Kalit so`zlar: oliy ta’lim, tadqiqot, ta’lim, ijtimoiy hissa, industry-academia collaboration



Yüklə 18,7 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2023
ölçüsü18,7 Kb.
#110211
  1   2
maqola


Abstrakt
Ushbu maqola Barqaror Rivojlanish Konsepsiyasi (BRM) va Oliy ta’lim o'rtasida aloqalarga e’tibor qaratadi. Oliy ta’lim jamiyat rivojlanishida quyidagi 3 ta muhim rolni o‘ynaydi: ta’lim, tadqiqot va ijtimoiy hissa. Biroq, globallashuv jarayoni tufayli, ushbu ijtimoiy rollarning rivojlanishi asta-sekin shakllanmoqda. Quyida BRK negizida Oliy ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo`lgan 2 ta maqsadi mavjud. Ushbu maqsadlar “barcha erkaklar va ayollar uchun bir xil arzon va sifatli texnikadan foydalanish, kasbiy va tertiary education, shuningdek universitetlarga kirish imkoniyatidan foydalanishga qaratilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, faqat oliy ta’lim bilan qamrov darajasi emas, balki uning sifati ham muhim sanaladi. Shuningdek, Times Higher Education jurnali universitetlarning BMT ning barqaror rivojlanish maqsadlariga ta’sir qatorini ommaga taqdim qildi va unda universitetlarning global ko`rsatkichlarini ko`rsatilgan, ushbu ko`rsatkichlar BRK ga ko`ra hisoblab chiqishadi. Ushbu ko`rsatkichda 2019-yil Yaponiya eng yuqori o`rinni egallagan, Yaponiya universitetlari global muammolarga yechim topishda faol harakat qilishadi. BRK ko`rsatkichlariga erishish uchun turli sa’y- harakatlar qilinishiga qaramasdan, Covid-19 global ta’sirini o`tkazdi va bu Oliy ta’limni muhim imkoniyatlarini qayta ko`rib chiqish uchun imkoniyat yaratdi. Buning asoslarini hisoblab olib, ushbu maqola Yaponiya oliy ta’limidagi turli tadbirlar va tashabbuskorliklarni tanishtiradi. Misol uchun: barqaror rivojlanish uchun ilmiy va texnologik izlanishlardagi hamkorlik. Bu izlanishlar global muammolarga birgalikda qarshi kurashishga targ`ib qiladi. Xulosa o`rnida, bu maqola oliy talimning jamiyatdagi kutilgan rolini va global muammolarning BRK ning boshqa maqsadlariga bilvosita ta’sirini ko`rsatib beradi.
Kalit so`zlar: oliy ta’lim, tadqiqot, ta’lim, ijtimoiy hissa, industry-academia collaboration
Kirish
1990-yilda Ta’lim bo`yicha Butunjahon Konferensiyasida asosiy ta’lim, ayniqsa boshlang`ich ta’limga xalqaro darajada urg`u berila boshlagani aniq bo`ldi. Bu vaqt ichida, asosiy ta’limni rivojlantirish global darajada keskin rivojlandi. Barqaror Rivojlanish Komsepsiyasi (BRK) 2030-yilgacha mo`ljallangan yangi maqsadlar qo`shildi. Bu maqsadlar Maktabgacha ta’limdan Oliy ta’limgacha o`tish jarayonidagi imkoniyatlarini yuqori sifatli ta’lim imkoniyatlarini taklif qilish orqali ta’lim darajasini kengaytiradi
Oliy o`quv yurtlari inson kapitali rivojlanishida muhim rol o`ynaydi va bu BRK ning maqsadlariga erishishda hissa qo`shadi (Barqaror Rivojlanish Yechimlari Network-Australia/Pacific 2017). BRK to`rtinchi qismida 2 ta maqsad ya’ni 4.3 va 4.b to`gridan to`g`ri oliy ta’limga tegishli. 4.3-maqsadda alohida aytilgan: “2030-yilga borib barcha erkaklar va ayollar bir xil arzon va sifatli texnika bilan ta’minlanadi, kasbiy va tertiary education da ta’lim olish, shuningdek universitetlarga kirish imkoniyatidan foydalana oladi. Ilgari, rivojlanish nazariyalarida iqtisodiy taraqqiyot kambag`allikni qisqartirish muhim uchun mihim hisoblangan bo`lsa, ta’lim esa kelajakdagi mahsulotlarni yaxshilash va iqtisodiy o`sishga erishish uchun asosiy investitsiya sifatida ko`rilgan. Xususan, Oliy ta’lim kasbiy va texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun muhim omil sifatida urg`u berildi. Biroq, jiddiy qashshoqlik muammolari va 1970-yildagi ommaviy ishsizlikda iqtisodiy o`sishning o`zi kambag`allikni qisqartirishning yo`li emasligi ma’lum bo`ldi. Ta’limning o`zi investitsiya sifatida qabul qilinadi, boshlang`ich ta’lim umumiy bilimlar va hayotiy tajribalar bilan oliy ta’limga erishishni maqsad qiladi va shu bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning e’tiborini tortdi. 1990-yillardan beri ta’limga nisbatan yondashuv inson huquqlari sifatida rivojlandi. Bunda BMT ning Ming Yillik Rivojlanish Konsepsiyasida (MRK) boshlang`ich va o`rta ta’lim bilan bog`liq maqsadlar belgilandi ba bu maqsadlarnining so`nggi muddati 2015-yil. Oliy ta’lim esa MRK da gender tafovutini bartaraf etishda bilvosita ta’kidlaning o`tilgan, oliy ta’lim BRK si doirasida asosiy maqsad hisoblanadi. Bu shuni ko`rsatadiki oliy ta’lim bir necha yillar ichida asosiy ta’limning kengaytirilgan shaklida yana bir marta e’tiborni tortdi.
Oliy ta’limga qaratilgan yana bir maqsad-4.b da quyidagilar bayon etilgan: “2020-yilga kelib, rivojlanayotgan, xususan rivojlanish darajasi past bo`lgan mamlakatlar, kichkina rivojlanayotgan orol mamlakatlar va Afrika mamlakatlarida mavjud stipendiyalar miqdori sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Bu maqsad 4.3-maqsadni amalga oshirish uchun zaruriy chora sifatida joriy qilingan. Ushbu maqsad rivojlanayotgan mamlakatlardan bo`lgan talabalar uchun stipendiya miqdorini oshirishni ko`zlagan.
BRK maqsadlari biznes bilan bog`liq keng doiradagi muammolarni hal qiladi, bular kambag`allik, sog`liqni saqlash, ta’lim, iqlimning o`zgarishi va atrof-muhitni buzilishi. Shuning uchun, hukumatlar va kompaniyalar BRK ni strategik masala sifatida ko`rib chiqishni tavsiya etadi. Korxonalar sonining ortib borishi BRK o`z ichiga qamrab oladigan menejment strategiyalarni ishlab chiqishga undamoqda. Ushbu tendensiya bilan birgalikda, BRK ga tegishli bo`lgan muammolarni to`g`risida keng va chuqur tushunchaga ega bo`lgan bitiruvchilarga talab oshib boradi va ular global muammolarga yechim topish ustida ishlashadi. Universitetlar BRK bilan bog`liq bo`lgan kontentni o`rganishga va o`qitishga birinchilardan bo`lib moslashuvi kutilmoqda va inson kapitalini rivojlantirish bilan BRK maqsadlariga erishishda hissa qo`shadi, chunki, ta’lim muassalari ijtimoiy o`zgarishlarga javob beradigan tashkilotlar hisoblanadi.
Ushbu bob BRK ning to`rtinchi maqsadi va oliy ta’lim o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga e’tibor qaratadi. Ushbu maqolaning qolgan qismi quyidagicha tuzilgan. 5.2-bo`limda universitetlarni xalqaro darajaga olib chiqish uchun qilinadigan harakatlarni umumlashtiradi, shu bilan bir qatorda, hozirgi kundagi globallashuv va uning xususiyatlari, asosan Osiyo qit’asiga tasirini bayon etadi. Muallif ham BRK maqsadlariga erishish yo`lidagi yangi rollarni va kutilayotgan muammolarni hisobga oladi. 5.3-bo`limda oliy ta’lim va BRK ning boshqa maqsadlari o`rtasidagi munosabatlarni ta’lim, tadqiqotlar va ijtimoiy ko`mak nuqta’I nazaridan oldingi adabiyotlarga asoslanib o`rganiladi. 5.4-bo`limda Yaponiyaning BRK ni amalga oshrishning asosiy tamoyillari haqida so`z boradi va qanday qilib oliy ta’lim muhim sarmoyador ekanligi sifatida tan olinganligiga oydinlik kiritiladi. 5.5-bo`limda COVID-19 ga e’tibor qaratiladi, u 2020-yildan beri dunyoga sezilarli darajada ta’sir ko`rsatmoqda va uning oliy ta’limga ta’sirini so`nggi hisobotlardan umumlashtiriladi. Ushbu munozaralarga asoslanib, oliy ta’limda kutilayotgan muammolar va rollar post-COVID-19 nuqta’i nazaridan xulosalar beriladi va 2030-yilgacha BRK ga erishish ko`rib chiqiladi, shu bilan birga BRK ning boshqa maqsadlariga bilvosita tasiri ham e’tiborga olinadi

Yüklə 18,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə