Kalit so’zlar


Professional ta’lim tizimi mazmuni



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə17/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Professional ta’lim tizimi mazmuni
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Jumladan,
– kasb-hunar maktablarida: maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi;ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi. 
– kollejlarda:
kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
– texnikumlarda:
umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
1. Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro‘yxati
2. O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (kollejlar) ro‘yxati
3. Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə