Kalit so’zlar


Innovatsiyalarning ta’limdagi o’rni



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə7/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Innovatsiyalarning ta’limdagi o’rni
Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan.Dastlab innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.А.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.SHerbakov ishlarida tadqiq etilgan.
Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, А.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «Hayoti va faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
Аxborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. Oʼzbekistonda ham soʼnggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan boʼlib taʼlim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday oʼz aksini topganligini quyidagilarda koʼrishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagi:
a) Gendr pedagogikasi;
b) Evristik pedagogika;
v) Majburiy pedagogika;
g) Аndrogogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi bilan belgilandi.
Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida, dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida koʼrishimiz mumkin.
- Taʼlim mazmuniga innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi.
- Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida koʼramiz. Аktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.
- Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida koʼrishimiz mumkin.
- Oʼqitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari bilan izohlanadi.
- Oʼqitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz.
- Oʼqitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda koʼrishimiz mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə