Kalit so’zlar


Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə22/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar




Subyektlar




Tadbirlar




Muddatlar






















1-bosqich




Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar




1. O‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ularga qo‘yiladigan talablarni belgilash.
2. Dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan tashkilotlar bo‘yicha taklif tayyorlash.




Har yili 1-martga qadar































2-bosqich




Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar




Dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalarini belgilash.




Har yili 1-iyulga qadar































1. Dual ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq choralar ko‘rish.
2. Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish.




O‘quv yili mobaynida































3-bosqich




Professional ta’lim muassasalari, tashkilotlar




1. Dual ta’limni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
2. Kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish hamda dual ta’lim bo‘yicha o‘quvchilar qabulini tashkil etish.
3. Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish.




O‘quv jarayoni boshlanishidan kamida bir oy oldin































4-bosqich




Tashkilotlar




1. O‘qitishning amaliy qismini tashkilotda tashkil etish.
2. O‘quvchiga belgilangan tartibda ish haqi to‘lash.




O‘quv yili mobaynida































5-bosqich




Professional ta’lim muassasalari, tashkilotlar




1. Tashkilotlar bilan shartnoma imzolagan o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish.
2. Dual ta’limning nazariy qismini tashkil etish.




O‘quv yili mobaynida











Masofaviy dual ta’lim

Masofaviy ta'lim – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, masofadan turib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tahsil olish;


Dual ta'lim – ham kasbiy ta'limda o‘qib, ham o‘z yo‘nalishiga mos ishda ishlash (shu yildan boshlab kollej va texnikumlarda joriy etiladi).
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.
Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi.
Modullilik – Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
Parallellik – O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Keng qamrovlilik – Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta o`quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda bo`lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik – O`quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko`p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internatsionallilik – Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O’qituvchining yangi roli – Masofaviy o`qitish o`qituvchining o`qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o`qituvchi o`zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.
Sifat – Masofaviy o`qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o`quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo`lib qoldi? – degan savol tug`ilishi tabiiy.
Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog`liqmasligi va boshqalar).
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga ehtiyoj borligini ko`rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:
1) Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o`quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
2) Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.
3) Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
4) Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish.
5) Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
6) Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o`z paytida xal etishga yordam beradi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə