Zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijtimoiy



Yüklə 353,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix28.05.2023
ölçüsü353,83 Kb.
#113677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Davlat va jamiyat 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi-ning 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni 
tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. 
SHaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraq-qiyoti
ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqa-rolari yuksak 
ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
SHaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga 
ega. SHu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, 
mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta 
olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika 
ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, 
o‘zligini namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish 
mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. 
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqo-
batbardosh 
mutaxassislarni 
tayyorlash 
yo‘lidagi 
faoliyatini 
ham 
uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: 
-
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish 
huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga; 
-
majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik listey yoki kasb-
hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; 
-
davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy 
o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; 
-
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; 
1
Ўша манба, – 30-бет. 


-
ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-
sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik 
boshqaruvini rivojlantirishga; 
-
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga; 
-
sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim 
olishiga
1
.
3.
Uzluksiz ta’lim
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyor-
lashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, 
kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z 
ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat 
va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy 
shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal 
tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi
2

Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng 
qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar 
ma’lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va 
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash 
shakllanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim stan-dartlari 
hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Yüklə 353,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə