Kalit so’zlar


An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida elektron pedagogikaning xususiyatlari
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim mazmuni tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq jihatlari va aloqalarini rivojlantirish orqali o’quvchiga hohlagan o’quv materiali fragmentidan alohida yoki boshqa elementlar bilan bog’liq tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug’diradi.
Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar ta’lim mazmunini har xil darajalarda rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, o’quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashuvchanligi jihati ta’limni individuallashtirish tamoyiliga to’la muvofiqdir.
SHunday qilib, axborot texnologiyalarining o’qitish jarayonida keng qo’llanilishi yangi pedagogik uslub va vositalar taraqqiyoti, o’qituvchilar faoliyati xususiyatlarining tubdan o’zgarishi hamda an’anaviy pedagogik tizimning isloh qilinishiga olib kelishi muqarrardir.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo’llash muammosi shu texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash masalasi bilan chambarchas bog’liq. Ushbu muammoni yechimi innovatsion texnologiyalar va o’qitish jarayoni o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish, ya’ni ta’lim tizimining texnologik va pedagogik bo’linmalari o’rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Texnologiyalarni to’g’ri tanlash muammosi ularning haddan tashqari ko’pligi va rang-barangligi bilan ham e’tiborlidir. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimida qo’llaniladigan axborot texnologiyalarining quyidagi asosiy turlari mavjud:
bosma materiallar;
– audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar;
– telefon;
– radio va televideniyalar jumladan, sputnik va kabel televidenielar;
– Elektron pochta;
– kompyuter o’qitish dasturlari;
– WWW (World Wide Web) Vsemirnaya kartina;
– telekonferentsiyalar (audiokonferentsiyalar, audiografik konferentsiyalar, videokonferentsiyalar, kompyuter konferentsiyalari).
Ushbu texnologiyalar turli parametr va ko’rsatkichlarga ko’ra bir-biridan farq qiladi:
1. Bosma materiallar. Ular hozirda ham aksariyat o’quv kurslarida ma’lumot va o’quv material mazmunini aks ettiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bular qatorida kitob, jurnallar, boshqa turdagi bosma materiallarini ko’rsatish mumkin.
Lekin bosma materiallarni tayyorlashda ham ko’pincha zamonaviy innovatsion texnologiyalardan (skaner, faks, kichik hajmdagi bosmaxonalar va x.k.) foydalaniladi.
2. Audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar. Bular ham zamonaviy ta’lim tizimida keng qo’llaniladi. Videomateriallar (kasseta va disklar) talabalar orasida individual foydalanish uchun yoki butun o’quv guruhi tomonidan o’quv auditoriyalarida ko’rish maqsadida tarqatilishi mumkin. Jamoa shaklida tomosha qilishda talabalar o’rtasida munozara va bahs uyushtirish imkoniyati ham paydo bo’ladi. YOzib olingan video va audiomodullar o’qitishning interaktiv modullari bilan birgalikda masofali ta’lim jarayonida qo’llanilsa katta samara berishi mumkin.
3. Telefon aloqasi. Telefon masofali ta’lim kurslarini uzatishda, talaba va ta’lim beruvchi o’rtasidagi interaktiv muloqotni uyushtirishda keng qo’llanilmoqda. Bu texnologiyaning oddiyligi va nisbatan arzonligi telefonning masofali ta’lim jarayonida keng qamrovli tarzda ishlatilishining asosiy sabablaridan biridir.
4. Radio va televideniya (shu jumladan, sputnik va kabelli televideniya). Keng auditoriyalarga mo’ljallangan o’quv kurslarini yetkazishda radio va televidenie juda samarali vosita deb hisoblanadi. Ammo bu texnologiyalar masofali ta’lim samaradorligini chegaralab, ta’lim oluvchilar uchun distantsion kurslarini qulay vaqtda o’rganish imkoniyatini bermaydilar.
5. Elektron pochta. Bu texnologiya o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’quv aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish maqsadida yoki talabalar o’rtasidagi o’quv aloqa konferentsiyalarini o’tkazishda qo’llaniladi. Aloqa konferentsiyalarining ochiq va yopiq turlari bo’lib, ular ham o’z navbatida boshqariladigan (modeliruemye) va erkin tarzda o’tkaziladigan (nemodeliruempie) toifalariga ajratiladi. Aloqa konferentsiyasi davomida uyushtiriladigan munozara va munozaralarning boshqariladigan turi samarali hisoblanadi. Bunda maxsus mutaxassis-moderator (fasilitator) bahs-munozarani o’quv kursi maqsadlariga muvofiq holda boshqarib va yo’naltirib boradi. Internetdagi alohida WEB sahifalarida olib boruvchi o’qituvchilar uchun foydali ma’lumotlar joylashtirilgan.
Rivojlanayotgan elektron pedagogika ta'limni kompleks axborotlashtirishda ma'lum bir ustuvor o'rinni egallaydi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə