Kafedra: Umumtexnik fanlar Fan: Qishloq xo'jaligi muhandislik tizimlari Ma'ruzachi



Yüklə 8,95 Mb.
səhifə1/9
tarix25.05.2023
ölçüsü8,95 Mb.
#112796
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 MA\'RUZA INSTITUT, fakultet VA KAFEDRALARNING QISQACHA TARIXI VA

  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
  • TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI QARSHI FILIALI
  • Ma'ruzachi: Baratov Dilshod Doniyarovich
  • Asosiy darslik va qo'llanmalar
  •  
  • 1. B. Shaymardanov, B. Xudayarov, Q. Shavazov, K. Astanaqulov.Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandisini tayyorlash asoslari. Darslik. Toshkent., 2020y. 225 bet.
  • 2. B.Xudoyorov, B Sarimsakov. Qishloq xo'jaligi muxandislik tizimlari. O'quv qo'llanma. Toshkent., 2020 y. 130 bet.
  • 3. M.Toshboltaev, SH.Azizov. Fermer xo'jaliklari va mashina-traktor parklari uchun talab etiladigan texnika tarkibi va sonini hisoblash. Toshkent, 2014.180 b.
  • 4. Rajabov A., Vohidov A.X. Mutaxassislikka kirish. Toshkent. ToshDAU, 2017, -234 b.
  • 5. B.Xudayarov, Yo.Jumatov. Qishloq xujaligida muxandislik tizimlari fanidan amaliy
  • mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy qullanma. Toshkent.-2018. 41b.
  • 1-MA'RUZA. INSTITUT, fakultet VA KAFEDRALARNING QISQACHA TARIXI VA FAOLIYATI.
  • REJA:
  • 1. Kirish.
  • 2. O'zbekiston sharoitida qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muammolari.
  • 3. Institutning qisqacha tarixi.
  • 4. Fakultetlar va kafedralarning faoliyati.
  • Tayanch so'z iboralar: muhandis, muhandis-foydalanuvchi.

Kirish

  • Muhandis
  • ilmiy bilimga asoslangan fikrlovchi, mantiqiy fikrlash ilmiga ega bo'lgan va uni qishloq xo'jaligida mahsulotlar yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishda qo'llay oladigan
  • insondir.
  • Dunyoda bugungi kunda oziq-ovqat muammosi bo'lgan, kunlik ehtiyoj mahsulotlaridan bebahra qolayotgan mamlakatlar hanuz bor.
  • Dunyo hamjamiyatining barcha sohalar bo'yicha jadal rivojlanishiga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi ham o'zining munosib hissasini qo'shib bormoqda. Respublikamizda aholini qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabini to'liq qanoatlantirib borish bo'yicha Prezidentimiz SH.Mirziyoev boshchiligida bir qancha islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bozorlarimizni to'ldirib turgan, turli-tuman mevalar orasida xorijdan keltirilgan bir necha xillari ko'zni qamashtirsada, o'zimizda yetishtirilganlari o'ziga xos ta'mi va narxining pastligi bilan aholi ehtiyojini qondirib kelmoqda.
  • Keyingi yillarda, mamlakatimiz nafaqat don mustaqilligiga, balki uni eksport qilish imkoniyatiga ham erishdi. O'zgaruvchan tabiiy-iqlim sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi oldida turgan asosiy masalalardan biri – bu mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash, ularning sifatini oshirish va yetishtirish texnologiyasini takomilashtirish hisobiga qishloq xo'jaligi tarmog'ining raqobatbardoshligini oshirishdir.
  • Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish jarayonida agrotexnik tadbirlarni to'g'ri tanlash va o'z vaqtida o'tkazish, texnologik jarayonlardagi yangiliklarni keng qo'llash hosildorlikni
  • oshirishda muhim ahamiyatga ega.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə