Zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy



Yüklə 353,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix28.05.2023
ölçüsü353,83 Kb.
#113677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


 
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR 
TAYYORLASH MILLIY DASTURINING IJTIMOIY 
MOHIYATI 
REJA: 
1.
 
O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini isloh 
qilish omillari. 
2.
 
Prezident I.A.Karimov orzusidagi shaxs. 
3.
 
O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning milliy 
modeli va uning tarkibiy qismlari. 
4.
 
"Portlash effekti" va uning samaradorligi. 
5.
 
Milliy dasturning modellari. 
 
6.
 
Xulosa. 
7.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 


KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI VA UNING 
MOHIYATI 
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 
ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila 
boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuriti-layotgan xalq ta’limi 
tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal 
etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim 
tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi 
sa’i-harakat-larning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O‘zbekis-
tonning ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun 
mazmunida Respublika ta’limi tizimi, uning asosiy yo‘na-lishlari, maqsad, 
vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini 
topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning 
amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l 
qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida 
olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega 
bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish 
zarurligi belgilandi. SHu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida 
yangi 
tahrirdagi 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. 
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy 
etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.
Fuqarolarning ma’naviy etukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim 
tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat 
qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror 
topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, 


shuningdek, aholining etnopsixo-logik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va 
hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar 
to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay 
oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa 
qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, 
shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish 
jarayoni tashkil etadi. 
Xo‘sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning 
mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan? 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi-ning 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning 
tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan 
hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola 
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga 
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir
1

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan 
isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la 
xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy 
tizimini yaratishdan iboratdir
2

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to‘laqonli 
ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. 
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi: 
-
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari 
1
Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий ҳужжатлар тЎплами. – Т.: Шарқ 
нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 20-бет. 
2
Ўша манба, – 25-бет. 


hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish 
negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida 
izchil rivojlantirishni ta’minlash; 
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan 
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; 
-
kadrlar 
tayyorlash 
tizimi 
muassasalarini 
yuqori 
malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy 
maqomini ko‘tarish; 
-
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijti-moiy va 
iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojla-ridan, fan, madaniyat, 
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari-dan kelib chiqqan holda 
qayta qurish; 
-
ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy 
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attesta-stiyadan 
o‘tkazish va akkreditastiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy 
qilish; 
-
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan 
darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi 
va barqaror rivojlanishining kafo-latlarini, ustuvorligini ta’minlovchi 
normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; 
-
ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integrastiyalashuvini 
ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan 
davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va 
tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizm-larini ishlab 
chiqish; 
-
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari 
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investistiyalari jalb etishning real 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 


-
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro ham-korlikni 
rivojlantirish. 
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga 
oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi
1
nazarda 
tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir: 
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va 
rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy 
shart-sharoitlarni yaratish. 
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga 
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, 
shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog 
kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga 
asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro‘yobga chiqa-rishning 
ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot 
bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori 
sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, 
uzluksiz ta’lim tizimini axborot-lashtirish vazifalarining ham hal etilishi 
alohida urg‘u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajri-bani 
tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
istiqbollariga 
muvofiq 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimini 
takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek,
-
ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazala-rini 
yanada mustahkamlash;
1
Ўша манба, – 27-29-бетлар. 


-
o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi; 
-
milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va 
rivojlantirish; 
-
ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon 
axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq 
qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy echimi ta’minlanadi. 

Yüklə 353,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə