Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə15/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Elektron o'quv kursi elektron nashrlarning barcha asosiy uslubiy funktsiyalarini bajarishga imkon beradi:
- ma'lumotnoma va ma'lumotlar;
- nazorat qilish;
- simulyator funksiyalari;
- taqlid qilish;
- modellashtirish;
- namoyish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nuqtai nazaridan elektron o'quv kursi - bu yagona kompyuter dasturi orqali qog'oz axborot tashuvchilarga murojaat qilmasdan, uning didaktik imkoniyatlarini amalga oshirishni ta'minlaydigan murakkab maqsadli axborot tizimi (dasturiy ta'minotni joriy etish). O'quv jarayonining didaktik siklining barcha qismlarida AKT vositalari:
- kognitiv vazifani belgilash;
- o'quv materialining mazmunini taqdim etish;
- dastlab olingan bilimlarni qo'llashni tashkil etish (alohida vazifalarni amalga oshirish bo'yicha faoliyatni tashkil etish, buning natijasida ilmiy bilimlarni shakllantirish);
- teskari aloqa, talabalar faoliyatini nazorat qilish;
- keyingi o'quv faoliyatiga tayyorgarlikni tashkil etish (o'z-o'zini tarbiyalash, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish uchun ko'rsatmalarni belgilash).
Shu bilan birga, elektron o‘quv kursi o‘quv jarayonining didaktik siklining uzluksizligi va to‘liqligini ta’minlab, nazariy materiallar bilan ta’minlaydi, o‘quv mashg‘ulotlarini va bilim darajasini nazorat qilishni, axborot-qidiruv faoliyatini, kompyuter yordamida matematik va simulyatsiya modellashtirishni tashkil etadi. vizualizatsiya va xizmat ko'rsatish funktsiyalari.
Elektron o‘quv kursi ma’lum bir talabaning ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan moslashuv mexanizmlariga ega bo‘lishi mumkin, bu esa o‘quv jarayonini individual va shuning uchun samaraliroq qiladi. Ushbu mexanizmlar o'quv materialini idrok etishdagi farqni aniqlaydigan talabalar o'rtasidagi mumkin bo'lgan farqlarni hisobga olishi kerak.
Elektron o’quv dasturlarini yaratish texnologiyasi va dasturiy ta’minoti
Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratish vositalarini maqsadi va bajaradigan funksiyalari, texnik ta‘minotga bo‘lgan talablar, qo‘llash xususiyatlarini o‘z ichiga olgan kompleks mezonlar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu mezonlarga mos ravishda elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratish vositalarini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:

  • an’anaviy dasturlash tillari;

  • umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan instrumental vositalar;

  • multimedia vositalari;

  • gipermatn va gipermedia vositalari;

Quyida bu sinflarning xususiyatlari va qisqacha tavsiflarini keltiramiz.
Texnik asos sifatida hozirda keng tarqalgan IBM PC ga muvofiq kompyuterlar nazarda tutiladi.
Yuqori darajali dasturlash tillari
C# dasturlash tili. Oliy ta‘lim muassasalarida multimediali qo'llanamalarni яратиш dasturini juda ko‘p dasturlash tillarida yaratish mumkin. Bu dasturlash tillarida C# , Delphi, Flash va ekranda bo'layotgan jarayonlarni video (avi), hamda flash (swf, flv) ko'rinishida yaratish va saqlash va boshqa dasturlardan foydalanib yaratish mumkin.
C# ham obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. C# tili ham C oilasiga kiruvchi til hisoblanib bu oilaning eng so‘ngi yaratilgan tildir. Ingliz tilida «seesharp» deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili. C va C++ tillarining chatishmasi bo’ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o’zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# vebqo’llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan. Til qat‘iyan statatik namunalashgan bo’lib, qat‘iy obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari ma‘lumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko’p oqimli hisoblar, vakil - funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig’adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so’nggi rusumi bo’lib C# 2.0 hisoblanadi. C# tili asp.net texnalogiyasida ishlaydi.
Flash dasturi. Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo‘lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo‘shish mexanizmlarini birlashtirish o‘rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo‘shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya‘ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo‘lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
CamStudio dasturi. CamStudio –ochiq kodli dastur bo‘lib Windows OT larda ishlaydi, asosan ekrandagi jarayonlarni audio-visual qo‘llanma ko‘rinishida saqlab qo‘yish, ovozlarni yozish vazifasini bajaradi hamda AVI va SWF fayl formatda audiovisual qo‘llanma larni saqlaydi.
Camtasia Studio dasturi tasnifi. Camtasia Studio dasturi ekranda bo’layotgan jarayonlarni saqlab qo’yish uchun ishlatiladi. Dastur to’rtta yordamchi qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder. Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslaraynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo’lib, u orqali audio va audio-visual qo‘llanma fayllar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Bular jumlasiga fayllarni bir-biriga bog’lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo’lgan fayllar ro’yxatini ko’rsatuvchi «Корзина клипов» Clip Bin) qismi joylashgan. Shu fayllarni o’ng tarafdagi audiovisual qo‘llanma pleyerda ko’rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia Player dasturi faqatgina btta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi.
Ta‘lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug’dirishi mumkin Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak bo’ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida visual obyektlarni qo’llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo’ladigan har bir sahifa xuddi veb sahifalar kabi ko’rinishga ega bo’lib, sahifalardagi obyektlarda turli-xil amallarni belgilash mumkin.
AutoPlay Media Studio 8 dasturi tafsifi. Bu dastur disklarni avtomatik ishga tushiriluvchi vizual qobiqlar yaratishga mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida elektron darsliklar, CD\DVD tashrifnomalar, taqdimot va soddda o‘yinlar yaratish mumkin.
Dasturning eng qulay tomoni dasturlash tillari bilan notanish voydalanuvchilar ham undan muvofaqqiyatli foydalanishlari mumkin. C++, Java, Visual Basic dasturlash texnologiyalaridan xabardor shaxslar uchun bu dasturning imkoniyatlari yanada kengroqdir.
AutoPlay Media Studio 8.0.6.0. dasturi bilan ishlash uchun minimal talablar:

  • Operatsion tizim: Windows 2000, Windows XP, Windows Vista,

  • Windows 7 va undan yangilari.

  • Prosessor Pentium 4 va undan yangilari.

  • OXS 256 МБ yoki undan yuqori.

  • Ekran sig‘imi 1024x768 piksel va undan yuqori.

  • Ranglar sifati 16 bit yoki undan yuqori.

  • Xotirada o‘rnatish uchun bo‘sh joy sig‘imi 100 МБ.

  • Sichqoncha.

  • DirectX 7 va undan yangilari.

  • Internet Explorer 4.0 va undan yangilari.

  • Adobe Flash Player 8 va undan yangilari.

  • Adobe Reader 8 va undan yangilari.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə