Kalit so`zlar: oliy ta’lim, tadqiqot, ta’lim, ijtimoiy hissa, industry-academia collaboration



Yüklə 18,7 Kb.
səhifə2/2
tarix14.05.2023
ölçüsü18,7 Kb.
#110211
1   2
maqola

5.2 Oliy ta’lim rolining o`zgarishi
An’anaviy tarzda oliy ta’lim uchta rolni o`ynaydi: ta’lim berish, tadqiqot va ijtimoiy hissa. Ushbu uchlikni solishtirganda, ta’lim va ijtimoiy hissa (social contribution) jamiyat bilan ochiq faoliyat bilan bog`liq bo`lsa, tadqiqot esa alohida hududda rivojlangan, mustaqil faoliyat sifatida tadqiqotchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan harakat. Biroq, 1990-yillarda globallashuv jarayoni jadal rivojlandi, odamlar, tovarlar, kapital (pul) va ma’lumotlar milliy chegaralar orqali erkin harakatlana boshladi, buning natijasida oliy ta’lim mohiyati ham o`zgarishlarni talab qildi. Bir tomondan, Oliy ta’limga bo`lgan talab iqtisodiy taraqqiyot va boylikka erishgan yirik mamlakatlarda oshdi. Boshqa tomondan, qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan mamlakatlarda oliy ta’lim rivojlanmadi, ushbu mamlakatlar oliy ta’limga bo`lgan talabni qondirolmadi.
Ushbu o`zgarishlar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari baynalminallashmoqda. O`rta yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar bilan oliy ta’lim tizimi, ularning standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirishga harakat qilmoqda, shuningdek chet el ta’lim tizimini o`rganishni targ`ib qiladi. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassalarini o`rtasida kelishuvga asos solindi. Osiyo qit’asini misol qilib oladigan bo`lsak, ta’lim tizimi tarmoqlari strukturasi va dasturlari so`nggi yillarda ko`p tarmoqliga aylandi, ushbu hamkorlik nafaqat ikki institutlar o`rtasida, balki uch va undan ortiq institutlar hamkorlik milliy chegaralarni kesib o`tdi.
Oliy ta’limni xalqarolashtirish millatlararo oliy ta’limni o`sishiga olib keldi. Bu nafaqat talabalar milliy chegaralar orqali harakatlanadigan an’anaviy shakli emas, shuningdek, institutlar va dasturlar milliy chegaralar bo`ylab yetkazib beriladigan shakli hisoblanadi. Shuningdek, bu yerda o`rganishning mavjud akademik sohalar bilan cheklanmagan yangi turlari mavjud, ammo har xil muzokaralarni qamrab oladi. Bir-birining farqlarini tushunish uchun, birining ixtisosligi bilan birlashish zarur va yangi tadqiqot sohasini yaratish kerak. So`nggi yillarda, o`rganish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o`quvchilarni darslarga faolroq qatnashishga undagani kuzatildi.

In addition, the Times Higher Education


(THE) Impact Ranking, which visualizes the
social contribution efforts of universities, will be
discussed, and an overview of how Japanese
universities are reported will be given
Yüklə 18,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə