Kalit so’zlar


ELEKTRON O’QUV KURSLARINI YARATISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə13/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
ELEKTRON O’QUV KURSLARINI YARATISH TEXNOLOGIYASI
Elektron o’quv kurslari
Turmush tarzimiz zamon talabalariga moslashtirish bilan bir qatorda ta’lim tizimidagi islohotlar, o’quv metodikalar, yangicha yondashuvlarni talab qiladi hamda XXI asr zamonaviy axborot, innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishda ta’lim tizimining tub burilishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ta’lim axborot almashinuv jarayonlarini professor-o’qituvchilar bilan masofadan turib o’zaro aloqadorlik uzluksizligini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalarining rivojlanishi va texnik imkoniyatlarning kengayishi, yangi o'zgarishlar yuzaga kelishi, shu bilan birga ularning kundalik hayotimizga tobora yaqinlashuvi, eng lg’or metodikalar va ta'lim dasturlarini yaratilishida bularning barchasini hisobga olishni talab qiladi, shu jumladan bilim oluvchilarining o'quv jarayonlariga bo'lgan qiziqishini toboro oshirilishiga olib keladi. Avvalambor, ko’p hollarda ta’limiy axborotlarning qiymati hamda yetkazilayotgan ma’lumotning muhimligi talab etiladi. Ilgari, bir mashg’ulotda yetkaziladigan ma’ruzani yozish uchun o’quv auditoriyada ko’p vaqt talab qilingan bo’lsa hozirda esa bu jarayonlarning Internet veb sahifalar va tarmoqlari yordamida 5 – 10 daqiqa vaqt sarflanib, kerakli ma’lumotni qisqa fursatlarda o’qib o’zlashtirishga vaqt sarflanmoqda. Shuning uchun ham avvalari o’quv mashg’ulotlarda talabaning shaxsan o’zi ishtrok etib byetkazilayotgan ma’lumotni yozish, eslab qolish imkoniyati mavjudligi bilan ta’lim jarayoni qimmatli hisoblangan. Bugungi kunga kelib esa yuqorida ta’kidlab o’tilgan ma’ruza matnlari yozib eslab qolish jarayonlari oddiy so’z bilan aytilganda, “Zerikarli” bo’lib qolmoqda. 
Shu maqsadda, bugungi pedagoglarning oldiga qo’yilayotgan vazifalardan biri zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanib, bilimlarni yetkazilishida axborot texnologiyalari, virtual ta’limni boshqaruvchi tizimlar, pedagogik o’quv dasturlari hamda ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari yordamida ta’limiy jarayonlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Elektron ta’lim – bugungi kunimizning ta’lim strategiyasi sifatida mustahkam o’rin olib kelmoqda. Bunda, ta’lim muassasalari, pedagoglar, tahlilchilar va tadqiqotchilar tomonidan ta’limning elektron shakli orqali eng ilg’or usuli sifatida baholanib kelinmoqda.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə