bilan boyitishga, ularda
tabiiy fanlarning turli
sohalariga bo’lgan qiziqishini orttirishga qaratilgan. xalq xo’jaligining hamma sohalari
uchun zamon talablariga javob beradigan kimyogarlarni
tayyorlash kimyo fanining
dolzarb vazifalaridan biridir. oliy o’quv muassasalaridan kimyo sohasidagi nazariy va
amaliy bilimlarni puxta biladigan va ulardan amaliyotda foydalana
oladigan kadrlarni
yetishtirish talab etiladi. bunday kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida
o’qitiladigan atom va molekulyar spektroskopiya fanining ahamiyati nihoyatda kattadir.
Atom va molekulyar spektroskopik analiz metodlari fani turli murakkab obektlar (suv,
tuproq, havo, noorganik va organik moddalar, qotishmalar, geologik, biologik, atrof-muhit
obyektlari va hok.) analizini amalga oshiradigan, kimyoviy analizning nazariy asoslari va
metodlarini ishlab
chiqadigan, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy
tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlashni ta’minlaydigan metodlar
ishlab chiqadigan va
o’rgatadigan fandir.
II. O’quv fanini o’qitishning maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga atom va molekulyar spektroskopik analiz
usullarining asoslarini, kimyoviy–fizikaviy xossalarini bog’laydigan umumiy qonunlarni,
kimyoviy birikmalarni sintez qilishning
zamonaviy usullarini, kimyoviy xossalarini,
ularning sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llashni va analiz
qilishni o’rgatishdan iborat.
Analitik kimyoda atom va molekulyar spektroskopik analiz usullari.
Analizning
umumiy nazariy asoslarini, spektroskopik usullarning
asosiy prinsiplari bilan
tanishtirishdan va ularning hozirgi zamon rivojlanish yo’llari, fan, texnika va sanoatda
qo’llashning hamda atrof-muhit obyektlari ekologik monitoring
qilishdagi ahamiyatini
ko’rsatib berishdan iborat.