Kalit so’zlar


Elektron portfolio tizimi va uni tashkil etish turlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə33/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Elektron portfolio tizimi va uni tashkil etish turlari
Elektron portfolio — boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati natijalarini baholashda ko‘maklashishga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi.
Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio);
• veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);
• elektron taqdimot;
• natijalar papkasi.
Elektron portfolio ko‘rgazmaliligi, qulayligi, resurslarining aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega:
• zamonaviyligi;
• tezkorligi (kerakli o‘zgarishni tezda kiritish imkoniyati);
• funksionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb- mutaxassislarga, qiziquvchilarga o‘z tajribasini namoyish etish ikmoniyati) hamda o‘z muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning o‘zida doimiy ravishda to‘ldirib borish mumkin bo‘lgan raqamli ta’lim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish imkoniyatining mavjudligi;
• effektivligi (o‘qituvchini o‘z-o‘zini baholashi, boshqaruvchi hamda talabalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish);
Portfolioning taqdimot shakli ma’lumotlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa ko‘proq ma’lumot olish va izlash imkoniyatini beradi. Internet izimining o‘quv jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar portfolioning sayt-portfolio shaklida yaratish va uning resurslarini doimiy yangilanib borishini markazlashgan holda tizimli yo‘lga qo‘yish orqali samara berishi mumkin. Shuning uchun portfolioni tarmoqda saytportfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq.
Portfolioning muhim jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, talabalarining olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan ilmiy izlanishlari kabilarni) namoyish etishdan iborat. Portfolio o‘qituvchiga o‘z ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, o‘z imkoniyatlarini ob’ektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish hamda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.
Portfolio resurslarini shakllantirishda quyidagi jihatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq:
• tizimlilik;
• taqdimotlilik;
• yutuqlarni haqqoniy, to‘g‘ri baholash;
• taqdim etilayotgan axborotlarning to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi;
• ma’lumotlarning ob’yektivligi.
Shunday qilib, portfolio pedagogik faoliyatning turli xil ko‘rinishlarida (o‘quv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) o‘qituvchi tomonidan erishilgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi.
Bir qancha mualliflar o‘z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini taklif etishgan:
• yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi;
• taqdimot portfoliosi – o‘qituvchining eng yaxshi ishlari to‘plami, ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan o‘tish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak bo‘ladi;
• hisobot ko‘rinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot beradi;
• majmuaviy portfolio – yuqorida ko‘rsatilgan portfolio ko‘rinishlarini qamrab oladi va o‘qituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisining elektron portfoliosi quyidagi asosiy turlarga yo‘naltirilishi zarur:
1. O‘qituvchi haqida ma’lumotlar: portfolioning ushbu bo‘limida: familiya, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili; ma’lumoti (ta’lim muassasasi nomi, bitirgan yili, mutaxassisligi va diplom bo‘yicha ixtisosligi); mehnat va pedagogik tajribasi, ushbu ta’lim muassassidagi ish tajribasi; malaka oshirish (kurslarda tinglangan tizim nomi, yili, oyi, kurslar problematikasi); kasbiy rivojlanish individual rejasi, unda belgilangan maqsadlar va o‘z kasbiy o‘sishi vazifalari, egallashi kerak bo‘lgan malakalar, yaqin 2–3 yil mobaynida o‘tishni maqsad qilib qo‘ygan treninglari va kurslari (o‘qituvchining kasbiy rivojlanish maqsadlari va vazifalari o‘qitiladigan fani kasbiy standartlari, talabalarning o‘zlashtirishlari, oliy ta’lim muassasasi rejasiga mos bo‘lishi kerak); ilmiy va faxriy unvon va darajalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; hukumat mukofotlari, yorliqlari, minnatdorchilik nomalari; turli tanlovlar diplomlari; attestatsiyadan o‘tuvchining ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar.
2. «Pedagogik faoliyat natijalari» (sxemalar, grafiklar va jadvallar ko‘rinishida 3 yil davomidagi o‘quv fani sohasidagi yutuqlari dinamikasi, jumladan, kirish imtihonlari) — portfolioning ushbu bo‘limida talabalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlari natijalarini va pedagog o‘qitadigan fanlar bo‘yicha ularda shakllangan asosiy malakalarni ifoda etuvchi materiallar, quyidagilar asosida 3 yil davomidagi:
• bilimlari nazorat o‘lchamlari;
• talabalarning oraliq va yakuniy attestatsiyalari natijalari;
• iqtidorli talabalar mavjudligi;
• bitiruvchilarning magistraturaga o‘qishga kirishlari;
• talabalarning fan yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga kirishlari haqidagi ma’lumotlar;
• talabalarning tuman, shahar, mintaqaviy va respublika olimpiadalari, tanlovlarida ishtirok etishlari kabi pedagog faoliyati tahlili joylashtiriladi.
3. «Ilmiy-metodik faoliyat» (o‘quv va tarbiyaviy ishlarda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish): pedagog tomonidan tanlagan ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlar to‘plamini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan o‘z amaliy faoliyatida qo‘llaydigan ta’lim natijalarini baholash uchun u yoki bu pedagogik diagnostika vositalari berilgan materiallar; ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi bo‘yicha materiallar, rivojlanish muammolari bilan talabalarni o‘qitish metodik texnologiyalari; metodik birlashmalarda ishlashi, oliy ta’lim muassasasi metodik markazi, boshqa OTMlar va boshqa muassasalar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi materiallar; hisobot materiallari, kasbiy va ijodiy pedagogik tanlovlarda ishtirok etishi, seminarlar, «davra suhbatlari», master-klasslar va shu kabilarni tashkil etish va o‘tkazish; ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mualliflik dasturlarini ishlab chiqish; doktorlik dissertatsiyasi qo‘lyozmasini yozish; ijodiy hisobot, referat, hisobotlar, maqolalar tayyorlashdan iborat.
4. «Fan bo‘yicha darsdan tashqari faoliyat»: Тalabalarning fan bo‘yicha bajargan ijodiy ishlari, referatlari, o‘quv-tadqiqotchilik ishlari, loyihalari ro‘yxati; olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar, intellektual marafonlar va boshqalar g‘oliblari ro‘yxatlari; sinfdan tashqari tadbirlar ssenariylari, o‘tkazilgan tadbirlar fotosuratlari va videomateriallari (ko‘rgazmalar, fan ekskursiyalari, tanlovlar, breyn-ringi va boshqalar); to‘garaklar va fakultativlar dasturlari; boshqa materiallardan iborat.
5. «O‘quv-moddiy bazasi» (pedagogning o‘z kabinetini metodik jihozlashga qo‘shgan hissasi):
• fan bo‘yicha lug‘atlar va boshqa axborot adabiyotlarning mavjudligi;
• ko‘rgazmali qo‘llanmalarning mavjudligi (maketlar, jadvallar, sxemalar, illyustratsiyalar, portretlar va boshqa-lar);
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilarning mavjudligi;
• talabalar bilimlari sifati o‘lchamlari;
• texnik vositalarning mavjudligi (televizor, videomagnitofon, musiqa markazi, diaproyektor, kompyuter va ta’lim kompyuterli vositalari, audio va video qo‘llanmalar);
• doimiy foydalaniladigan o‘quv texnik vositalari haqidagi ma’lumotlar;
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilardan, magistraturaga kirish imtihonlariga tayyorlanishi bo‘yicha materiallardan foydalanish;
• pedagog ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar.
6. «Guruh rahbari sifatida pedagogning vazifalari»: guruh talabalari o‘zlashtirishlari va bilimlari sifati tahlili; guruhda talabalar tartibi saqlanib qolishi haqida ma’lumotlar; huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar; ota-onalar bilan ishlash haqidagi ma’lumotlar; guruh rahbari soatlari va ota-onalar majlislari ishlab chiqilishidan iborat.
7. «O‘z pedagogik faoliyati natijalarini baholash».
8. «Taklif va mulohazalar» — talabalar, hamkasblari, ma’muriyat, ota-onalar baholari.
Portfolioni tayyorlash
Pedagog portfoliosi pedagogning o‘zi tomonidan papkada — fayllar to‘plamida qog‘ozda hamda elektron ko‘rinishda tayyorlanadi. Portfolioga kiritilgan har bir alohida material (yorliqlar, tashakkurnomalardan tashqari) sanasi qo‘yilishi va imzolanishi kerak.
Portfolioni baholash. Portfolio ta’lim muassasasi ma’muriyati yoki taqdim etilishi maqsadiga qarab jamoat organi tomonidan baholanadi. Baholashda portfolio barcha materiallari talabalar natijalariga, pedagog malakasini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shu tariqa, pedagog elektron portfeli bir tomondan, pedagogning shaxsiy portfoliosi, ikkinchi tomondan, boshqa pedagoglar, metodistlar, IT-mutaxassislar tajribalarini birlashtirish va anglab yetish hisoblanadi. Unda pedagog hamda uning talabalari mustaqil va ijodiy faoliyatlari uchun o‘rin ajratiladi. Bundan tashqari, kompyuter hamda Internet tarmog‘i yordamida ta’lim muhitida boshqa pedagoglar, talabalar bilan muloqotlar va o‘zaro aloqalarda (elektron seminarlar, maslahatlar, veb-loyihalar va shu kabilar) namoyon bo‘ladigan elektron portfolioni ishlab chiqishda hamda foydalanishdagi kommunikativ rolini alohida ta’kidlab o‘tamiz.
Elektron portfelni yaratish uchun: Microsoft FrontPage, Adobe Dreamweaver, Adobe Flash va boshqa veb-nashrlarni yaratishga yo‘naltirilgan turli instrumental dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. Elektron portfelni mazmun bilan to‘ldirish ishini tashkil etishda, pedagogik faoliyatda muhim bo‘lgan materiallarning to‘g‘ri tanlovida quyidagi: turli mavzular bo‘yicha materiallar berilishi yaxlitligi; aniq tuzilmasi va ti-zimlashtirilganligi; chuqur va sifatli ishlab chiqilganligi; to‘g‘ri bayon etilishi; tartibli va estetik tayyorlanganligi; doimiy va muntazam yangilanishi; dasturiy-metodik to‘plamlar ishlab chiqilishi talablariga muvofiqligi jihatlariga e’tibor qaratish zarur.
«Elektron portfel» mazmunini dasturiy-metodik majmua bilan to‘ldirishda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri o‘qitishda kompyuter vositalari: elektron o‘quv qo‘llanmalari; kompyuterli test topshiriqlari; multimediyali taqdimot va ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. «Elektron portfel»ning eng muhim qismi bo‘lgan kompyuterda amalga oshiriladigan ta’limiy vositalarga, ta’lim jarayonini tashkil etishda, fanlarning (psixologiya, pedagogika, informatika va boshqa) so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan, pedagog kasbiy faoliyati funksiyasining bir qismini amalga oshiruvchi va ta-labalar bilimlari mazmun-mohiyatini anglash faoliyatlarini interaktiv boshqaruvchi asosiy didaktik talablarga javob beradigan o‘quv (ta’limiy) dasturlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, agar har bir OTM o‘qituvchisi yaxlit elektron portfelga ega bo‘lib, barcha muhim materiallarni jamlasa, ta’lim jarayonini tashkil etishda ahamiyatli bo‘lgan didaktik samaradorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari, pedagog o‘zining elektron portfelidan mustaqil foydalanishi ham, boshqa o‘qituvchilarning va IT-texnologiyalari mutaxassislarining eng yaxshi ishlanmalaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa, elektron portfelni yaratish va mazmun bilan uni to‘ldirish vaqtida, har bir OTM o‘qituvchisi kasbiy mahorati o‘sishiga, kompyuter vositasida o‘qitishga hamda o‘z fani bo‘yicha bilim darajasini takomillashtirishga erishadi.

Nazorat savollari:


1. Portfolio so‘zining ma’nosi nima?
2. Portfolio atamasidan dastlab qayerda va qaysi sohalarda qo‘llanilgan?
3. Portfolioning qanday turlari mavjud?
4. www.portfolio.bimm.uz portfolio tizimi qanday qismlardan tashkil topgan?
5. Xorijiy portfolio tizimlaridan qaysilarini bilasiz?

Adabiyotlar:


1. I.Aldjanova “O‘quv portfoliosi – bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompitentlikni shakllantirish vositasi sifatida” Pedagogik ta’lim jurnali, 2012 yil 4-son, 46-bet.
2. S.Musayeva “Portfolioning maqsad va mohiyati” Pedagogik ta’lim jurnali, 2013 yil 1-son, 20-bet.
3. U.Begimkulov, T.Shoymardonov i dr. Informasionno-metodicheskoye obespecheniye neprerыvnosti obrazovatelnogo prosessa na osnove elektronnogo soprovojdeniya. Materialы mejdunarodnoy konferensii. Sankt-Peterburg (Rossiya), 2012 god, 5 str.
4. www.portfolio.bimm.uz – elektron portfolio tizimi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə