Kalit so’zlar


Professional ta’lim muassasasi o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə21/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Professional ta’lim muassasasi o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj asosida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish;
o‘quvchi kundaligini nazorat qilish.
Professional ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
O‘quvchilarning vazifalari:
tashkilotning ustaviga muvofiq ish jarayonlarida belgilangan tartibda qatnashadi;
o‘quv mashg‘ulotlariga nazariy, o‘quv va amaliy qismi bo‘yicha qatnashadi;
dual ta’lim jarayoni so‘ngida yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
O‘quvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
O‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish;
o‘quv, texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari axborot-kutubxonasi fondidan, axborot-kutubxona o‘quv zali va boshqa o‘quv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, professional ta’lim muassasasiga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan bepul foydalanish;
tashkilotda amaliyot bazalaridan, tashkilotning moddiy-texnik bazasidan foydalanish;
tashkilotdagi mehnat va jamoat ishlarida qatnashish;
dual ta’lim vaqtida tashkilotdan shartnomaga muvofiq ish haqi olish.
O‘quvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
tashkilot va professional ta’lim muassasasida belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilish;
dual ta’lim jarayonida professional ta’lim muassasasi va tashkilot tomonidan berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
o‘quvchi kundaligini o‘z vaqtida yuritib borish va hisobotlarni topshirish.
O‘quvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə