Kalit so’zlar


Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə24/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari
Olib borilgan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ommaviy onlayn ochiq kurs (OOOK)lar juda yangi yo‘nalish bo‘lganligi sababli (ommaviy onlayn ochiq kurs termini 2008-yil birinchi bo‘lib kiritildi) kam o‘rganilgan, shunday bo‘lsada o‘rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlari­ning ayrim qirralari bilan xorijda D. Komer, S. Dauns, K. G. Skripkin, L. Breslow, D. E. Prit­chard, J. DeBoer, A. McAuley, B. Stewart, G. Siemens, D. Cormier, L. Pappano, S. Mak, R. Williams, J. Mackness va D. Simenslar, respublikamizda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish mavzusi bo‘yicha maqola muallifi V. Hamidovlar tadqiqotlar olib borganlar. 
Elektron ta’lim (ET) rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla­nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish­ni talab etmoqda. Bular orasida so‘nggi 2–3 yilda ET rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — OOOKlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. OOOK — bu ommaviy ochiq onlayn kurslar (ingliz. — Massive Open Online Course, MOOC) bo‘lib, ular jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. ОOOKning siri nimadan iborat? Nima uchun bunday noodatiy ta’lim turi ommalashib, shiddat bilan rivojlanib bormoqda? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ramiz. Tarixga nazar solsak, OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, 2012-yilda Time jurnali fikriga ko‘ra, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Cour­sera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.
Ommaviy onlayn ochiq kurslar (OOOK) butun dunyoda Massive Open Online Courses (MOOC) deb yuritiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə